Kelishilgan


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə227/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Foydalanilgan adabiyotlar.
1.K. Qosimova, S. Matchonov, X. G‘ulomova, SH. Yo‘ldosheva, SH. Sariyev “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T. “Noshir”. 2009 .
2.Husanboeva.Q, Shodiyev.F, Hazratqulov.M. Boshlang‘ich sinflarda adabiyot o‘qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.
3.Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti,T,2017-yil.
4.Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi o‘quv dasturi. «Boshlang‘ich ta’lim»,2017.

21-MAVZU

Boshlang‘ich adabiy ta’limda badiiy matn ustida ishlash metodikasi



Amaliy mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi



Vaqti: 2 soat

Talabalar soni: 30 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulot

Amaliy mashg‘ulot rejasi

1. Kishi fikri mustaqilligining belgilari
2. Fikrning mustaqilligi uning sermahsulligiga bog‘liqligi
3. Boshlang‘ich adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchi tafakkuri mustaqilligiga erishish
4. O‘quvchilarda o‘z fikrini ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish
5. Badiiy matn tahlili namunasi: “Qish” she’ri ustida ish

O‘quv mashg‘ulotning maqsadi

Talabalarning Badiiy asarni tahlil qilish, tahlilning adabiy-badiiy asoslari. Badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlari yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.

O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning badiiy asarni tahlil qilish, tahlilning adabiy-badiiy asoslari, bolalarning badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlari yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
2. Bolalarning badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlari tahlil qila olishga o‘rgatish.
3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.



O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Bolalarning badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlari tahlil qila olish.
2. Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-muloxazasini bildirish.
3. “O‘qish” darsligida berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.
4.Mashg‘ulotda faol qatnashish

Ta’lim metodi va texnikasi

“Kichik guruhlarda ishlash“, ta’limiy o`yinlar

Ta’lim vositasi

Darslik, metodik qo‘llanma, proyektor

Ta’lim shakli

Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash

Ta’lim sharti

Auditoriya, TSOdan foydalanish

Texnologik xarta



Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Dars bosqichlari va vaqti

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)

1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini
(Badiiy asarni tahlil qilish, tahlilning adabiy-badiiy asoslari. Badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlari)
2. Amaliy mashg‘ulot maqsadini
3. Amaliy mashg‘ulot rejasini
e’lon qilish.

Eshitadi, yozadi, javob beradi.

2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish (15 daqiqa)

Metod. Savol-javob, suhbat.
1.Sinfda o‘qish darslarida o‘quvchilarga qanday bilimlar beriladi?
2.O‘qish darslarining tarbiyaviy ahamiyatini ayting.
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.

Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi

3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)

1. Amaliy:
1.Magnit tasmasiga yozilgan ( o‘qituvchi o‘qish ham mumkin ) A. Qahhorning
“Anor ” hikoyasi eshtiriladi.Hikoya yuzasidan quyidagi savollar beriladi
Siz eshitgan asar qaysi janrga mansub ?
Nima uchun bu asarni hikoya janriga kiritamiz ?
Asarda qanday g‘oya ilgari so‘rilgan ?
Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” da berilgan hikoyalarning soni va mavzusi haqida fikringiz ?
2. Talabalar tomonidan saxnalashtirilgan “ Botir mergan va chaqimchi ” ertagi namoyish bqilinadi .
Ertak yuzasidan quyidagi savol va topshiriqlar beriladi .
Siz ko‘rgan saxnalashtirilgan asar qaysi janrga mansub ?
Ertakda qanday g‘oya ilgari surilgan ?
Siz ertakka qanday sarlavha qo‘yasiz ?
Ertakning kompozitsion qurilishini ko‘rsatib bering.




4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)



Talabalarning ishlari yig‘ib olinadi.Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, Mashg‘ulot yakunlanadi.




Fikrning mustaqilligi uning sermahsulligi, samaradorligi bilan uzviy bog‘liq. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g‘oyalar, tavsiyalar yaratilgan, nazariy hamda amaliy vazifalar hal qilingan bo‘lsa, bunday fikr sermahsul, samarali hisoblanadi. Ma’lum vaqt oralig‘ida mustaqil ravishda bajarilgan aqliy ish ko‘lami va sifati (ishning pishiqligi, asoslarning kuchliligi) – tafakkur mustaqilligi darajasini o‘lchash mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Ish jarayonida inson aqlining faoliyati uning o‘zi tomonidan kuzatilmaydi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilarda ham fikrlashning mustaqilligi darajasini nazorat qilish, uni farqlash hamda rivojlantirish o‘qituvchining vazifasidir. Buning uchun o‘qituvchidan ziyraklik, ta’lim jarayonining har bosqichida har bir o‘quvchi shaxsi, intellektual imkoniyatlari, intilish va qiziqishlarini bilish talab qilinadi.
Har bir o‘quvchi yosh bosqichlariga ko‘ra turfa qiziqishga ega bo‘ladi, o‘ziga xos fikrlaydi va his qiladi. Har yoshida turlicha faoliyat ko‘rsatadi, borliqqa munosabati ham har xil bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslari jarayonida darsga tegishli bo‘lmagan biror qiziqarli hayotiy mavzu va hodisalar, kino yoki futbol o‘yinlari kabilar muhokama qilinganda o‘quvchilarning ko‘p narsa bilishlari ayon bo‘ladi. Bu mazkur hodisalar o‘quvchilarning o‘zlari uchun bevosita qiziqarli bo‘lganidan dalolatdir. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, “O‘qish kitobi” darsliklaridagi o‘quv materiallari bolalarning tabiati, yosh xususiyatlariga mos va qiziqarli bo‘lishi, matnlar yuzasidan taqdim etilgan savol-topshiriqlar biri ikkinchisiga o‘xshamaydigan tarzda tuzilishi, ularning mantiq asosiga qurilishi, o‘quvchilardan mustaqil fikr-mulohazalar talab qilishi o‘quvchilarni faollashtiradi.
Maktab davrining bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tish jarayonida bolalarda shunchaki evolyusion o‘zgarish emas, balki sifat jihatidan bir yangilanish yuz beradi. Bu jarayonda o‘quvchi taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jihatlarni umumlashtirgan holda quyidagicha ko‘rsatish mumkin: boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aqliy rivojlanishi bilan beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning nomutanosibligi; bilimlarning hamisha ham mantiqqa asoslanmagani; oila bilan maktab tarbiyasi o‘rtasidagi tafovut yuqori sinf o‘quvchilariga xos bo‘lgan harakatchanlik bilan intizom tizimining nomutanosibligi; ishtiyoqning zo‘rligi, mustaqillikka moyillik, erkinlik, mustaqillik sari intilishning balandligi bilan ta’lim-tarbiya jarayonidagi bir xillik, sustlik; odamlarga, atrof-muhitga tanqidiy nazar bilan qarashning kuchayishi bilan ta’lim jarayonida bunday intilishlarni qondirish imkoniyatining etishmasligi; tabiiy taraqqiyot bilan ta’limiy-tarbiyaviy jarayon orasidagi nomutanosiblik singari jihatlar ko‘zga tashlanadi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin