Yanchilmaga issiqlik va namlik bilan ishlov berish. Yanchilgan mag‘iz tarkibida moy, mag‘izning butun sirtiga yupqa plyonka qavat hosil qilib, molekulalarning o‘zaro ta‘sir kuchi ta‘sirida mag‘izga bog‘langan bo‘ladi, bu kuchning kattaligi moyni ajratishda qo‘llaniladigan presslash qurilmalari hosil qiladigan bosim kuchlaridan ham bir necha marotaba katta. Mana shu mag‘iz sirtidagi moyni mag‘iz tarkibidagi molekulalar bilan bog‘liqlik kuchini kamaytirish, moy bo‘lmagan moddalardan moyni ajratish uchun moy olish texnologiyasida yanchilgan mag‘zni- yanchilmani namlik va issiqlik bilan ishlov berish jarayonini qovurish qo‘llaniladi. Yanchilmani ma‘lum bir vaqt ichida namlik va issiqlik bilan aralashtirib turib, uning namligi va haroratini belgilangan miqdorga yetkazganda yanchilmaning va uning tarkibidagi moyning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgaradi va bu moyni presslash usulida oson ajralishi ta‘minlanadi.
Namlik va issiqlik bilan yanchilmaga ishlov berish jarayoni deb ataluvchi maxsus qurilmalarda amalga oshiriladi. Yanchilmaga namlik va issiqlik bilan ishlov berganda uning stukturasi, rangi va kimyoviy tarkibi o‘zgarib yangi bir mahsulot - mezga hosil bo‘ladi.
Qovurishdan maqsad - mag‘iz tarkibidagi boshqa moddalardan moyning eng yaxshi ajralib chiqishini va mezga zarrachalarining zichlashib kunjaraga aylanadigan tovar strukturasini hosil qilishdir, bundan tashqari qovurish vaqtida paxta chigiti tarkibidagi gossipol moddasi aktiv holatidan passiv holatiga o‘tadi.
Namlik va issiqlik bilan ishlov berish jarayoni presslash va ekstraktsiyalash usulida moy olishda muhim texnologik bosqich bo‘lib u olinadigan oxirgi mahsulotlarning ya‘ni moy, kunjara va shrotning miqdori va sifatiga ta‘sir etadi.
Moyli xom ashyolardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraktsiyalash usulida moy olishda namlik va issiqlik bilan yanchilmani ishlashdan maqsad - yaproq hosil qiluvchi valtsovkalarda yupqa, g‘ovakdor va chidamli plastik material hosil qilib ekstraktsiyalash jarayonini bir tekis borishni ta‘minlash.
Press-ekstraktsiya usulida moy olishda yanchilmaga namlik va issiqlik bilan ishlov berishdan maqsad:
-presslab moy olishda optimal sharoit yaratish;
-kunjara strukturasi hosil bo‘lishi uchun optimal plastik material hosil qilish;
-hosil bo‘lgan mezga presslashda ma‘lum bir qarshilik hosil qilish xususiyatga ega bo‘ladi;
-moyning qovushoqligini kamayishi natijasida oquvchanligi ortadi;
-yanchilma tarkibidagi fermentlar aktivligini yo‘qotadi.
Dostları ilə paylaş: |