«Kelishildi» Kollej uslubchisi G. K. Mannonova



Yüklə 269,62 Kb.
səhifə12/59
tarix05.12.2023
ölçüsü269,62 Kb.
#173004
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
2010-yilgi dastur asosida yozilgan-hozir.org

H2S vodorod sulfid palag`da tuxum hidi keladigan rangsiz gaz. Suvda yaxshi eriydi (200C da 1 hajm suvda 2,5 hajm H2S eriydi).
Vodorod sulfid tabiatda vulqon gazlarida va ba`zi mineral buloq suvlarida, masalan, Pyatigorsk va Masesta buloqlarining suvida uchraydi. U tabiatda turli xil o`simlik va hayvonlar qoldiqlaridagi oltingugurtli organik moddalar chiriganida hosil bo`ladi.
H2S oltingugurtni qizdirib turib vodorod bilan bevosita biriktirish yoki FeS ga suyultirilgan HCl yoki H2SO4 ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi:
S + H2 = H2S FeS + 2HCl = FeCl2 + H2S↑ FeS + H2SO4 = FeSO4 + H2S↑
H2S asab sistemasiga zarar yetkazadigan juda zaharli gaz. U bilan qilinadigan tajribalarni mo`rili shkafda yoki germetik bekiladigan asboblarda o`tkazish kerak. Ishlab chiqarish binolarida H2S ning miqdori 0,01 mg bo`lishi kerak. Uning suvdagi eritmasi vodorod sulfidli suv yoki sulfid kislota deyiladi, bu kislota kuchsiz kislota xossalariga ega.
H2S suvga qaraganda beqaror birikma. Qattiq qizdirilganda oltingugurt va vodorodga deyarli to`liq ajraladi: H2S = S + H2
Gazsimon H2S havoda ko`kish alanga berib yonib, SO2 va H2O hosil qiladi, kislorod yetishmaganda S va H2O hosil bo`ladi:
2H2S + 3O2 = 2SO2 + 2H2O 2H2S + O2 = 2S + 2H2O
H2S ancha kuchli qaytaruvchi. Eritmada H2S elektronlarini havo kislorodining molekulalariga oson beradi. Bu holda H2S havo kislorodi ta`sirida S ga qadar oksidlanadi, natijada H2S li suv loyqa bo`lib qoladi.
H2S – 2e = S + 2H+ │2│4│2
O2 + 4e = 2O2– │4│2│1
2H2S + O2 = 2S↓ + 2H2O
H2S galogenlarning eritmalari bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Masalan:
H2S + J2 = 2HJ + S
Kuchsiz H2S bosqich bilan ionlarga dissotsilanadi, bunda H+ va HS ionlari hosil bo`ladi:
H2S ↔ H+ + HS HS ↔ H+ + S2–
Ikki asosli kislota bo`lgan H2S ikki qator tuzlar–o`rta ruzlar (sulfidlar) va nordon tuzlar (gidrosulfidlar) hosil qiladi. Masalan, Na2S–natriy sulfid, NaHS–natriy gidrosulfid. Gidrosulfidlarning hammasi suvda yaxshi eriydi. Ishqoriy va ishqoriy–yer metallarining sulfidlari ham suvda eriydi, qolgan metallarning sulfidlari suvda erimaydi yoki kam eriydi; ularning ba`zilari suyultirilgan kislotalarda ham erimaydi. Shuning uchun bunday sulfidlar tegishli metall tuzining eritmasi orqali H2S o`tkazish yo`li bilan olinadi. Masalan:
CuSO4 + H2S = CuS↓ + H2SO4 yoki Cu2+ + H2S = CuS↓ + 2H+

Yüklə 269,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin