Kimyo kafedrasi


Maktabgacha tarbiya yoshi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/38
tarix29.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#81596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Valeologiya asoslari (01)

Maktabgacha tarbiya yoshi: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar suyagining ko’p qismi tog’aydan iborat bo’lib, ular yumshoq, egiluvchan bo’ladi. SHuning uchun bolaning noqulay vaziyatda bo’lishi, ya’ni o’zoq vaqt tik turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o’tirishi, stol-stulning bo’yiga mos kelmasligi, to’shagining juda yumshoq bo’lishi, og’ir yuk ko’tarilishi kabilar uning umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, chanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qaddi-qomatining bo’zilishiga sabab bo’ladi. Bunday bolalar, jismoniy jihatdan kamquvvat bo’lib kelajakda ular o’zi sevgan kasbni egallay olmasligi mumkin.
Bog’cha yoshidagi bolalar kun tartibida ta’lim-tarbiya jarayoni gigienasi alohida o’rin to’tadi. Bola hayotining shu yillari o’zaro bog’liq ravishda tez sur’atlar bilan kechadigan jismoniy va aqliy rivojlanish xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Shaxsiyatning rivojlanishi, aynqsa o’sish davrida faol kechadi. Psixologlar uni bolaning kichikligidan boshlanishiga e’tiborni tortadilar. Bola hayotining ikkinchi yilida uning xulq-atvori o’zgaradi. Barcha narsalarga qiziqishi ortadi. Nutq shakllanib, tez sur’atlar bilan rivojlanib boradi. Yosh bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlar harakatli o’yinlar, badantarbiya, sayr qilish, musiqa mashg’ulotlari, turli o’yinchoqlar bilan mashg’ul bo’lish, engil topshiriqlarni bajarish kabi usullar bilan boyitiladi.
Bola hayotining uchunchi yilida u jismonan chiniqa boshlaydi, uning ish qobiliyati ortadi, miya hujayralari faoliyati kuchayib tormozlanish jarayoni takomillashib boradi. Bola o’zini tiyib turishi, sabr qilishi mumkin, ammo o’zoq kutishga qodir emas, o’zoq vaqt bir xil holatda tura olmay tez toliqadi. Bu davrda bolaning fikrlash qobiliyati tez rivojlanadi, jumladan bolada atrof-muhitni idrok etish, tabiat hodisalari, kattalar mehnati, bayramlar va boshqalar haqida tushunchalar paydo bo’ladi. Bola kattalar suhbatini yaxshi tushunadi, ular bilan muloqotda bo’lganda nutq ravon, etarli darajada murakkab bo’lishi lozim.
Maktabgacha tarbiya davri bolaning yuksak jismoniy va ma’naviy rivojlanish davri hisoblanadi, bolaga nisbatan qanday gigienik talablar qo’yilishi uning salomatligi, kelgusida har jihatdan barkamol bo’lib etishishining mezoni bo’lib xizmat qiladi. Bu davrda organizm ta’lim-tarbiya jarayonini murakkablashtirish yo’li bilan maktabgacha tarbiya ishlarini tez sur’atlar bilan olib borish uchun yuqori darajadagi imkoniyatlarga ega.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida o’qitishni unumli uslubda olib borish ijodiy qiziqishlarni qo’llab quvvatlab, ijobiy his-hayajon va yaxshi kayfiyatni shakllantirish hamda egallangan bilimlarni amalda qo’llash kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Bola miyasi ontogenezning erta bosqichida etiladi va yangi tug’ilgan vaqtida ma’lum darajada etuk bo’ladi. Biroq, sistematik integral vazifalarini ta’minlovchi miyaning yangi to’qimalari bolaning individual rivojlanish davrida asta-sekin takomillashib, etilib boradi. M.M.Koltsevayaning tadqiqotlari bolaning 5-7 yoshligida bosh miya po’stlog’ining turli funktsonal zonalari birlashib, morfofunktsional holati rivojlanib borishini, xotirjamlik ritmi o’rnatilishini ko’rsatadi.
5-6 yoshda analizator sistemalar ahamiyati katta bo’lib, o’ng miya yarim shari chapga qaraganda nisbatan tezroq ishlaydi. 6,5-7 yoshda og’irlik, markazi miyaning oldingi assotsativ bo’limilariga o’tadi, chap miya yarim sharining roli ortadi, peshona bo’laklarining faoliyati kuchayadi. SHu bois, 5-6 yoshli bolalarda ko’rgazma-obrazli fikrlash ustun tursa, 6,5-7 yoshdan boshlab mavhum fikrlash paydo bo’ladi.
Bolalar bog’chasida turli yosh guruhlaridagi bolalarning mashg’ulotlar vaqtida aqliy ish qobiliyatini o’rganish 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davrda bu qobiliyatning asta-sekin va bir maromda o’sib borishini ko’rsatadi. Ammo bu qobiliyatning har yili qish va bahor mavsumida vaqtinchalik pasayishi va yana qayta ortishi ko’zatiladi. SHuning uchun bolalar bog’chalarida o’quv-tarbiya ishlarini rejalashtirishda faqatgina mashg’ulotlar davomiyligiga emas, balki pedagogik jarayonning to’g’ri tashkil etilishiga ham muayyan gigienik talablar qo’yiladi. Bolalar bog’chalaridagi mashg’ulotlar oddiy mehnat va gigienik ko’nikmalarni egallashni ta’minlovchi maxsus dasturlar asosida o’tkaziladi. Bu mashg’ulotlar tarbiyalanuvchilarni maktabdagi muntazam o’qishga tayyorlash imkoniyatlarini beradi.
Kichik maktab yoshi: Kichik yoshdagi bolalar, boshlang’ich sinf o’quvchilari o’zoq vaqt bir joyda o’tirmasligi, tik turmasligi, o’zoq masofaga yurmasligi, og’ir buyumlarni ko’tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir kunda ish bajarmasligi kerak. Bo’larning barchasi bolaning umurtqa pog’onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qaddi-qomati bo’zilishiga sabab bo’ladi.
Bolaning o’qish va tarbiyasiga jamiyat hamda oila munosabati ham muhim. O’qituvchi bilan ota-onalarning bamaslahat ish ko’rishi samarali natija beradi.
Ta’lim-tarbiya gigienasi oldida turgan vazifalarni hal etishda faqat gigienik tadqiqotlar va aqliy mehnatni o’rganishgina emas, balki xronobiologik, psixologiya erishgan zamonaviy fiziologik yutuqlarning uyg’unligi asosida ham yondashish lozim. O’quv faoliyati gigienasi oldida turgan aniq vazifalardan biri darslarga bo’lgan quyidagi talabalarni bajarish:

  • darsni to’g’ri tashkil qilish;

  • darslar va tanafuslarning qancha davom etishini oqilona belgilash;

  • o’quv kuni va hafta davomidagi darslarning umumiy sonini me’yorlashtirish;

  • darslarni hafta va kun davomida oqilona taqsimlash;

  • ta’tillar vaqti davomiyligiga rioya qilishdan iborat.

Bolaning 6-7 yoshida maktabga borishi eng qiyin birinchi bosqich hisoblanadi. Bu bolaning majburiy sistematik o’qitish jarayonining o’ziga xos tomonlaridan iborat:

  • darslar davomiyligi o’quv yilining birinchi yarmida 30 minut, ikkinchi yarmida 35 minutgacha qisqartirilishi lozim;

  • 2-3 darsdan so’ng har kuni ochiq havoda turli o’yinlardan iborat mashg’ulotlar o’tkaziladi;

  • maktabda o’zaytirilgan kun guruhlariga qoluvchi 1-2-sinf bolalari uchun 1,5-2 soatli, kunduzgi uyqu va 3 mahal ovqatlanish uyushtiriladi;

  • eng o’zun va og’ir o’quv choragi 3-chorak o’rtasida qo’shimcha ravishda bir haftalik ta’til beriladi.

Bizning mamlakatimizda bolalar 7 yoshdan boshlab o’qitiladi. 7 yoshli bolalar uchun ham o’qishning dastlabki davri mas’uliyatli hisoblanadi. 1-sinf o’quvchisi uchun 45 daqiqali dars haddan ziyod og’ir hisoblanadi.
Dastlabki davrda 1-sinf o’quvchilari uchun kuniga 4 soat dars ham og’irlik qiladi. SHu sababli ular uchun o’qish davrining dastlabki oylarida darslar sonini yangi talabalarga muvofiq cheklash fiziologik jihatdan asoslangan. O’quvchilarni maktabga moslashish davrida bosqichma-bosqich tartibga rioya qilishlari o’rinlidir. Bu qoidalarga muvofiq 1-chorakda 30 daqiqali 3ta dars, 2-chorakda 30 daqiqali 4 ta dars va 4-chorakda 35 daqiqali 4ta dars o’tilsa bas. O’quv mashg’ulotlarining bu tarzda uyushtirilishi 1-sinf o’quvchisida fiziologik ko’rsatgichlarning yuqori darajada bo’lishi bilan birga, fanlarni yaxshi o’zlashtirishini ham ta’minlashni ko’rsatadi.
O’quvchilarning ishlash qobiliyatini yuqori darajada o’zoqroq paytgacha davom etishini ta’minlash va tarbiyaviy vazifalarni hal etishda darslarni to’g’ri tashkil etish, o’quv faoliyatining asosiy turlarini aniqlash, ularning davomiyligi va bir-biriga to’g’ri muvofiqlashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar diqqat-e’tibori faol holatda 15-20 daqiqa davom etadi. Kichik yoshdagi bolalarning bu o’quv mashg’ulotlari kam mehnat talab etmaydi. Katta psixofiziologik va ko’z zo’riqishi bilan kechadigan harakatsiz holatni o’zoq vaqt saqlab turish talab etiladi. 1 va 2 sinflarda o’zluksiz o’qish davomiyligi 8-10 minutni tashkil etadi, 3-sinfga kelib 15 daqiqagacha o’zayadi. Mustaqil o’qishni darsning eng qiyin qismi sifatida dars boshi va o’rtasida o’tkazish hamda so’zlab berish, suhbatlashish va navbatma-navbat olib borish lozim.
Yozuv ishlarini bajarish darsning tez charchatadigan xususiyatidir. SHu boisdan dam olmasdan 3-5 daqiqa yozib borish eng ma’qul yo’li hisoblanadi. Aks holda bolalarning qaddi-qomati bo’zilishi mumkin, shu sababli buni doim e’tiborda tutish lozim.
Maktab yoshi davri: Ma’lumki, har bir odam umrining 11 yilini maktabda o’tkazadi. Bu davr o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu davrda bola va o’smir organizmi o’zluksiz o’sadi va rivojlanadi. SHu bilan birga u tashqi muhitning turli ta’siriga juda beriluvchan bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning yashash, o’qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o’sishi va rivojlanishiga, sog’ligiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Binobarin bu sharoitning qulay yoki noqulay tashkil qilinishiga ko’ra, bolalar va o’smirlarning o’sishi va rivojlanishi normal yoki nonormal bo’lishi mumkin.
Bolalar jismonan va aqliy barkamol bo’lib etishishi uchun maktabda va oiladi gigiena talablariga rioya qilishi zarur. Jumladan aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turishi, ovqatlanish tartibi, o’quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug’lik etarli bo’lishi, stol-stullar bo’yiga mos bo’lishi kerak.
Gigienik tarbiya bolalar hamda atrofdagilarning sog’ligini saqlash va mustaxkamlash soxasidagi bilimlarini o’zlashtirish, malaka va ko’nikmlarini hosil qilish ishlarini ilmiy asoslangan xolda tashkil etishni taqozo etadi. Bunda gigienik xulk-atvor normalariga ongli munosabatda bo’lish, kundalik hayotda gigienik talablarga amal qilishning foydali hamda zarur ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Gigienik tarbiya o’zbek xalqining tarixiy rivojlanishiga doir bilimlar asosida amalga oshirilishi zarur. O’zbek xalqi ko’p asrlar davomida umumiy madaniyat-ning bir qismi bo’lgan o’ziga xos gigienik madaniyatni avloddan-avlodga o’tkazib, rivojlantirib kelgan.
O’zbek oilasida kichik yoshdan boshlab bolalarni jismoniy mehnatga o’rgatib kelishgan. 6-7 yoshidan boshlab bolalar uy-ro’zg’or ishlarini bajarishda ota-onalariga yordam berishadi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishadi.
Hozirgi sharoitda O’zbekiston Respublikasida ro’y berayotgan etnik va etnik-madaniy jarayonlar, birinchidan, bolalarni an’anaviy ravishda vujudga kelgan xulq-atvor normalari va qoidalariga o’rgatish zarurligini, ikkinchidan o’z sog’ligini va atrofdagilarning sog’ligini muxofaza qilishning zarurligiga ishonchni, o’z sog’ligini faqat shaxsiy mulk emas, balki ijtimoiy mulk deb qaraydigan shaxs nuqtai-nazarini vujudga keltirishni zarur qilib qo’ymokda.
Tadqiqotchilarning bergan ma’lumotlariga, gigienik tarbiyaviy pedagogik faoliyat tizimidan iborat bo’lib, sihat-salomatlikni ta’minlash uchun bolalarning barcha sab’ektiv va ob’ektiv imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu tizim maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlarini, o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini, oiladagi gigienik tarbiyani hamda o’quvchilarni o’z-o’zini tarbiyalashini o’z ichiga oladi.
Mazkur tizimning har bir tarbiyalovchi bo’g’inida sog’likni saqlash va mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish masalalarida xalq pedagogikasining boy tajribalaridan eng qadimgi sharq madaniyati, islom dini, markaziy Osiyo mutafakkirlarining ta’limotidan tortib hozirgi zamon tadqiqotchi-larining pedagogik g’oyalarigacha keng foydalanish mumkin. O’zbek xalqi uchun xos bo’lgan milliy an’ana oilaning ko’p sonli ekanligi bo’lib, bunda bolani tarbiya qilishda oilaning deyarli barcha a’zolari ishtirok etadi. SHuningdek bolalarni tarbiyalashda mahallaning ishtirok etishi an’anasi ham saqlanib qolgan. Mahalla yosh avlodning jismoniya-ruhiy va ma’naviy sog’lom bo’lib o’sishiga aloxida ahamiyat bermog’i lozim.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin