Ishni bajarish tartibi
Suvning tiniqligi namuna suvi olinadigan joyning o`zida aniqlanadi. Namuna suv olinganidan keyin, 24 soatdan oshmasdan uning loyqaligi aniqlanadi.
Ishni bajarish uchun Snyollen asbobidan foydalanib, “Xoch” usulida suvning sun`iy loyqaligini topish mumkin.
Snyollen asbobi balandligi 30 sm, diametri 2,5-3,0 sm keladigan va balandligi bo`yicha santimetrlarga bo`lib chiqilgan shisha silindrdan iborat bo’lib, uning tubida nuqtalar shakli tushirilgan xoch va suvni to`kish uchun qisqichli o`simta rezina naycha bor.
1.Tekshiriladigan suv yaxshilab chayqatilib, Snyollen silindri to`ldiriladi, bunda quyilgan suvning balandligi silindr ostidagi xochni ko`rinmaydigan darajada bo’lishi kerak.
2. Silindrdagi suv uning tagidagi nuqtalar yaqqol ko`ringunga qadar sekin oqizib tushiriladi.
3. Nuqtalar yaqqol ko`ringan paytda silindrda qolgan suv ustunining santimetrlar hisobida olingan belgisi suvning tiniqligini ko`rsatadi. Shu santimetrlarda o`lchangan qiymatdan foydalanib, suvning loyqaligini mg/l hisobida topsa bo`ladi.
Santimetrlarda ifodalangan suv ustunining balandligi suvning tiniqlik darajasini ifodalaydi. Snyollen silindri ko’rsatgichi bo`yicha, 30 sm dan past bo`lgan ichimlik suvining tiniqligi quyidagicha baholanadi: 20 sm dan 30 sm gacha bo`lganda suv kuchsiz loyqalangan, 10 smdan 20 sm gacha bo`lganda, suv loyqa, 10 sm gacha bo`lganda esa juda loyqa hisoblanadi.
Tajriba ishi bajarilayotganda quyidagi jadval to`ldiriladi. Jadvaldagi natijalardan foydalanib, suv loyiqaligining silindrdagi suv ustunining balandligiga bog’liqlik grafigi M=f(h) chiziladi.
Konsentrasiya, mg/l
Dostları ilə paylaş: |