3.17. Inerstion va markazdan qochma kuchlar ta’sirida gazlarni tozalash
Inerstiya kuchlari ostida gazlarni tozalash qaytaruvchi to`siqli tindirgich va markazdan qochma kuchlar ta’sirida ishlaydigan siklonlar konstrukstiyasi asosida yotibdi.
Qaytaruvchi to`siqli tindirgich yirik dispersli changlarni ajratish uchun mo`ljallangan (3.28-rasm).
Q aytaruvchi to`siqlar gaz oqimini uyurmalanishi uchun xizmat qiladi. To`siqlardan o`tish paytida hosil bo`ladigan inerstiya kuchlari qattiq zarrachalarni intensiv cho`kishiga sababchi bo`ladi. Yig`gich 2 ga to`plangan qattiq zarrachalar shiber 3 yordamida chiqarib yuboriladi. Bunday qurilmalar gaz o`tkazish sistemalarida o`rnatiladi. Inerstiya kuchlari asosida ishlaydigan chang tozalash qurilmalarining tuzilishi sodda va ixcham. Tozalash darajasi 60%, cho`ktirilayotgan zarrachalar o`lchami 25 mkm va undan yuqori.
Siklonlar markazdan qochma kuchlar maydonida changlarni tozalash imkonini beradi. Mashinasozlik korxonalarida qobig`ining diametri 100...1000 mm li siklonlar tayyorlanadi. Ularning ishlash samaradorligi ajratish koeffistienti bilan xarakterlanadi. Changlarni tozalash darajasi siklon konstrukstiyasi, zarracha o`lchami va zichligiga bog`liq.
Masalan, 25 mkm li zarrachalar cho`ktirilayotgan bo`lsa, siklonning f.i.k. 95 % ni tashkil etadi, lekin zarracha diametri 10 mkm bo`lsa, f.i.k. 70% gacha kamayadi.
Siklon kichik gidravlik qarshilik va nisbatan yuqori tozalash darajasiga ega bo`lgan stilindrik va konussimon qismlardan iborat qurilmadir (3.29-rasm).
Changli gaz tangenstial yo`nalishda 10...40 m/s tezlikda siklonning kirish patrubkasi orqali kiritiladi. Tangenstial kirish va qurilmaning ichida markaziy chiqarish trubasi borligi uchun gaz oqimi pastga spiralsimon aylanma harakat qiladi. Bu esa o`z navbatida markazdan qochma kuch hosil bo`lishiga olib keladi. Ushbu kuch ta’sirida gaz oqimidagi qattiq zarrachalar siklonning ichki devoriga uloqtirib tashlanadi, devorga urilib kinetik energiyasini yo`qotadi va og`irlik kuchi ta’sirida qurilma tubiga qarab to`kiladi. Siklonning pastki konussimon qismida gaz oqimi inerstiya kuchi ta’sirida spiralsimon harakat yo`nalishini davom ettiradi va konus diametri kamayib borishi sababli yuqoriga qarab yo`nalgan oqim paydo bo`ladi. Bu oqim tozalangan gaz bo`lib, markaziy truba orqali siklondan tashqariga chiqib ketadi.
Siklonlarning aniq hisobi juda murakkab bo`lgani uchun gidravlik qarshilik r parametri bo`yicha soddalashtirilgan hisoblar qilinadi.
Siklonning stilindrik qismidagi gazning soxta tezligi wf (m/s) quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin:
(3.68)
bu erda r/g - ajratish faktori; - gidravlik qarshilik koeffistienti.
3.29-rasm keltirilgan siklonlar uchun r/ = 500...700 m2/s2.
Siklon diametri D (m) ushbu formuladan topiladi:
(3.69)
Siklonning stilindrik qismi diametri D aniqlangandan so`ng, qolgan o`lchamlari hisoblanadi, chunki hamma o`lchamlar siklon diametri D ning funkstiyasidir.
G azlarni tozalash darajasini oshirish uchun siklon diametrini kamaytirish yoki gaz oqimi tezligini oshirish zarur.
NIIOGaz siklonida gazsimon turli jinsli sistemalarni tozalash darajasi 30...85% ga teng. Lekin, gaz tarkibidagi zarrachalar o`lchami ortishi bilan gazlarning tozalanish darajasi 90..95% gacha o`sishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |