Akel. = Ats * dkoef. bu erda,
Akel – ma’lum davr oxirida annuitetning kelgusi qiymati;
Ats – annuitet to’lovi summasi;
dkoef. – annuitet qiymati ortib borishini foizning qabul qilingan stavkasi va davrlarini hisobga olgan maxsus jadval bo’yicha aniqlanadigan koeffitsienti.
Investitsiyalashning qaysi varianti samaraliligini aniqlash uchun quyidagi jadvalni tuzamiz (13.13-jadval).
5.5-jadval Investitsiyalashning turli sharoitlarida qo’yilmaning kelgusi qiymatini hisoblash
Shunga binoan, annuitetning haqiqiy qiymatani aniqlash uchun formula quyidagi ko’rinishni oladi:
Aqs Ahaq = ------------- Adk bu erda,
Ahaq – annuitetning haqiqiy qiymati;
Aqs – annuitetni qoplash summasi;
Adk – qabul qilingan diskont stavkasi va davrlar miqdorini hisobga olib, maxsyc jadvallar bo’yicha aniqlanadigan annuitetni diskontlash koeffitsienti.
Pul mablag’larining haqiqiy qiymatini baholashda inflyatsiya omili ham muhim ahamiyatga ega, u pul mablag’larining sotib olish qobiliyatini pasayishiga sabab bo’ladi.
Investitsiyalash jarayonida pul oqimlarini samarali boshqarish bilan bog’liq, hisob-kitoblarga inflyatsiyaning ta’sirini baholashda pul mablag’larining nominal va haqiqiy qiymatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Pul mablag’larining nominal qiymati pulning sotib olish qobiliyati o’zgarishini hisobga olmay uning hajmini baholashni nazarda tutadi.
Pul mablag’larining haqiqiy qiymati esa ularning kelgusi va hozirgi qiymatini aniq hisoblashda samarali qo’llanilishi mumkin.
Odatda, inflyatsiya ta’sirini baholashda quyidagi asosiy ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin:
1) inflyatsiya sur’ati (Is). Bu ko’rsatkich muayyan davrda (n) baholarning investitsiya hisob-kitoblarida ifoda etilgan o’nlik kasrdagi o’rta darajadagi o’sishni ifodalaydi.
2) inflyatsiya indeksi (Iindek.).
1+Is deb belgilanadigan ko’rib chiqilayotgan davrda (n) inflyatsiyani hisobga olgan holdagi pul mablag’larining qo’shilgan qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Pnom.