Qovurish jarayoning davomiyligi. Mag‘iz talqonini namlash va issiqlik bilan ishlov berib qovurish jarayonining davom etish vaqti 50-80 minut bo‘lib, bu vaqtning 15-20% birinchi bosqich namlanishga va 80-85% ikkinchi bosqich quritishga ketadi.
Qovurish vaqtining davom etishi quyidagi faktorlarga bog‘liq: talqoni namlashdan uning boshlangich va oxirgi namligiga, namlikni moyli xom ashyo bilan bog‘liqligiga, qovurilayotgan talqon massasining qalinligiga, talqonning maydalanish darajasiga va zichligiga, mag‘izning moyliligiga qizdirish sirtining holatiga, aralashtirish tezligiga, qovurish qasqoni yasalgan materialning issiqlik o‘tkazuvchanligiga, issiqlik tashuvchi agentning va kondensatning haroratiga, qovurish vaqtida ajralib chiqayotgan bug‘ning qasqon ichidan chiqa olishiga, chanlar soniga va chandan changa mezganing o‘tish vaqtiga.
Dostları ilə paylaş: |