Kimyo. Masala va mashqlar to



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə35/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

8.25. 500 g massali suvda kaliy nitrat tuzini eritib, 25 %li eritma olingan? Shu eritmadagi tuz namunasining massasini toping. (Javob: 166,67 g).
8.26. 1,54 kg massali suvda natriy nitrat tuzini eritib, 3,5 %li eritma olingan? Shu eritmada eritilgan tuz namunasining massasini toping. (Javob: 55,85 g).
8.27. 200 g massali suvda 11,2 l ammiak eritilganda hosil bo‘lgan ammiak eritmasining massa ulushini toping. (Javob: 4,1 %).
8.28. Massa ulushi 12 % bo‘lgan natriy gidroksid eritmasini tayyorlash uchun 300 g suvga 25 %li eritmadan necha gramm qo‘shish kerak?
Yechish: Birinchi usul formuladan foydalanishga asoslangan. va , m - qo‘shilishi kerak bo‘lgan 25 %li eritmaning massasi, m - undagi NaOH massasi, dan topiladi, m=·m=0,25·m. Bu qiymatlar birinchi ifodaga qo‘yilsa: 0,12=0,25·m/(300+m) hosil bo‘ladi. Bundan: m=276,92 g.
Ikkinchi usul aralashtirish qoidasidan foydalanishga asoslangan. Aralashtirish qoidasiga ko‘ra eritmalarning dastlabki massa ulushlarini yuqoridan pastga bir ustunga yozamiz. Ikkinchi ustunga shu raqamlarning o‘rtasiga tayyorlanishi kerak bo‘lgan eritmaning massa ulushi yoziladi:

25
12 0

Bu erdagi 0 suvdagi erigan moddaning massa ulushi (toza suv uchun bu qiymat nolga teng). Hosil qilingan sxemadagi katta qiymatdan kichigini ayirib, strelka yo‘nalishi bo‘yicha farqni yozamiz va quyidagini olamiz:



25 12
12
0 13

Uchinchi ustun yig‘indisi 12+13=25 bo‘lib, u aralashtirish natijasida tayyorlangan eritmaning massasiga teng. Demak, 25 g 12 %li eritma tayyorlash uchun 25 %li eritmadan 12 g va suvdan 13 g olish kerak ekan. Bizning misolda 300 g suvga qancha massa 25 %li eritmadan qo‘shish kerakligi so‘ralgan. Shuning uchun ham 13 g suvga 12 g 25 %li eritma to‘g‘ri kelishidan foydalanib, quyidagi proporsiyani tuzamiz: 13:12=300:x; x=276,92 g.
Bu amallarni sxemada ham tasvirlash mumkin (sxemadagi 25 %li eritmaga to'g'ri keladigan massa 12 koeffitsient 23,077 ga ko'paytiriladi, bunda 276,92 g kelib chiqadi):

25 12 23,077 276,92 g
12
0 13 300:13=23,077

8.29. 300 g massali 15 %li kaliy gidroksid eritmasini tayyorlash uchun 40 va 10 %li eritmalardan necha grammdan aralashtirish kerak?
Yechish: Birinchi usul eritmalarning massa ulushlari asosida ularda erigan moddalar massalaridan foydalanishga asoslangan: m1=0,4·m va m2=0,1·m. Tayyorlanadigan eritmadagi KOH massasi: m=0,4·m+0,1·m. Eritmaning massa ulushi:
yoki 0,4·m+0,1·m=45.
Tayyorlanadigan eritmaning massasi m+m=300. Oxirgi ikki tenglama asosida
0,4·m+0,1·m=45
m+m=300
sistema hosil bo'ladi.
Tenglamalar sistemasini yechsak: m=50 g va m=250 g kelib chiqadi.
Ikkinchi usul aralashtirish qoidasiga asoslangan. Aralashtirish qoidasiga ko'ra

40 5
15
10 25

Uchinchi ustun yig‘indisi: 5+25=30 bo'ladi. Tayyorlanishi kerak bo'lgan eritmaning massasi 300 g bo‘lganligi uchun 300:30=10 umumiy ko‘paytuvchi (koeffitsient) ni hosil qilish mumkin. Umumiy ko‘paytuvchi har bir qatordagi qiymatga ko‘paytirilsa, quyidagi hosil bo‘ladi:



40 5 10 50 g
15 300:30=10
10 25 10 250 g


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin