bog‘langandir. Ularning asosiy kamchiligi temperaturalar kuchlanishlarini qabul qila
olmasligi va qobiqlarning ichki yuzalari va issiqlik almashinuvchi trubalarning tashqi
yuzalarini iflosliklardan va cho‘kindilardan mexanik tozalash mumkin bo‘lmasligidir.
Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini ta’mirlash yo‘li bilan qayta tiklash bir
muncha chegaralangandir. Aynan shuning uchun
ham uzoq muddat xizmat qilishi,
tegishli ekspluatatsiya rejimiga qat’iy rioya qilingandagina ta’minlanadi. Masalan,
qurilma pasportida ko‘rsatilgan issiqlik almashinayotgan muhitlararo temperaturalar
farqini oshirib bo‘lmaydi, chunki bu truba panjarali truba birikmalarining
buzilishiga
yoki truba yorilishiga olib kelishi mumkin. Ikki issiqlik almashinayotgan oqimlarning,
iflosliklardan holi bo‘lgan, korrozion aktiv moddalar va issiqlik almashinish jarayonini
yomonlashtiruvchi hamda qurilmaning gidravlik qarshiligini kuchaytiruvchi muallaq
zarrachalardan holi bo‘lgan bittasini trubalar orasiga yuboriladi. SHuni nazarda tutish
kerakki, truba tashqi yuzalarining va qurilma qobig‘ining ichki devorini ko‘rikdan
o‘tkazish imkoni yo‘q,
bundan kelib chiqadiki, qurilma holatini ekspluatatsiya
qilinayotgan vaqtda nazorat qilish mumkin bo‘lmay qoladi. Ta’mirlashning zaruriyligi,
ta’mirlashi va mexanik tozalanishi mumkin bo‘lgan trubalarning
ichki yuzalarini
tekshirish orqali aniqlanadi.
Trubalarni va qobiqni korrozion emirilishini oldini olish,
ular ishlayotgan muhit
xossalariga bog‘liq holda, ularni yasash uchun metall tanlash orqali amalga oshiriladi.
Truba va issiqlik almashinish qurilmalarining qopqoqlarini qobiqlarini
korroziyadan dengiz suvi yordamida katodli muhofazalash tajribasi mavjuddir. Bunday
muhofazalash korroziya tezligini 5-6 marta kamaytiradi.
Katodli muhofazaga tegishli
bo‘lgan elementlarning ma’lum mikdorini muhofazalovchi yuzalar o‘lchamlariga
bog‘liq holda qurilma qopqog‘ining ichiga osib qo‘yiladi; emirilish o‘lchamiga qarab,
ta’mirlashda elementlarni muntazam ravishda yangilari bilan almashtirish mumkin.
Vizual
ko‘prik faqatgina qopqoqlar, trubalarning uchlari va ichki kanallari, qobiq va
qopqoqlardagi shtutserlar uchun taalluqlidir. Qurilmaning qolgan qismlari nuqsonlarini
faqatgina bosim bilan tekshirish vaqtidagina aniqlash mumkin.
Taftish va ta’mirlash vaqtida va tarkibini konkret ekspluatatsion sharoitlardan kelib
chiqib aniqlanadi. Muddatdan oldin ta’mirlash zarurati issiqlik almashinishning keskin
yomonlashuvi bilan (texnologik kartaga mos),
shuningdek, issiqlik almashayotgan
muhitlar siljishi bilan bog‘liq birinchi holatda, ichki yoki tashqi truba yuzalarining yoki
unisini ham bunisini ham ifloslanishi ehtimoli bor, ikkinchi holda-bitta yoki bir nechta
trubalarning yorilishi yoki trubalarning truba panjaralari
bilan birikkan joylarda
zichlikning buzilish ehtimoli bor. Trubalar kamchiligi katta bo‘lgani uchun truba
panjaralarining ochiq emirilishi qariyb uchramaydi. Qurilma qobig‘ini
va uning
birikmalari zichligining buzilganligini tomchilar oqayotganligini ko‘rib aniqlash juda
oson. Bunday hollarda qurilmalarni, ular ishlab turgan sistemadan surilma qopqoqlarni
va ventillarni darhol berkitib qo‘yish orqali uzib qo‘yish zarur. Qattiq konstrutsiyalash
issiqlik almashinish qurilmalarini taftishi va ta’mirlash vaqtida o‘tkaziladigan
operatsiyalar ketma-ketligi qariyb bir xildir.
Dostları ilə paylaş: