*Kirish *Asosiy qisim: Boshqaruv hisobi” fanining predmeti va usullari, uning nazariy asoslari


-chizma. Investitsiyalangan kapital daromadliligini



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə38/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#119588
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
XARAJATLARNI TURKUMLASH VA ULARNING HISOBI

5.4-chizma. Investitsiyalangan kapital daromadliligini
Dyupon piramidasi yordamida hisoblash

Investitsiyalash jarayonini amalga oshirish uchun uzoq muddat talab qilinishi sababli mablag’larni investitsiyalash vaqtida pul mablag’larini ularning qaytimi bilan taqqoslash zaruriyati tug’iladi. Bu maqsadda pul mablag’larining kelgusi va haqiqiy qiymati tushunchalaridan foydalanish zarur.


Pul mablag’larining kelgusi qiymati joriy davrda investitsiyalangan mablag’larning summasini ifodalaydi, ular belgilangan foiz stavkasini hisobga olgan holda ma’lum vaqt oralig’ida shu summaga aylanadi.
Pul mablag’larining haqiqiy (hozirgi) qiymati foizning ma’lum stavkasini hisobga olgan kelgusi pul mablag’lari summasini bildiradi. Pul mablag’larining haqiqiy qiymatini aniqlash uchun ular qiymatini muayyan vaqtdagi diskontlashtirish jarayonini ham hisobga olish lozim, chunki u pul mablag’larining kelgusi miqdorda ortib borishiga teskari muomalani ifodalaydi. Bunday holda foiz summasi (diskont) pul mablag’larining yakuniy summasi (kelgusi qiymati) dan ayirib tashlanadi.
Mablag’larni investitsiya qilish va investitsiya foydasini shakllantirish bilan bog’liq moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish paytida pul mablag’lari qiymatini oshira borish (kompaunding) hamda diskontlash jarayonlarini oddiy va murakkab foizlar bo’yicha hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Oddiy foizlar qisqa muddatli investitsiyalashda, murakkab foizlar esa uzoq muddatli investitsiyalashda qo’llaniladi.
Oddiy foizlar deganda mablag’larni investitsiyalash jarayonida shartnomaga asosan kelishilgan to’lovning hisobot davri (oy, chorak va h.k.) yakunida qo’yilmaning dastlabki (haqiqiy) qiymatiga asosan hisob qilinishi tushuniladi.
Oddiy foiz summasi qo’llanilganda qo’yilmani ortib borishi (kompaunding) jarayonida quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Ip = Ko * p * Fp
bu erda,
Ip – investitsiyalashning kelishilgan davri uchun foiz stavkasi;
Ko – qo’yilmaning dastlabki summasi;
p – investitsiyalash davomiyligi (har bir foiz to’lovi amalga oshiriladigan davrlar miqdori bilan ifodalangan);
Fp – o’nli kasr bilan ifoda etilgan, foydalaniladigan foiz stavkasi.
Ushbu holatda qo’yilmaning kelgusi qiymati (Kq) foiz summasini hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin