1.2.1 Oqova suvlarni mexanik usulda tozalash
Oqova suvlarni tozalashning mexanik usulida oqova suv tarkibidagi erimagan mineral va organik aralashmalar ajratib olinadi. Sanoat oqova suvlarini mexanik tozalashda fizik-kimyoviy, kimyoviy, biologik va termik usullardan birini qollab, suvni yuqori
darajada tozalashga erishishga harakat qilinadi.
Mexanik usullar bilan tozalash oqova suvlar tarkibidagi muallaq moddalarni 90+95% gacha ajratib olishda va organic ifloslanish (to iiq KBBE) ko‘rsatkichi bo‘yicha 20—25% gacha kamaytirishni ta’minlaydi.
Oqova suvni tozalashda diametri turlicha kattalikdagi panjaralar yordam ida suzib olish, tindirish, tiniqlashtirish, filtrlash va sentrifugalash kabi jarayonlardan foydalaniladi. Suv tozalash inshootlarining hajmiy kattaligi, ularning turi asosan oqova suvning miqdori, tarkibi va xossalariga, shuningdek, suvga keyingi ishlov berish jarayonlariga bog‘liq bo‘ladi. Oqova suvni to‘liq tindirish uchun to‘rsimon barabanli filtrlar yoki mikrofiltrlar hamda yuqori bosimli filtrlar, penopoliuretanli yoki penoplastli suzib yuruvchi filtrlar ishlatiladi. Bunda oqova suvlarni kimyoviy moddalarni qo‘llamasdan tozalanadi. Oqova suvlarni muallaq zarrachalardan tozalash usulini tanlash jarayon kinetikasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Sanoat oqova suvlaridagi muallaq zarrachalarning o ‘lchami juda katta chegaralarda (zarrachalarning diametri 5+1 O'9 dan 5+1 O'4 m gacha) bo‘lishi mumkin. O‘lchami 10 mkm gacha bo'lgan zarrachalar uchun oxirgi cho‘kish tezligi 10'2 sm /s dan kichik bo‘ladi. Agar zarrachalar yirik bo‘lsa (diametri 30—50 mkm va undan katta), u holda Stoks qonuniga muvofiq ular tindiriladi (ixtiyoriy
cho'kish — gravitatsion kuchlar ta ’sirida) yoki suzib olinadi. Shuni qayd etish lozimki, suv tarkibidagi aralashm alarming konsentratsiyasi ko‘p bo'lsa tindiriladi, konsentratsiyasi kichik bo‘lsa, suzib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |