Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə10/12
tarix03.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#172176
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
газларни тозалаш

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • F = ne
Oddiy elektrofiltr - ikkita elektroddan iborat bo`lib, bittasi - anod- truba yoki plastina, ikkinchisi esa - katod - sim ko`rinishida tayyorlanadi. Katod - sim truba ichiga yoki plastina anodlar orasiga tortiladi. Anodlar har doim erga ulanadi.

Elektrodlar o`zgarmas tok manbasiga ulanganda 4...6 kV/sm ga teng potenstiallar farqi hosil bo`ladi. Bu qiymat katodning 1 m uzunligida 0,05...0,5 mA tok zichligini ta’minlaydi.
Gazli aralashma trubali-elektrod ichiga yoki plastinalar orasiga uzatiladi. Elektrodlardagi yuqori potenstiallar farqi va elektr maydonining turli jinsliligi tufayli manfiy elektrod-katod atrofidagi gaz qatlamida anodga qarab yo`nalgan elektronlar oqimi hosil bo`ladi. Natijada gaz neytral molekulalarining elektronlar bilan to`qnashuvi tufayli gaz ionizastiyaga uchraydi. Ionizastiya o`z navbatida gazni musbat va manfiy ionlar ajralishiga olib keladi. Musbat ionlar katod, manfiylari esa katta tezlikda anod tomon harakat qiladi. Odatda, chang va tuman zarrachalari anodga cho`kadi va uni cho`kma qatlami bilan qoplaydi. Elektr maydoni ta’sirida cho`ktirish tezligi sekundiga bir necha santimetrdan bir necha o`nlab santimetrgacha oraliqda bo`ladi. Cho`ktirish tezligi zarracha o`lchami va gazning gidravlik qarshiligiga bog`liq.
Elektr maydonida zarrachalarning cho`kish tezligini aniqlash uchun jarayon laminar rejimda amalga oshadi deb qabul qilamiz.
Elektr maydoni zaryadlangan zarrachaga F = ne0 .Ex (bu erda n - zarracha olgan zaryad; e0 - elementar zaryad kattaligi; Ex - katod o`qidan x masofadagi elektr maydon potenstiali gradienti) kuch bilan ta’sir etadi.
Elektr maydon ta’sirida zarrachaning cho`kish tezligi ushbu tenglamadan aniqlanadi:


(3.72)
Zarrachaning cho`kish davomiyligi:
(3.73)

bu erda: R - katod o`qidan anod o`qigacha bo`lgan masofa; r - katod radiusi.


E lektr maydon potenstiali gradienti Ex katodgacha bo`lgan masofa x ga bog`liq. Shuning uchun, zarrachalarning cho`kish vaqti (3.73) tenglamani grafik integrallash usuli bilan aniqlanadi.



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin