Kelishilgan


Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə230/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar
1-guruh uchun savollar:
1. Yaxshi o‘qish malakasining sifatlari deganda nimani tushunasiz?
2. Xato o‘qishning oldini olish uchun qanday ish turlaridan foydalaniladi?
3. Amaldagi dasturga asosan o‘quvchilarning o‘qish tezligi qancha qilib belgilangan?
4. Matnni ongli o‘qish uchun o‘quvchilarni qanday malakalarni egallagan bo‘lishlari kerak?
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini kuzatish yuzasidan ko‘rsatmalar.
1. Dars turi (Yangi mavzu o‘rganiladigan, takrorlash, umumlashtirish darslari)
2. O‘rganiladigan mavzuning aniq belgilanganligi
3. Darsningta’limny vatarbiyaviy maksadning aniq belgilanganligi.
4. Darsning tashkil etilishi
5. Uy vazifasini so‘rash va unda qo‘llaniladigan ish turlari
6. Yangi mavzu bilan tanishtirish metodi, uning samaradorligi
7. Yangi mavzu mustahkamlash va unda o‘quvchilarning yaxshi o‘qish
malakalarini takomillashtirish yuzasidan kilingan ishlar:
A) tez o‘qish malakasi yuzasidan;
B) tug‘ri o‘qish malakasi yuzasidan;
D) ongli o‘qish malakasi yuzasidan;
E) ifodali o‘qish malakasi yuzasidan;
8. Darsni xulosalash va o‘quvchilarning baholanishi.
9. Mavzuni o‘rganishda qo‘llanilgan ko‘rgazmalar, texnik vositalar, mustaqil ish va ta’limiy uyinlarning maksadga muvofikligi va samaradorligi
10. Darsda qo‘llanilgan metod va ish turlarining dars oldiga qo‘yilgan
maksadga muvofiqligi
11.O‘quv materialarining taksimlanishi va o‘quvchilar yoshi, saviyasiga
muvofiqligi
12. Dars yuzasidan shaxsiy xulosalar
UMUMLASHTIRUV darsiga dars ishlanma
Sinf: 3-sinf
Sana:
Fan: o‘qish
Darsning mavzusi: Tabiatni asrang va seving
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: tabiatni asrang bo‘limi yuzasidan egallagan bilimlarini tizmga solish
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiat ne’matida oqilona foydalanishga uni asrab –avaylashga o‘rgatish
d) rivojlantiruvchi: bo‘lim yuzasidan egallagan bilimlarining hayotdagi ahamiyatini tushinishlarini tabiatni sevishga o‘rgatish
Dars turi: umumlashtiruvchi dars
Dars metodi: suhbat, tarmoqlash, mustaqil ish metodi
Dars jihozi: bo‘limni o‘rganishda qo‘llangan rasmlar va o‘quvchilar chizgan rasmlar, tast topishmoqlari
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashiladi, davomat aniqlanadi, tabiat ob-havo haqida suhbat qilinadi. Darsga tayyorligi tekshiriladi, guruhlarga bo‘linadi.
II. Mavzu bayoni:
1-guruh. Ilmiy-ommabop asarlar ustida ishlaydi, guruh nomi
“Ona tabiat”
2-guruh. She’riy asarlar ustida ishlaydi guruh nomi “O‘lkashunoslar”
3-guruh. Nasriy asarlar ustida ishlaydi guruh nomi “Yosh bog‘bonlar”
1- tur topshiriq. Har bir guruh tabiat haqidagi fikrlari, uning boyliklari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon etsin
2- tur topshiriq. 1-guruh uchun “Ona tabiat” she’ri yuzasidan savol-topshiriqlar tuzing.
2-guruh a’zolaridan javob oling.
2-guruh uchun “Suhbat ertagi” yuzasidan savol-javoblar tuzing va 3-guruh a’zolaridan javob oling.
3-guruh uchun “Yer sevarni-el sevar” yuzasidan savol tuzing va 1-guruh a’zolariga bering.
O‘quvchilar tuzgan taxminiy savollari:
1-guruh a’zolari.
1) Ona tabiat she’rini yod aytib bering?
2) har bir faslning qanday ne’matlari borligini she’rdan olib tahlil qiling?
3) Yil fasillarida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
2-guruh a’zolari.
1) Tol va Majnuntolni tasvirlab bering, ularning qanday foydali ahamiyati bor?
2) Ertakda Majnuntol boshini egikligini qanday izohlaydi?
3) Majnuntolning bergan savoliga Tol qanday javob qaytaradi?
3- guruh a’zolari.
1) Nima uchun Yer ne’matlarning onasi hisoblanadi?
2) Yerni Ona-yer diyishimizning sababi nima?
3) Biz tabiatga bo‘lgan sevgimizni qanday ko‘rsatishimiz mumkin?
3- tur topshiriq.
Ifodali o‘qish musobaqasi, bunda o‘quvchilarni bo‘limdagi asarlarni belgilab bergan joyini o‘qitadi.
1- guruh “Non inson hamrohi” mavzusidan non dehqonning hayotini saqlab qolgan joyini ifodali o‘qing va mazmunini izohlang.
2- guruh Non haqida she’ridan non toppish uchun va uni isrof qilmaslik haqidagi prchasini o‘qing va xulosangizni ayting.
3- guruh Soy suvi haqida ertak asaridan nega soyga suv kelmagani sababi keltirilgan parchasini o‘qing va o‘z fikringizni bildiring
4- tur topshiriq.
Har bir guruh mavzuga oid maqol va topishmoqlardan namunalar keltiring. Qaysi guruhda maqol va topishmoqlar bo‘lsa bu tur bo‘yicha g‘olib bo‘ladi.
5- tur topshiriq
Test topshiriladi
1. Dehqon nim sababdan tog‘ga ko‘chib keladi?
a) suv yo‘qligidan
b) boy zulmidan qutilish uchun
c) tog‘ tabiati yoqmaganligi uchun
2. Kechqurun yo‘lga chiqqan uy egasi nima sababdan non beradi?
a) och qolmslik uchun
b) havf- xatardan asrash uchun
c) hamroh bo‘lish uchun
3. “Tiriklik”, “Hayot”, “Baxt”, “Boylik” so‘zlari qaysi asardan olingan?
a) Non-inson hamrohi
b) Non haqida
c) Soy suvi haqida ertak
4. “Tunlari men yog‘du sochgan yulduzlarga salom beraman “ so‘zlarini qaysi asar qahramoniga tegishli?
a) Ona tabiatda kuz
b) Suhbat ertagida Majnuntol
c) Soy suvi haqida ertakdan yomg‘ir
5. Tabiatning bizga qilgan tuhfasi nima?
a) Obihayot
b) Ona yerimiz
c) Non
6. Dehqon soyga qanday suv keltiradi?
a) yomg‘ir yog‘diradi
b) qor yog‘diradi
c) daraxt ekadi
7. Maqolni davom ettiring?
a) hato qilmoq order , orlanganing bekordir
b) tuzatmaslik order
c) har boshda bu border
8. Dehqoning zaharidan nima saqlab qoladi?
a) Non
b) ketmon
c) daraxt
6-tur topshiriq.
Har bir guruh o‘zining chizgan rasmlarini ko‘rsatadi
7- tur topshiriq.
Har bir guruh bittadan mavzuni roller asosida ko‘rsatib berish, taxminan quyidagi asarlar tanlanadi.
1-guruh “Non inson hanrohi”
2- guruh “Ona tabiat”
3- guruh “Suhbat”
Yakuniy qism.
O‘quvchilar baholanadi, uyga vazifa she’rni yodlab kelish
beriladi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin