Suvning fizik xossalari. Toza suvning zichligi 15°C va 760 atm osfera bosim ida 999 kg/m 3 ga tengdir. Suv tarkibidagi aralashmaning konsentratsiya ortishi bilan uning zichligi ham o‘zgarib boradi. Tuzlarining konsentratsiyasi 35 kg/m3 bo'lgan dengiz suvining o‘rtacha zichligi 0°C da 1028 kg/m3 ga ega. Tuzlarning miqdori 1 kg/m3 ga o‘zgarsa zichlik 0,8 kg/m3 ga o‘zgaradi. Harorat ko‘tarilishi bilan suvning qovushqoqligi ц kamayadi.(2-jadval).
2-jadval;
t, ºC
0
5
10
15
20
25
30
35
μ,mPa·s
1,797
1,523
1,301
1,138
1,007
0,895
0,800
0,723
Suv tarkibidagi tuz miqdori ortishi bilan suvning qovushqoqligi ham oshib boradi. Shuningdek, suvning sirt tarangligi a 18°C da 73 m N/m ni tashkil etsa, harorat 100°C bo‘lganda 52,5 mN/m ga tushadi. Harorat 0°C da issiqlik sig‘imi 4180 J (kg-°C) bo‘lsa, 35°C da eng kam miqdomi ko‘rsatadi. Muzning suyuq holatga o‘tish vaqtidagi
erish issiqligi 330 kJ/kg, bug‘ hosil qilishdagi issiqlik esa atmosfera bosimida va harorat 100°C da 2250 kJ/kg ni tashkil qiladi.
Suvning elektr xossalari.Suv kuchsiz elektr o‘tkazgich hisoblanadi. Uning 18°C da solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 4,41 • 10 х 1/Om-sm ga, dielektrik doimiysi esa 80 ga teng. Suvda eriydigan tuzlarning bo‘lishi uning elektr o'tkazuvchanligini oshiradi. Suvning bu xossasi haroratning o‘zgarishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Suvning optik xossalari.Suvning tiniqligi va loyqaligi uning tarkibidagi muallaq holatdagi mexanik iflosliklar miqdoriga bog'liq. Suvdagi iflos qo‘shimchalar miqdori ko‘p bo'lsa, uning loyqalik darajasi ortadi va tiniqligi kamayadi. Tiniqlik o‘lchanayotgan suvning
ichiga kirib boruvchi nur yo‘lining uzunligi bilan aniqlanadi. Suvdan ultrabinafsha nurlar oson, infraqizil nurlar esa qiyin o‘tadi. Tiniqlik ko‘rsatkichi suvdagi kir aralashmalarning m iqdorini aniqlashda va suvning sifatini baholashda qo‘llaniladi. Sanoatda qo‘llaniladigan suvlar sovituvchi, texnologik va energetik suvlarga bo‘linadi (1,1-rasm).
Sovituvchi suvlar.Suv ko‘pincha issiqlik almashinuvchi qurilmalardagi suyuq va gaz holatidagi mahsulotlarni sovitish uchun ishlatiladi. Sanoatda suv sarfming 65—80%i sovitish uchun ishlatiladi. Yirik kimyoviy korxonalarda sovituvchi suvga ehtiyoj
yiliga 440 mln. in3 ni tashkil etadi.
I. l-raxm. Suvning ishlatilishiga ko‘ra sinflanishi.
Texnologik suv muhit hosil qiluvchi, yuvuvchi va reaksion suvlarga ajratiladi. Muhit hosil qiluvchi suvlar eritish va pulpalar hosil qilish, rudalarni boyitish va qayta ishlash, sanoat mahsulotlari va chiqindilarning gidrotransportida ishlatiladi. Yuvuvchi suvlar gaz holatidagi (absorblash), suyuq (ekstraklash) va qattiq mahsulotlami yuvishda kerak bo‘ladi. Reaksion suvlar reagentlar tarkibida, shuningdek, azeotrop haydash va shunga o‘xshash jarayonlarda qo‘llaniladi. Texnologik suvlar mahsulot va buyumlar bilan bevosita ta’sirlashadi. 3-jadvalda turli maqsadlarda ishlatiladigan suvlarga qo‘yilgan
talablar keltirilgan.
3-jadval:
Ko'rsatkichlar
Kimyoviy
tolalar
ishlab
chiqarish
sanoati
Kimyo
sanoati
Oqlanmagan
selluloza
sanoati
Yuqori
bosimli
qozonlarda
bug‘ ishlab
chiqarish
(5-10 MPa)
Energetik suvlarbug‘ olish, qurilmalar, binolar va mahsulotlarni isitishda ishlatiladi. Texnologik jarayonda ishlatiladigan suvning sifati aylanrha suv tizimlaridagi suvning sifatidan yuqori boiishi kerak. Suvning sifati deganda, uning sanoat korxonasida
ishlatilishi mumkinligini ta ’minlovchi fizik, kimyoviy, biologic va bakteriologik ko‘rsatkichlari yigindisi tushuniladi. Ba’zan tarkibida tuz miqdori 10—15 g/m 3, qattiqligi 0,01 m ol-ekv/m 3 dan yuqori bolm agan va oksidlanishi 2g O2/m ga teng bolgan suv kerak boladi.Korxonalarda toza suv sarfini kamaytirish maqsadida aylanma va yopiq tizimli suv ta’minoti hosil qilinadi. Aylanma suv ta’minotida oqova suvlarni zaruriy tozalash, aylanma suvni sovitish, ishlov berish va takroriy ishlatish ko‘zda tutiladi. Aylanma suv ta’minotini qo‘llash tabiiy suv sarfini 10+15 marta qisqartiradi.
Aylanma suv karbonat qattiqlik, pH, muallaq zarrachalar va biogen elementlar, KBKE (kislorodga bo'lgan kimyoviy ehtiyoj) ko'rsatkichlarining m a’lum miqdorlariga mos kelishi kerak. Aylanma suv asosan, issiqlik-almashtiruvchi qurilmalarda ortiqcha issiqlikni chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. U ko‘p marotaba 40+5°C gacha isitiladi va purkovchi havzalarda sovitiladi. Uning anchagina qismi purkash va bug‘lanish natijasida yo‘qoladi. Issiqlik-almashtiruvchi qurilmalarining buzilishi va nosozligi tufayli u ma’lum me’yorda ifloslanadi.