Kichik maktab yoshidagi bolalar agressivligining


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 433,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix19.04.2023
ölçüsü433,84 Kb.
#100528
1   2   3   4   5   6
kichik-maktab-yoshidagi-bolalar-agressivligining-psixologik-adabiyotlarda-o-rganilishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
329 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
pasayishini ta'minlovchi psixologik omillar ekanligini, agressiv o’smirlar xulq-
atvorini psixoprofilaktika qilish va psixokorreksiyalash maqsadida "Xulq-atvorni 
modifikatsiyalash treningi" psixologik trening dasturini, agressiyaga moyil o’smirlar 
xulq-atvorini psixoprofilaktika qilish va psixokorreksiyalash maqsadida ota-onalar, 
pedagoglar va psixologlar hamkorlikda samarali ish olib borishining algoritmini
ishlab chiqqan. Uning tadqiqoti natijasida mahalliy sharoitda o’smirlar agressiv 
xulq-atvorining yosh, jins va individual psixologik xususiyatlarini o'rganishga doir 
psixodiagnostik metodikalarni tizimlashtirishga va o’smirlardagi agressiv xulq-
atvorni korrektsiya qilish imlonini beruvchi ijtomoiy trening dasturi ilmiy 
asoslangan, amaliyotda sinovdan o’tkazilgan hamda xalq ta’limi muassasalari
amaliyotiga tatbiq etilishi tavsiya etilgan. [7] (F.F.Rasulova.
XULOSA 
G’azablanish, qo’rqish va shu kabi boshqa emotsiyalar insonni o’rab turgan
sharoitga moslashish vazifasini bajaradi. G’azablanish odamlarda ham hayvonlar
kabi to’siqlarni yo’qotishga, maqsadiga erishishiga, o’zini himoya qilishiga 
yordam beradi. Shuning uchun har qanday agressiyani ko’rsatish qonun buzarlik
hisoblanmaydi. Bolalar hayotida agressiv xulq-atvor tez-tez uchrab turadı. 
Ulg’ayib kelayotgan bolalarda psixologik holatlar kechishiga vaqtida e’tibor
berilmasa sa’lbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.
Xorijlik olimlar L.Berkovitz frustratsiya va agressiyaning bir-biriga 
bog’liqligini, I.A. Furmanov bolalar agressivliligini, E. Frоmm аgrеssiyaga keng 
ma’noda ta’rif keltirgani, K.S.Shalaginova kichik maktab o’quvchilarida tizimli 
psixologik yordam ko’rsatishni, Y.A. Bashkatova turli darajadagi agressiv kichik 
maktab o’quvchilarida kommunikativ universal ta’lim harakatlarini rivojlantirishni,
I.F. Nurmuxametova kichik maktab o’quvchilarida agressivlik pasayishining
psixologik-pedagogik sharoitlarini, E.L. Golenisheva kichik maktab yoshi
o’quvchilarida agressivlikning ijtimoiy-psixologik omillarini, S.A. Travina kichik
maktab o’quvchilarining agressiv xulq-atvor profilaktikasida psixolog va 
o’qituvchilarning o’z-aro ta’sirini, E.I. Berejkova boshlang’ich maktab 
o’quvchisining agressivligiga ijtimoiy agressiyaning ta’siri etishini o’rgangan. 
O’zbekistonlik olimlardan F.F. Rasulova o’smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon 
bo’lishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etgan.
Yuqorida keltirilgan tadqiqot ishlaridan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkin 
kichik maktab yoshi davridagi agressivlik va agressiv xulq-atvor mamlakatimizda 
ya’ni Qoraqalpog’iston Respublikasida o’rganilishi kerak bo’lgan sohalardan biri 
hisoblanadi. 



Yüklə 433,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin