Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə225/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Texnologik xarta

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Dars bosqichlari va vaqti

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)

1. Amaliy mashg‘ulot mavzusini (Boshlang‘ich sinflar va V- IX sinflar ona tili dasturining tahlili) s
2. Amaliy mashg‘ulot maqsadini, rejasini
e’lon qilish.

1. Eshitadi, yozadi, javob beradi.

2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish (15 daqiqa)

Metod. Aqliy hujum, suhbat.
1.Ona tili o‘qitish metodikasining predmeti nimadan iborat?
2.Ona tili o‘qitish metodikasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
3.Ona tili o‘qitish metodikasining ilmiy asoslarini aytib bering.
4. Ona tili o‘qitish metodikasining bo‘limlarini chizmada aks ettira olasizmi? (Bu savolga javobni har bir talaba qog‘ozga chizib beradilar)
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.

Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi

3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)

1. Amaliy: 5 daqiqa
Jadvalni har bir talaba to‘ldiradi. O‘qituvchi javoblarni umumlashtiradi. Boshlang‘ich sinf ona tili o‘quv dasturi quyidagi savollar asosida tahlil qilinadi:
1.Dastur nima?
2.Dastur qanday tamoyil asosida tuzilgan?
3.Dastur necha qismdan iborat?
4.Dasturning asosiy qismi necha bo‘limdan iborat?Har bir bo‘lim-chi?
5.5-9-sinflar ona tili dasturi qanday tamoyil asosida tuzilgan?
6.5-9-sinflar ona tili dasturida Boshlang‘ich sinflarda o‘rgatilgan qaysi mavzular davom ettiriladi?
Ko‘rgazma asosida o‘quv dasturining «Grammatika, imlo va nutq o‘stirish» bo‘limidagi «ot-so‘z turkumi» mavzusini o‘rganishdagi didaktik va metodik talablar ochib beriladi.Shu so‘z turkumini 5-9-sinflardagi o‘rganish izchilligi yoritiladi.




4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)



Bu bosqichda «Ven diagrammasi» yordamida talabalar Boshlang‘ich va 5-9-sinflar o‘quv dasturi xaqidagi bilimlarini namoyish qiladilar.Talabalarning ishlari yig‘ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.






Muammoning qo‘yilishi va uni echish jarayoni uzilmas bir zanjirdir. Muammo ko‘tarilishi bilanoq uning echimi ustida o‘ylanadi va bu, o‘z navbatida, yangi muammolarni keltirib chiqaradi. SHu tariqa, uzluksiz tarzda yangi bilimlarni o‘zlashtirish amalga oshadi. Ta’lim amaliyotida o‘qituvchining sinfga olib kiradigan ma’lumotlari o‘quvchilar tayyor bilim sifatida qabul qiladigan yoki o‘zlari mehnat qilib o‘zlashtiradigan shaklda bo‘ladi. Ta’limning dastlabki bosqichlarida, ya’ni boshlang‘ich sinflarda birinchisi ko‘proq qo‘llanilishi tabiiy. Lekin o‘qitish kechimida bilimlarni mehnat qilib o‘zlashtirish shakli ham o‘rni bilan qo‘llanilishi va uni tashkil etishda quyidagi me’yorlarga amal qilinishi masadga muvofiqdir:
a) o‘quvchilar mustaqil ravishda o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan bilimlar ularning imkoniyatlariga mos murakkablikda bo‘lishi;
b) berilajak materialning echimi dasturda belgilangan vaqt oralig‘ida amalga oshirilishi;
v) ijodiy yo‘l bilan o‘zlashtirilgan bilimlar mustahkamligi va darajasi reproduktiv yo‘l bilan olinadigan bilimlardan baland bo‘lishi.
Muammoli ta’lim muammoni hal etish jarayonini butun sinf jamoasining faol aqliy ishiga aylantiradi. Bu sinfdagi har bir bola shaxsining individual xususiyatlarini maksimal darajada inobatga olinishini taqozo etadi. Faqat shundagina sinfdagi jamoaning barcha a’zosi butun o‘quv jarayoni davomida tom ma’nodagi ijod kishisiga, fikr odamiga aylana boradi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin