Yanchilmani qovurishda ro‘y beradigan biokimyoviy o‘zgarishlar. Qovurish vaqtida namlik, harorat va havodagi kislorod ta‘sirida yanchilma tarkibidagi fermetlar sistemasi ham aktivlashadi va bug‘ning natijasida gidrolitik va oksidlanish jarayonlari tezlashadi. Yanchilma tarkibidagi fermetlar ta‘sirida murakkab kompleks biokimyoviy jarayonlar ro‘y beradi va bu jarayonlar qayta ishlayotgan mahsulotdan olinadigan xom - ashyolarning sifatiga ta‘sir etadi.
Qovurishning boshlanishida yuqori namlik va harorat ta‘sirida yanchilma tarkibidagi fermentlar sistemasini aktivligi oshib borib ma‘lum bir namlik va haroratda aktivligi maksimumga erishadi va shundan keyin yanchilmani qizdirish natijasida ularning aktivligi so‘lib ular to‘liq inaktivatsiyalanadi.
Fermetlarning bu xususiyatlaridan sanoatda yuqori sifatli kam miqdorda tarkibida yo‘ldosh moddalar saqlaydigan moy, moyni sifatini pasaytiradigan va uni tozalashni qiyinlashtiradigan moddalarni moyga utishini kamaytirishga foydalaniladi. Fermentlar sistemasi 80-85°C haroratda 30-40 sek vaqt ichida inaktivatsiyalanadi.
Bu jarayon shnekli inaktivator qurilmasida ro‘y beradi, yanchilma tarkibidagi lipaza, fosfolipaza fermentlarning aktivligi susayadi, glitserin va fosfatidlarning gidrolitik parchalanishiga yul quyilmaydi, natijasida forpress moyida gidratatsiyani qiyinlashtiruvchi fosfatidlar va erkin moy kislotalarining miqdori kamayadi.
Dostları ilə paylaş: |