1.Analitik qism
1.1.Suvning xossalari va ishlatilishiga ko‘ra sinflarga bo‘linishi
Suv tabiatda sodir bo‘ladigan asosiy jarayonlarda, shuningdek, inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoatda suv xomashyo va energiya manbayi, sovituvchi yoki isituvchi, erituvchi, ekstragent, xomashyo va materiallarni tashuvchi vosita sifatida va boshqa qator ehtiyojlar uchun ishlatiladi.
Suv resurslari. Sayyoramizda tabiiy suvning umumiy hajmi 1386 mln. km3 ni tashkil qiladi. Ko‘rsatilgan hajmning 97,5 % dan ko‘prog‘ini dengiz, okean va ko‘l suvlari tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyoj yiliga 3900 mlrd. m3 ni
tashkil etadi. Shu ko‘rsatkichning taxm inan yarmi ishlatilib qaytarilmaydi, qolgan yarmisi esa oqova suvlarga aylanadi.
Tabiiy suv bu hech qanday antropogen ta’sir ishtirokisiz tabiiy jarayonlar natijasida sifa va miqdoriy jihatdan shakllangan suvdir. Suvlar minerallashish darajasiga qarab (g/1 da) chuchuk (tuzlarning umumiy miqdori < 1), sho‘rroq (1... 10), sho‘r (10...50) va
namakob (>50) ga ajratiladi. 0 ‘z navbatida chuchuk suvlar kam mineral aralashmali (200 mg/1 gacha), o'rtacha minerallashgan (200—500 mg/1) va yuqori minerallashgan suvlarga bo‘linadi. Tarkibidagi anionlar miqdori bo‘yicha suvlar gidrokarbonatli,
sulfatli va xloridli bo‘ladi. Tabiiy suvlarning qattiqligi, ularning tarkibida kalsiy va magniy tuzlar borligi bilan belgilanadi. Suvlar tarkibidagi Ca2+, Mg2+ ionlarining konsentratsiyasini mg-ekv/1 larda ifodalanadi. Suvning qattiqligi umumiy, karbonat va nokarbonat turlarga ajratiladi Um um iy qattiqlik karbonat va nokarbonat qattiqliklarning
yig‘indisidan iborat. Karbonat qattiqlik — suvda kalsiy va magniy bikarbonatlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Karbonatsiz qattiqlik esa kalsiy va magniy sulfatlari, xloridlari va nitratlari miqdoriga bog'liq.
Ayrim mamlakatlarda suvlarning qattiqligi turlicha sinflanadi (1-jadval):
1-jadval;
Dostları ilə paylaş: |