Qovurish jarayonida suv, bug‘ va issiqlikning ta‘siri.
Namlik va issiqlik bilan ishlov berish jarayonini shunday olib borish kerakki, bunda presslab olingan moy va kunjara qolgan moyning tabiiy xususiyatlari kunjara va shrotning ozuqalik xususiyatlari saqlanib qolinsin. Hozirgi vaqtda sanoatda yanchilmaning qovurishni ikki turi: birinchi turi “nam” holda qovurish va ikkinchi turi “quruq” qovurish qo‘llanilmoqda. Birinchi turdagi “nam” holda qovurish ikki bosqichda, birinchi bosqichda yanchilma namlanib isitiladi, ikkinchi bosqichda qizdirish orqali moyli xom ashyoning namligi va harorati optimal darajaga yetkaziladi. Ikkinchi turdagi ya‘ni quruq qovurish bir bosqichdan iborat bo‘lib yanchilmani ma‘lum bir haroratgacha qizdirish va quritib uning namligini va haroratini optimal darajaga yetkazish. Mezga tayyorlashda boradigan fizik-kimyoviy jarayonlarning nazariyasini rus olimi A.M.Goldovskiy asoslab berdi.
A.M.Goldovskiy o‘zining tajribalari orqali xom ashyoni moy olishda tayyorlashda mezga tayyorlashda yanchilmaga suvning ta‘siri eng muhim faktorlaridan biri bo‘lib, moyning bir qism va to‘liq olinishi shunga bog‘liq. Yanchilmani namlaganda uning butun massasida o‘zgarishlar ro‘y beradi:
1.Yanchilmaning moy bo‘lmagan qismi suvning o‘ziga yutishi natijasida bo‘kadi va uning plastikligi ortadi;
2.Yanchilmaning moy bo‘lmagan qismi bilan moyning o‘zaro bog‘liqligi o‘zgaradi;
3.Yanchilmaning zarrachalari o‘zaro bir-biri bilan biriktiriladi va tuppa hosil bo‘ladi;
Yanchilma suv bug‘i va kondensat bilan namlanganda va bug‘langanda suv talqonining gel qismidan moyni siqib chiqaradi.
Yanchilmaga moyning yutilish tezligi namlash sharoitiga, shuningdek suvning yuborish usuliga va bunda intensiv aralashtirishga bog‘liq. Bundan tashqari xulanayotgan xom ashyoning moy va moy bo‘lmagan qismlarining o‘zaro nisbatiga bog‘liq, xom ashyo tarkibida moy qancha ko‘p bo‘lsa unga suvning yutilishi shuncha sekin boradi.
Dostları ilə paylaş: |