*Kirish *Asosiy qisim: Boshqaruv hisobi” fanining predmeti va usullari, uning nazariy asoslari


Rivojlangan mamlakatlarda biznesni



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə43/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#119588
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
XARAJATLARNI TURKUMLASH VA ULARNING HISOBI

Rivojlangan mamlakatlarda biznesni
markazlashtirilmagan holda boshqarish tajribasi

AQSh iqtisodiyotida biznes tarkibini o’zgartirish amaliyoti XIX asrning 50-60-yillarida korxonalarda markazlashgan boshqaruvdan foyda, investitsiya kabi markazlarning huquq va majburiyatlarini oshirishga o’tilishi bilan boshlandi.


Rivojlangan davlatlar tajribasiga ko’ra, korxonalar o’rtasidagi raqobat kurashining kuchayishi ishlab chiqarishning moslashuvchanligi va samaradorligini oshirish, har qanday ichki va tashqi omillar ta’siriga tayyor turish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Bunday sharoitda yirik korxonalar oldida vertikal integratsiyalashish darajasini haqqoniy baholash, uni pasaytirish imkoniyatlarini izlash, bo’linmalarning xo’jalik mustaqilligini ta’minlash kabi vazifalar yuzaga keladi.
Fapb mamlakatlari tajribasining tasdiqlashicha, biznesni nomarkazlashtirishda korxona rahbariyati bozorni o’rganish, ishlab chiqarishni boshqarish va nazorat qilish, tovar va xizmatlarni sotish to’g’risida etarlicha axborotlar to’plash borasida dastlabki marketing izlanishlarini amalga oshirmasdan iqtisodiy samaradorlikka erishishi qiyin.
Marketing izlanishlari tovar (ish va xizmat)larni bozorda foydali sotish bo’yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda asos vazifasini bajaradi. Mazkur izlanishlar mahsulotlar sifati va bahosiga ta’sir etuvchi omillar hamda ishlab chiqarish va sotish ko’rsatkichlari (sotish hajmi va joyi, mol etkazib beruvchilar, vositachilar va h.k.)ni ifoda etadi.
Biznes tarkibini o’zgartirish bo’yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda quyidagalar marketing faoliyatining asosiy yo’nalishlari hisoblanadi:
– korxonaning istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish;
– joriy biznes faoliyatiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish;
– korxonaning ichki biznes tarkibini tahlil qilish;
– korxonaning faoliyat ko’rsatayotgan tashkiliy tuzilmasining iqtisodiy samaradorligini baholash.
Korxonaning istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilishda uning bozorda muayyan faoliyat turi bo’yicha raqobatlashish darajasi aniqlanadi.
Korxonalar o’z biznes faoliyatini tashkil qilishda mol etkazib beruvchilar to’g’risidagi zarur axborotlarni hisobga olishi zarur. Mol etkazib beruvchilar korxonalar faoliyatiga etkazib beriladigan mahsulotlarni bahosi va sifatining maqbulligini ta’minlash orqali ta’sir ko’rsatadi.
Bu omillarning ta’sir darajasi quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
– etkazib beriladigan o’rinbosap mahsulotlarning yo’qligi;
– mahsulot (tovar)larning korxona uchun ahamiyatliligi;
– mol etkazib beruvchilarning faoliyat doirasi (yirik yoki kichik korxona);
– sotuvchi-mol etkazib beruvchi tizimida xaridorlarning hissasi (agar bu hissa yuqori bo’lmasa, sotuvchi baholarni oshirishi yoki mahsulot sifatini pasaytirishi mumkin).
Biznesni boshqarishga ta’sir etuvchi mijoz va xaridorlarning o’zaro aloqasi omili korxonalarga bozorda mustahkam o’rin egallash uchun distrebyuterlik tizimini ishlab chiqishni talab qiladi. Mijoz va xaridorlarning korxona faoliyatiga ta’siri mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar bahosini pasaytirish va ularning sifatini oshirish bilan bog’liq.
Ushbu omillarning ta’sir darajasi quyidagilar orqali ifodalanadi:
– mijoz va xaridorlarning zarur axborotlar bilan ta’minlanganligi;
– mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning xaridor uchun nafliligi va h.k.
Bozorda o’rinbosar tovarlarning paydo bo’lishi an’anaviy, zamonaviy talablarga javob bermaydigan tovarlarni siqib chiqaradi. Shuningdek, bu holat bozorda raqobat muhitini shakllantiradi va korxona biznesini boshqarishga yangi talablarni qo’yadi, jumladan:
– mahsulot (tovar)larning yangi tipini ishlab chiqarishni taqozo etadi;
– faol marketing tadqiqotlarini olib borish, tovarlar reklamasini samarali yo’lga qo’yish zaruriyatini yuzaga keltiradi;
– mahsulot (tovar)larning bahosini pasaytirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta’minlashni talab qiladi;
– xaridor (mijoz)larga qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish, iste’molchilarni rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Yuqorida ta’kidlangan omillar korxonalarda biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarishni tashkil etish va istiqbolli rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi biznesni samarali amalga oshirishda korporativ boshqaruvni joriy etish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Korporativ boshqaruv tizimida faoliyat ko’rsatuvchi tuzilmalarning shakllanishi yirik va o’rta korxonalarni vujudga kelishi bilan bog’liq iqtisodiyotni kapitalizatsiyalash jarayonining boshlanishidir. Korporativ boshqaruvning asosini korporatsiya, xolding kabi tuzilmalar tashkil etadi.
"Korporatsiya" (lot. corporatio – birlashma) biznesni tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, u umumiy maqsadlarga erishish, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashgan va huquqiy mustaqil sub’ektlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Ko’pchilik hollarda korporatsiyalar aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va menejerlar tomonidan boshqariladi.
Korporativ boshqaruv kontseptsiyasi dastlab Britaniyada XIX-asrda ishlab chiqilgan. Korporativ boshqaruvning o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
– korporativ boshqaruv tuzilmasi ko’p pog’onali bo’lib, nisbatan murakkabligi bilan ajralib turadi;
– boshqaruv jarayoniga (strategiyasi va taktikasi) tegishli mexanizm orqali (aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi, kuzatuv kengashi) ta’sir eta olish imkoni mavjud;
– mulkdorni korxonaga egalik qilishi, biroq uning korxonani joriy boshqarishga bevosita aralasha olmasligi;
– ishlab chiqarishni boshqarish yollanma boshqaruvchilar tomonidan amalga oshirilishi, aktsiyadorlarga esa nazorat qilish funktsiyasi yuklatilishi;
– aktsiyadorlarning soni cheklanmaganligi, bu holat yirik investorlarga korxonani boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi.
Korporativ boshqaruv tuzilmalarining mohiyatini tushunish uchun aktsiyadorlik jamiyatining boshqaruv organi mazmuniga to’xtalib o’tish zarur. Chunki mazkur tuzilmalarning asosini aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etadi.
Aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvining umumiy tashkiliy tuzilmasi 3-ilovada keltirigan.
Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvining oliy organi bo’lib, u kamida bir yilda bir marta chaqiriladi. Bu organ korxona rivojlanish strategiyasining asosiy yo’nalishlarini belgilab beradi, mavjud qonunchilik doirasida korxonani boshqarishning qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Umumiy majlislar oralig’idagi muddat ichida aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qiluvchi va Nizomda nazarda tutilgan vazifalarni bajaruvchi Kuzatuv kengash tuziladi. Kengash a’zolari yillik majlisda aktsiyadorlar safidan saylanadi. Aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvining a’zolari Kuzatuv kengashiga a’zo bo’la olmaydi.
Aktsiyadorlik jamiyatining boshqaruvi (ijro organi) yoki Nizomda ko’rsatilgan boshqa idoralar aktsiyadorlik jamiyatining ijroiya organi hisoblanib, jamiyat faoliyatini tashkil qiladi va uning faoliyati yakunlari bo’yicha yig’ilishga yillik hisobotni taqdim etadi.
Aktsiyadorlik jamiyatining Nizomiga muvofiq tayinlanadigan yoki saylanadigan boshqaruv raisi boshqaruv ishiga rahbarlik qiladi. Boshqaruv raisi ishonch qog’ozisiz jamiyat nomidan faoliyat ko’rsatishga haqlidir.
Aktsiyadorlar safidan saylanuvchi taftish komissiyasi jamiyat boshqaruvining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini nazorat qiladi. Taftish komissiyasining a’zolari jamiyatniig ijroiya organi tarkibiga kira olmaydilar.
Aktsiyadorlik jamiyati har yili kamida bir marta o’zining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini taftish qilishga majburdir.
Jahon tajribasi boshqaruvni tashkil qilishning aktsiyadorlik shakli yuqori samaraga ega ekanligini isbotlaydi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmining asosiy qismi aktsiyadorlik jamiyatlari hissasiga to’g’ri keladi. Masalan, GFRda aktsiyalarning umumiy qiymati quyidagicha taqsimlanadi: fuqarolarda – 20 %, korxona va firmalarla – 40 %, sug’urta tashkilotlarida – 12 %, banklarda – 9 %, davlatda – 6 %, xorijiy mulkdorlarda – 13%. Xodimlar odatda o’z korxonalari aktsiyalarini birja (bozor) kursidan arzon narxda sotib olishadi. AQShda arzonlashtirish 10 foizni, Buyuk Britaniyada 37 foizgachani tashkil qiladi. GFRning "Simens" elektronika firmasi aktsiyalariniig 47 foizi, "Folksvagen" avtomobil kompaniyasining esa 36 foiz aktsiyalari xodimlarga tegishli.
Korporativ tuzilmalarning asosiy turlaridan biri xolding kompaniyasi hisoblanadi. Xolding (angl.) – boshqa kompaniyalar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish maqsadida ular aktsiyalarining nazorat paketiga ega bo’lgan kompaniyadir. Amaliyotda sof va aralash xolding turlari mavjud.
Sof xolding aktsiyalar nazorat paketiga egalik qila turib, boshqa korxonalar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish bilan shug’ullanadi. Aralash xolding muayyan sohada (sanoat, savdo, transport va h.k.) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi.
Xoldingning tarkibiga kiruvchi korxonalar sho’’ba korxona bo’lib, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Aktsiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi deganda korxona ishtirokchilarining umumiy yig’ilishida va uning boshqaruv organlarida muayyan qarorlarning qabul qilinishi yoki rad etilishini ta’minlovchi, korxona kapitalida ishtirok etishning istalgan shakli nazarda tutiladi. Aktsiyalarning nazorat paketlari to’g’risidagi qaror monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilinadi va tartibga solinadi.
Xolding aktivlari quyidagilardan tashkil topadi:
– qimmatli qog’ozlar;
– muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek, xolding mablag’lari hisobidan xarid qilingan aktivlar;
– pul mablag’lari va h.k.
Xoldinglar qisman yoki to’liq xorijiy sarmoya asosida, shuningdek, xorijiy korxonalar aktsiyalari nazorat paketlarini sotib olish yo’li bilan ham tashkil qilinadi.
Xoldingning aktivlari tarkibiga sho’’ba korxonalari aktsiyalarining nazorat paketlari bilan bir qatorda aktsiyalarning teng (paritet) paketlari (ikkita ishtirokchi bo’lganda 50 foiz) va boshqa xo’jalik jamiyatlari kapitalidagi ishtirok paketlari (aktsiyalarning nazoratsiz paketlari) kiritilishi mumkin.
Sho’’ba korxonalar o’z majburiyatlari bo’yicha ularga tegishli mol-mulk, shu jumladan bosh xoldingga tegishli bo’lgan aktsiyalar nazorat paketining qiymati bilan javob berishadi.
Xolding kompaniyalarining tashkil etilishi moddiy, moliyaviy resurslarning integratsiyalashuviga erishish, ularni yirik investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun yo’naltirishga ko’maklashadi.
Xolding korxonalarni alohida faoliyat turlari bo’yicha, amaldagi monopoliyaga qarshi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga asoslangan holda birlashtiradi. Xoldingni tashkil etish bosh kompaniya balansini taqsimlashni har tomonlama asoslangan tartib bo’yicha amalga oshirish, ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish va ularni aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida tasdiqlash kabi bosqichlardan iborat.
Bosh va sho’’ba korxona o’rtasidagi o’zapo munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ta’sis shartnomasida bosh va sho’’ba korxona o’rtasida balansning taqsimlanish tartibi belgilanadi, asosiy va aylanma mablag’lar hajmi, sho’’ba korxonasining aylanma mablag’larini to’ldirishning umumiy asoslari belgilanadi.
Respublikamizda xolding kompaniyalarini shakllantirish ularning afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslashga bevosita bog’liq (5.6-jadval).

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin