Adabiyotlar:1,2,3, 5
Tayanch so‘z va iboralar: qovurish, namlash, inaktivator, yanchilma, qattiq usuli, yumshoq usuli, quruq usuli. Presslash, yanchilma, qattiq usuli, yumshoq usuli, quruq usuli.
Presslash sexida yanchilmani qayta ishlash
Presslash tsexi yog‘ ishlab chiqarish korxonasining eng muhim zvenosi hisoblanadi. Bu sexga yanchilgan mahsulot shnek orqali keladi. U bu yerda dastlab issiqlik va suv ta‘sirida fizik-kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Bunday ta‘sir etishdan maqsad undan eng ko‘p va sifatli yog‘ olishdan iborat.
Kungaboqar, paxta chigiti va shunga o‘xshash moyli xom ashyolardan moy ikki bosqichda: dastlabki va oxirgi bosqichda moy olinadi. Hozirgi vaqtida Respublikamizdagi moy yetishtiruvchi korxonalarda moyli xom ashyolardan oxirigacha moy ikki usulda: presslash va ekstraktsiyalash usullarida olinmoqda. Bu ikkala usul ham xom ashyodan dastlabki bir qism moyni ajratishni talab etadi. Kungaboqar, paxta chigiti va shularga o‘xshash xom ashyolardan dastlabki bosqichda yani pressda 70-85% moy olinadi. Bir qism moyi olingan kunjarani moysizlantirilishi uchun ikkilamchi presslash yoki ekstraktsiya usuli qo‘llaniladi. Dastlabki moy olish bu moy olishning tugallanmagan bosqichi bo‘lib, moyli xom ashyodan to‘liq moy olish jarayoni uchun tayyorlov texnologik jarayon hisoblanadi. Ikki marta presslash usulida moy olishda dastlabki bosqichdan keyingi kunjaraning qoldiq moyliligi 12-18%, ikkinchi marta presslangandan keyingi kunjaraning qoldiq moyliligi 4,5-6% ni tashkil etadi.
Mezgani moy olishga tayyorlash ikki bosqichdan iborat bo‘lib: birinchi bosqichi mezgani dastlabki moy olishga tayyorlash, ikkinchi bosqichi -pressda yoki ekstraktorda kunjarani moysizlantirish.
Dastlabki moy olishda mezganing harorati 75-105°C va namligi 6-12% bo‘lganda, oxirigacha pressda moy olish harorat 110-125°C bo‘lganda va namlik 4% bo‘lganda amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: |