Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə8/12
tarix03.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#172176
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
газларни тозалаш

Venturi skrubberlari. Bu turdagi skrubber ikki qismdan (3.34-rasm): Venturi trubasi 3 va ajratgich 1 dan tarkib topgan bo`ladi. Venturi trubasi 3 da gaz tozalansa, ajratkich 1 da esa - suv tomchilari gaz oqimidan ajratiladi.



Tozalanishi zarur bo`lgan gaz, qurilmaning paski qismidan patrubkaga uzatiladi. Ma’lumki, Venturi trubasining diffuzor qismida konuslik ortib boradi. Bu esa, diffuzorda bosim kamayishiga, ya’ni vakuum hosil bo`lishiga olib keladi. Ushbu vakuum hisobiga idishdan kollektor orqali Venturi trubasiga suv so`rib olinadi. Suyuq faza gaz bilan to`qnashishi natijasida mayda tomchilarga (~10 mkm) ajralib ketadi. Gaz va mayda tomchilarning o`zaro urilishi paytida suyuqlik tomchilari qattiq zarrachalarni o`ziga tortib oladi va yiriklashadi. So`ng esa, ushbu tomchilar gaz oqimi bilan birga diffuzor orqali o`tadi va natijada tezligi pasayadi. Gaz oqimini suyuqlik zarrachalaridan ajratish uchun uyurmalantiruvchi moslama xizmat qiladi. Ajratgichda ajratib olingan suyuqlik yig`gichga oqib tushadi. Tozalangan gaz esa, skrubberning tepa qismidagi patrubkadan atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Venturi skrubberida gazlarning tozalanish darajasi 98...99%, tuzilishi sodda va mexanik harakatlanuvchi qismlari yo`q.
Kamchiliklari: gidravlik qarshiliklari katta (1500...7500 Pa) va qurilmaga qo`shimcha tomchi ushlagich bilan jihozlanishi lozim.
Ko`pikli (barbotajli) chang ushlagichlar tarkibida, qattiq zarrachalar ko`p va juda katta hajmdagi changli gazlarni tozalash uchun mo`ljallangan (3.35-rasm).
Ko`pikli (barbotajli) chang ushlagichlar tarelkali skrubber ko`rinishida bo`ladi. Changli gaz qurilmaning pastki qismidagi shtuster orqali yuboriladi va u tepaga qarab harakat qiladi. Qurilma stilindrik qobiq 1 ning o`rtasida joylashgan shtuster orqali yuvuvchi suv (yoki suyuqlik) teshikli tarelka ustiga yuboriladi. Pastdan kelayotgan changli gaz oqimi suyuqlikni barbotaj qiladi va natijada harakatchan ko`pikli qatlam hosil bo`ladi. «Gaz – suyuqlik» aralashmasidan iborat ko`piklarda to`qnashuv yoki urilish yuzasi katta va zarrachani ilintirish imkoniyati yuqori. Shuning uchun ham, ko`pikli chang ushlagichlarda changli gazlarning tozalanish darajasi yuqori. Gazning tozalanish darajasiga qarab qurilmadagi teshikli tarelkalar soni aniqlanadi.
Ko`pikli qatlamda changning asosiy miqdori (~80%) suyuqlik bilan ushlanadi va ko`pik bilan birga rostlovchi ostona 2 orqali chiqariladi. Suyuqlikning qolgan qismi (~20%) tarelka teshiklari orqali pastga oqib tushadi va uning ostidagi bo`shliqda changli gaz tarkibidagi yirik zarrachalarni ushlab, pastga olib ketadi. Hosil bo`lgan oqava suv konussimon tubdagi shtuster orqali chiqariladi. Ko`pikli qurilmalarda gazlarning tozalanish darajasi 95...99% va undan yuqori bo`ladi. Qurilmaning tuzilishi sodda va ixcham, hamda kam kapital va ekspluatastion sarflar talab etadi.



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin