Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə5/12
tarix03.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#172176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
газларни тозалаш

Batareyali engli filtr. Bu turdagi qurilmalarning filtrlovchi elementi to`qima materialdan yasaladi (3.32-rasm). Filtrlovchi eng va qoplar 4 to`rtburchak shaklidagi qobiq 3 ning umumiy romi 1 ga osilib qo`yiladi. Pastdan yuqoriga qarab harakat qilayotgan changli gaz filtrlovchi englarning uchidagi ochiq teshikdan ichiga kiradi. So`ng, stilindr englarining yon tomon yuzasidan o`tayotganida gaz tozalanib chiqib ketadi, qattiq zarrachalar esa engning ichki devorida ushlanib qoladi.
Foydalanish jarayonida chang qatlami ortib boradi va filtrning qarshiligi kattalashadi. Filtr englarini qayta tiklash uchun vaqti – vaqti bilan mexanizm 2 yordamida silkitib turish zarur. Shunda, englar yuzasida o`tirib qolgan changlar to`kiladi va shnek 5 yordamida tashqariga chiqariladi. Ba’zi bir hollarda englarni qayta tiklash uchun filtr elementlar siqilgan havo yoki gaz yordamida qarama-qarshi yo`nalishda puflab tozalanadi. Ba’zi hollarda sekstiyali filtrlar ham ishlatiladi. Bunda har sekstiya o`zining silkituvchi mexanizmiga ega bo`ladi. Bu esa, filtr sekstiyalarni ketma - ket tozalash imkonini beradi, ya’ni filtr qurilmani to`xtatmasdan filtr elementlarini qayta tiklash jarayonini amalga oshirsa bo`ladi.
Uzluksiz ishlaydigan engli filtrlarning filtrlash tezligi 0,007...0,017m3/(m2 .s) ga teng. Lekin, filtrlovchi to`qimalar uzluksiz ravishda qayta tiklanishi tufayli filtrlash tezligi 0,05...0,08 m3/(m2 .s) gacha ortadi.
Eng keng tarqalgan engil filtrlarning gidravlik qarshiligi 1,5...2,5 kN/m2 (150...250 mm. suv ust.).
Agar engli filtrlardan to`g`ri foydalanilsa, gazlarni mayin, dispers changlardan tozalash darajasi 98....99% ni tashkil etadi.
Englar tabiiy, sintetik va mineral materiallardan tayyorlanadi. Masalan, 80°C dan past temperaturalarda paxta, bo`zdan, 110°S dan past temperaturalarda jundan, 130 ... 140°S da poliamid, polietilen, poliakrilnitril tolalaridan, 275°S gacha politetraftoretilen va ftoroplastdan, 400°S gacha shisha tolalaridan yasalgan filtrlovchi englar ishlatiladi.
Kamchiliklari: englar tez ishdan chiqadi va kanallari to`lib qoladi; yuqori temperaturali va nam gazlarni tozalash mumkin emas.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin