Iqtisodiy samara = moliyaviy natijalar – xarajatlar
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrigacha samaradorlikni baholashda xarajatlar mezoni keng tarqalgan edi:
Iqtisodiy samaradorlik = moliyaviy natijalar : xarajatlar
Aktsionerlik jamiyatlarining paydo bo’lishi, turli xil mulk shakllarining rivojlanishi, iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayishi, ichki va tashqi investorlarning faollashuvi rentabellikni aniqlashga yangicha yondashuv – investitsiyalar (yoki ularniig alohida elementlari: kapital qo’yilma, kapital) samaradorligini hisoblashni talab qilmoqda.
Sarflangan kapitaldan olinadigan mutlaq iqtisodiy samara (S) sarflangan kapital hisobiga olingan daromad (D) va investitsiya qo’yilmalarining hajmi (Ih) o’rtasidagi bog’liqlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
S = D – Ih
Kapital qo’yilmalardan kelgan daromad miqdori ularning dastlabki hajmidan oshgan vaqt investitsiyalarni qoplash muddati, deb ataladi. Keyingi holatda kapital sarflashdan olingan daromad kapital qo’yilmadan orta boshlaydi. Bu ko’rsatkich iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasidagi kapital sarflash samaradorligining eng zarur ko’rsatkichidir.
Amaliyotda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga qilingan uzoq muddatli investitsiya qo’yilmalari 2-3 yil ichida qoplanadi, uzoq muddatli investitsiya qo’yilmalarini qoplash uchun esa 10-15 va undin ham ko’proq yil talab qilinadi. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi kapital qaytimiga nisbatan investitsiyalardan tushgan foyda bilan belgilanadi.
Iqtisodiy loyiha asosida amalga oshirilgan investitsiyalarning samaradorligi (Is) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
F
Is = --------
Ih
bu erda,
F – investitsiya natijasida olingan foyda.
Ushbu holatda investitsiya samaradorligi bir birlikdan ortiq bo’lishi kerak, shundagina qilingan xarajatlar qoplanadi. Xalqaro amaliyotda investitsiyalarning rentabelligi yillik balans foydasini (F) jami avanslangan kapitalga nisbati bilan aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: |