Kelishilgan


Amaliy mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə222/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Amaliy mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi



Vaqti: 2 soat

Talabalar soni: 30 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulot

Amaliy mashg‘ulot rejasi

1. O‘qish darslarida badiiy asarni janriy xususiyatlariga ko‘ra o‘rganish
2. O‘qish darslarida ertaklar matni bilan ishlash
3. Hikoya mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha matn asosidagi ishlar
4. Badiiy matn tahlili namunasi: Halima Xudoyberdievaning “Men seni topgandim…” she’ri



O‘quv mashg‘ulotning maqsadi

Talabalarning ertak va hikoya janriga oid asarlarni o‘rganish darsi yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.

O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning ertak va hikoya janriga oid asarlarni o‘rganish yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
A) Ertak va hikoya janriga oid asarlarni o‘rganish darsi ishlanmasi tayyorlashni o‘rgatish.
B) Dars ishlanmasi yuzasidan fikr-muloxaza bildirishga o‘rgatish.
3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.



O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Ertak va hikoya janriga oid asarlarni o‘rganish darsi ishlanmasini tuza olish.
2. Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-muloxazasini bildirish.
3. “O‘qish” darsligida berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.
4. Mashg‘ulotda faol qatnashish

Ta’lim metodi va texnikasi

“Kichik guruhlarda ishlash“, ta’limiy o`yinlar

Ta’lim vositasi

Darslik, metodik qo‘llanma, proyektor

Ta’lim shakli

Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash

Ta’lim sharti

Auditoriya, TSOdan foydalanish

Texnologik xarta



Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Dars bosqichlari va vaqti

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)

1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini
(Hikoya janriga oid asarlarni o‘rganish darsi ishlanmasi.)
2. Amaliy mashg‘ulot maqsadini
3. Amaliy mashg‘ulot rejasini
e’lon qilish.

Eshitadi, yozadi, javob beradi.

2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish (15 daqiqa)

Metod. Savol-javob, suhbat.
1.Sinfda o‘qish darslarida o‘quvchilarga qanday bilimlar beriladi?
2.O‘qish darslarining tarbiyaviy ahamiyatini ayting.
3. Hikoya deb nimaga aytiladi?
4. Hikoya janrining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.

Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi

3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)

1. Amaliy:
1.Magnit tasmasiga yozilgan ( o‘qituvchi o‘qish ham mumkin ) H.To‘xtaboyevning
“Xatosini tushungan bola” hikoyasi eshtitriladi. Hikoya yuzasidan quyidagi savollar beriladi
Siz eshitgan asar qaysi janrga mansub ?
Nima uchun bu asarni hikoya janriga kiritamiz ?
Asarda qanday g‘oya ilgari so‘rilgan ?
Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” da berilgan hikoyalarning soni va mavzusi haqida fikringiz ?






4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)



Talabalarning ishlari yig‘ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.




Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida masallar ustida ishlash ham o‘ziga xos didaktik maqsadni nazarda tutadi. Masal – mazmuni axloqiy, satirik va kesatiq, kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan, aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga ko‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‘lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‘pincha masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa – ibratli xulosa chiqariladi. Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida qaraladi va she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deya ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asar qahramonlari sifatida tasvirlanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va echimi bo‘lgan kichik pesani eslatadi.
Masallar biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo‘la oladi. Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo‘lgan. O‘z ma’nosidan ko‘chirilgan (majoziy) so‘z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbat berilib, “Ezop tili” deyilgan va adabiyotshunoslikda ham shu ta’bir joriy qilingan. Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o‘zining satirik asarlarini kinoyaviy til va uslubda yozishga majbur bo‘lgan. Feodal istibdodi sharoitlarida yashab ijod etgan mashhur rus masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli o‘zbek masalchisi Gulxaniy ham “Ezop tili”da yozganlar. Fransuz shoiri Lafontenning masallari ham dunyo miqyosida mashhurdir. Alisher Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “SHer bilan Durroj”, “Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. O‘zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko‘pgina masallar yozganlar.



Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin