Kq = Ko + Ip = Ko (1 + n * Fn) 1-misol. Quyida berilgan shartlar orqali bir yil uchun foiz summasini aniqlash zarur. Qo’yilmaning dastlabki summasi 500 000 000 so’m. Har chorakda to’lanadigan foiz stavkasi - 10%. Bu miqdorlarni formulaga qo’yib chiqib foiz summasini aniqlaymiz:
In = 500 000 000 • 4 • 0,1 = 200 000 000 so’m Qavs ichidagi ko’rsatkichlar (1 + n * Fn) oddiy foizlar summasini ortib borishi koeffitsienti deyiladi. Bu koeffitsient doim bir birlikdan katta bo’ladi.
Pul mablag’i qiymatini diskontlash jarayonida oddiy foiz summasini hisob-kitob qilishda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
1 D = Kb – Ko --------------------- 1 + n * Fn 2-misol. Quyidagi shartlar asosida bir yil uchun oddiy foiz bo’yicha diskont summasini aniqlash lozim. Qo’yilmaning yakuniy summasi 800 000 000 so’m miqdorida belgilangan. Har chorakda to’lanadigan diskont stavkasi 10%ni tashkil etadi.
Bu ko’rsatkichlarni diskont summasini hisoblash formulasiga qo’yib chiqsak, quyidagi natijani olamiz:
1 D = 800 000 000 – 800 000 000 --------------------- = 228 571 429 1 + 4 * 0,1 Demak, bir yildan so’ng 800 000 000 so’m olish uchun zarur bo’lgan investitsiya xarajatlarining haqiqiy qiymati quyidagicha bo’lishi lozim:
Ko = 800 000 000 – 228 571 429 = 571 428 571 Murakkab foiz deb, hisoblangan oddiy foiz summasi belgilangan har bir davrdan keyin to’lanmaydigan, balki asosiy quyilma summasiga qo’shilib, keyingi to’lov davrida daromad keltiradigan investitsiya qilish natijasida yuzaga keladigan foyda summasiga aytiladi.
Qo’yilma summasini hisoblashda murakkab foizlar bo’yicha uning ortib borishi quyydagi formula orqali topiladi: