Vismutning oksidlaniah darajasi +5 bo’lgan birikmalari oksidlanish darajasi +3 bo’lgan birikmalardan (kuchli oksidlovchilar ta’sirida) hosil bo’ladi:
Bi(OH)3 +CL2+3OH →2CL+3H2O+BiO3
Bi2O3 oksidlanganda vismut (V) birikmalari hosil bo’ladi. Bi2O3 natriy peroksid bilan suyuqlantirilsa, NaBiO3 hosil bo’ladi. Agar NaBiO3 ga kuchli HNO3 qo’shilsa, vismut (V) oksigidrat Bi2O5·x H2O paydo bo’ladi. Vismut (V)ning kislorotli kislotalari erkin holda olingan emas. Vismut (V) birikmalari kuchli oksidlovchilardir.Masalan, NaBO3 kislotali muhitda MnSO4 ni oksidlab NaMnO4 ga o’tkazadi:
10NaBiO3+4MnSO4+14H2SO4→4NaMnO4+5Bi2(SO4)3+14H2O+3Na2SO4
BiF5 vismut (III) ftoridga ftor ta’siridan yoki suyuq vismutni500°C da qizdirib, ftor yuborish natijasida hosil bo’ladi.
BiF550°C da sublimatlanadi;u ignasimon rangsiz kristall modda. BiF5 ishqoriy metallarning ftoridlari bilan komplekslar hosil qiladi: K[BiF6].
Ishlatilishi. Vismut metall holida magnit maydoni kuchlanishini o’lchaydigan asboblar yasash uchun qo’llaniladi. Vismut fizik xossalari(past tempetaturada suyuqlanishi, suv, tuz va organik moddalarga nisbatan issiqlikni yaxshi o’tkazishi, mustahkamligi, neytronlarni qamrab olishi uchun kesma yuzasi katta bo’lgani ) asoslanib, yadro reaktorlarida issiq tashuvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Vismutning juda ko’p organik birikmalari tibbiyotda ishlatiladi.
Mishyak, sur’ma va vismut birikmalari (+3 oksidlanish darajasi bo’lganlari)zaharlidir. Eng zaharlisi mishyak (III) birikmalari bo’lib, arsin (AsH3) juda xavfli. Kishi mishyak birikmalari bilan zaharlanib qolsa,unga yangi tayyorlangan temir (III) gidroksid suspensiyasini ichirish kerak. Buni tayyorlash uchun temir(III) tuzi eritmasiga Mg(OH)2 kukuni solib aralashtiriladi.
Lekin mishyakning juda oz miqdori organizmning qon ishlab chiqarishiga yordam beradi va organizmning hayot faoliyatini kuchaytiradi.
Takrorlash uchun savollar. 1. V-gurux elementlariga qanday elementlar kiradi?
2. Ular qanday olinadi va qanday xossalarga ega?
3. Mishyak oksidlari qanday olinadi va qanday xossalarga ega?
4. Qaysi modda sog’lik uchun zararli?
5. Qadimdan ma’lum bo’lgan element qaysi?
6.Mishyakning qanday zaharli birikmakari bor?