Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə4/12
tarix03.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#172176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
газларни тозалаш

Batareyali siklon bir qancha parallel ulangan kichik diametrli (150...250mm) siklonlardan tashkil topgan (3.30-rasm). Siklon elementlari diametrining kichikligi, markazdan qochma kuch va cho`kish tezligini oshirish imkonini beradi. Kichik o`lchamli siklonlar qurilmadagi ikkita to`siqga mahkamlanadi.
Qurilmaga kirish patrubkasi orqali yuborilgan chang gaz taqsimlash kamerasiga kiradi va u erdan barcha siklon elementlarga bir xilda tarqaladi. So`ng, elementlarga gaz tangenstial yo`nalishda emas, balki ularning tepasidan siklon qobig`i va markaziy chiqish trubasi orasidagi halqasimon bo`shliqqa yuboriladi. Ushbu halqasimon bo`shliqda oqimga spiralsimon aylanma harakat yo`nalishini ta’minlash uchun u erga vintli parraklar o`rnatiladi (3.31-rasm).
Siklon elementlaridan o`tib tozalangan gazlar markaziy truba 1 orqali umumiy kameraga yig`iladi va chiqish shtusteridan tashqariga uzatiladi.
Hamma siklon elementlarida ushlanib qolingan qattiq zarrachalar batareyali siklonning pastki qismi 5 da to`planadi va undan so`ng tashqariga to`kiladi.
Agar bir nechta katta siklonlarni iqtisodiy jihatdan qo`llash maqsadga muvofiq bo`lmasa, gazlar sarfi katta jarayonlarda batareyali siklonlar ishlatiladi. Siklonlarda o`lchami 10 mkm va undan kam bo`lgan qattiq zarrachalarni cho`ktirish tavsiya etiladi. Batareyali siklonlarning tozalash darajasi 65...85% (d = 5 mkm li zarrachalar uchun), 85...90% (d = 10 mkm li zarrachalar uchun) va 90...95% (d = 20 mkm zarrachalar uchun).


3.18. Gazlarni g`ovakli to`siqlarda tozalash

Filtrlovchi to`siq turiga qarab egiluvchan, yarim qattiq, qattiq g`ovak to`siqli va donador qatlamli filtrlar bo`ladi.


Yumshoq filtrlovchi to`siqli filtrlarga engli yoki qopli filtrlar kiradi va ular gazlarni tozalash uchun keng miqyosda qo`llaniladi. Filtrlovchi to`siq sifatida tabiiy, sintetik va mineral tolalar (to`qima materiallar), g`ovak listli materiallar (g`ovakli rezina, penopoliuretan) va metall to`qimalar ishlatiladi.




Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin