*Kirish *Asosiy qisim: Boshqaruv hisobi” fanining predmeti va usullari, uning nazariy asoslari


-jadval Xolding kompaniyalarining afzallik va kamchiliklarini qiyosiy tavsifi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə44/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#119588
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
XARAJATLARNI TURKUMLASH VA ULARNING HISOBI

5.6-jadval
Xolding kompaniyalarining afzallik va kamchiliklarini qiyosiy tavsifi



Afzalliklar

Kamchiliklar

Ishlab chiqarishni kooperatsiyalashuvining rivojlanishi

Turli tadbirlar bilan bog’liq xarajatlarning ko’pligi

Aktsiyalar bozorida faol qatnashish imkoni

Har bir korxonaning alohida taftish qilinishi

Bozordagi raqobatda ustunlikka erishish

Sho’’ba korxonalarining hisobotlarni har yili katta xarajat sarflab e’lon qilishga majburligi

Uzoq muddatli investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi

Monopoliya va raqobatning chegaralanishiga moyillik

Sarmoyadorlar uchun alohida korxonalarga qaraganda imtiyozlarning ko’pligi

Bozorni muayyan segmentlariga egalik qilish investitsiyalardan samarali foydalanishga to’sqinlik qiladi

Sho’’ba korxonalari o’rtasida raqobatni yumshatish

Xolding ichidagi raqobatga barham berilish iqtisodiy turg’unlikka olib kelishi mumkin

Hisob yuritish va moliyaviy hisobotning birlashtirilishi

Oddiy aktsiyadorlar uchun ayrim masalalarni hal etishning murakkabligi

Ishlab chiqarish xarajatlaridagi tejamkorlik

Baho shakllanishining nazorat qilinishi mustaqil korxonalarni bankrotlikka olib kelishi mumkin

Resurslarning mobilligini oshirish

Samarasiz korxonalar faoliyatining qo’llab-quvvatlanishi

Malakali xodimlar

Xolding afzalliklaridan keng foydalanish imkoniyatining etishmasligi

Odatda, xoldinglarning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun mustahkam ichki iqtisodiy aloqalar zarur hisoblanadi. Bunga esa uning barcha bo’linmalarini birlashtirish, tashkil etish va boshqarish orqali erishiladi. Bunday tizimli yondashuvga asoslangan boshqaruvni tashkil etish quyidagilarni o’z ichiga oladi: maqsad va vazifalarni belgilash; ish turlari va hajmini aniqlash maqsadida vazifalarni guruhlarga bo’lish; javobgarlikni taqsimlash va boshqarish ierarxiyasida darajalar sonini aniqlash; korxonani qo’yilgan maqsadga erishishi uchun xodimlarni rag’batlantiradigan muhitni shakllantirish; boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni ta’minlovchi kommunikatsiya tizimini loyihalash.


Mazkur boshqaruvni tashkil etishning muhim elementi bu uning tuzilmasidir. Korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasiga ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy omillar ta’sir ko’rsatadi. Boshqaruvni har xil darajalaridagi vakolatlarni taqsimlash boshqaruv jarayonining samaradorligiga sezilarli darajada ta’sir etadi.
Korporatsiya faoliyatining tashkiliy jihatlari uning maqsadi va strategiyasi bilan aniqlanadi.
Maqsad bu – korporatsiyaning kelajakdagi holatidir. Maqsad aniqlangandan so’ng uning strategiyasi ishlab chiqiladi. Korporatsiya o’z strategiyasini ishlab chiqishda moslashuvchan bo’lishi lozim. Bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning zamonaviy talablarga javob bermay qolishi, texnologiyalarni yangilash zaruratining yuzaga kelishi hollarida korxona mahsulot nomenklaturasini takomillashtirish orqali bozordagi o’zgarishlarga tezda moslashishi zarur.
Jahon tajribasida korporatsiyani boshqarishda asosan 4 daraja farqlanadi.
Birinchi darajada korporatsiyani boshqarishning umumiy siyosati ishlab chiqiladi. Ikkinchisida esa boshqarish va uni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi. Uchinchi darajada xizmat ko’rsatish va maslahatlar berish bo’linmalari tuziladi.
Korporatsiyani boshqarishning to’rtinchi darajasi boshqaruv jarayonini amalga oshirishga mo’ljallangan.
AQSh korporatsiyalarida umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi direktorlar kengashi ichki va tashqi a’zolardan iborat.
Ichki direktorlarga qat’iy belgilangan ma’muriy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchilar kiradi. Ularni, odatda, "boshqaruvchi direktorlar" yoki boshqaruv tizimiga mansubligi sababli, "top-menejerlar" deb ham atashadi.
Tashqi direktorlar — bu aktsiyalarning asosiy egalari bo’lgan boshqa yirik firmalar, moliyaviy muassasalarning vakillaridir.
Agar ichki direktorlar muayyan miqdorda maosh olishsa, tashqi direktorlar faqatgina kengashning har bir majlisi uchun mukofot olishadi.
Boshqaruv kengashi tarkibida tashqi direktorlar sonini belgilash va ko’paytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat korxona rahbariyati tomonidan uning faoliyatini baholashga haqqoniy yondashish imkonini beradi. Shu sababli, Nyu-York fond birjasida kotirovkaga kengash tarkibida kamida uchta, taftish komissiyasida esa kamida beshta tashqi direktorga ega bo’lgan korxonalarning aktsiyalariga ruxsat etiladi.
Rivojlangan mamlakatlar korxonalari kuzatuv kengashlari tarkibida tafovutlar mavjud. Bu ularning vazifalaridagi farqlarga emas, balki aktsiyadorlarning tarkibi va sonidagi farqlarga hamda tarixiy sabablarga bog’liq.
Masalan, AQSh tarixida kuzatuv kengashining tashqi a’zolari bir vaqtning o’zida boshqa korxonalarning boshqaruvchilari bo’lishgan edi. Mazkur holat hozirgi kunda ham tez-tez uchrab turadi.
AQShda yuqori texnologiyali korxonalarda kuzatuv kengashining tashqi a’zolari ilmiy muassasalarning xodimlari ham bo’lishi mumkin. Yirik korxonalarda ular turli "jamiyatlar"ning a’zolari hisoblanishadi. Ammo kuzatuv kengashi a’zolarining uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha korxona boshqaruvining a’zolaridan iborat bo’lishi talab qilinadi.
O’z tarkibida sanoat tuzilmalarini birlashtiruvchi tashqi a’zolarga ega bo’lgan kuzatuv kengashlarining ustunlik tomonlari shundan iboratki, ular orqali korxona boshqaruvini baholashni sanoat sohasida etarlicha ish tajribasiga ega bo’lmagan kengash a’zosiga qaraganda muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Kengashning tashqi a’zolari, shuningdek, boshqaruvni kelgusi rivojlantirish borasida ham maslahatlar berishlari mumkin.
Britaniyada korxona kuzatuv kengashlarining tarkibi ko’p jihatdan AQSh korxonalari amaliyoti bilan o’xshash, lekin Britaniyada kuzatuv kengashi raisi kengashning mustaqil a’zosi hisoblanadi. Ikkinchidan, kuzatuv kengashida korxona boshqaruvining ko’p a’zolari ishtirok etishadi.
Germaniya korxonalarida esa amaldagi qonunchilikka muvofiq, kuzatuv kengashi tarkibida korxona boshqaruvining vakillari qatnashmaydi. Bunda faqat aktsiyadorlar va korxona xodimlari kengashning a’zolari hisoblanadilar.
Shuningdek, Germaniyada banklar yirik kompaniyalarning aktsiya paketlariga egalik qiladi va kuzatuv kengashi tarkibiga kiradi. AQShda banklar uchun kompaniyaning aktsiyadori bo’lish taqiqlangan.
Germaniyaning yirik kompaniyalarida 1949 yildan boshlab kengashlarning deyarli 50 foizi kompaniyalar xodimlaridan tashkil etiladigan bo’ldi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, xolding kompaniyalarida biznesni qayta tarkiblashni amalga oshirishning istiqbolli yo’nalishlaridan biri xolding tarkibiga bank va boshqa moliya tuzilmalarini kiritgan holda uni moliya-sanoat guruhiga aylantirishdir.
Moliya-sanoat guruhlari (MSG) moliyaviy, ishlab chiqarish va tovar kapitalini qayta ishlab chiqarish, jamg’arish va uni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirishni ta’minlovchi davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Ularni tuzish asoslarini "Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, Moliya-sanoat guruhlari to’g’risidagi Nizom, shuningdek, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari tashkil etadi.
MSGda ishtirok etish korxonalarga quyidagi afzalliklarni beradi:
– istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun investitsiyalarni birlashtirish;
– ilmiy-tekshirish ishlarini olib borish, yangi texnologiyalarni yaratish maqsadida ilmiy-tadqiqot bo’linmalarini saqlab turish uchun zarur resurslarni to’plash;
– investitsiyalarni kam rentabelli tarmoqlardan foydali tarmoqlarga o’tkazish imkoniyati;
– investitsiyalarni amalga oshirish uchun kredit resurslari bilan ta’minlash;
– bozorni tadqiq qilish, mahsulot va xizmatlarni sotishni yaxshilash uchun yagona marketing xizmatini tashkil etish;
– yagona ta’minot xizmatini barpo etish va guruhning barcha korxonalari uchun ulgurji xarid qilish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini yaratish va h.k.
Banklar uchun MSGda ishtirok etishning jozibadorligi ishlab chiqarish faoliyatida bevosita ishtirok etish, o’z navbatida foyda olishning yangi manbalariga ega bo’lish, bank faoliyatini kengaytirish va tabaqalashdan iborat.
Kelgusida MSGga kirishdan pensiya jamg’armalari, investitsiya va sug’urta kompaniyalari ham manfaatdordir. Bunda zahiralarni yuqori daromadli aktivlarga investitsiya qilish bilan shug’ullanuvchi nodavlat pensiya jamg’armalari uchun pensiya miqdorini oshirish maqsadi qo’yiladi.
Investitsiya kompaniyalari omonatchilar jamg’armalarini jalb etgan holda olingan pul mablag’larini guruhning qimmatli qog’ozlariga investitsiya qiladi. MSGga kiruvchi korxonalarning korporativ qimmatli qog’ozlarini oldindan taxminlash mumkin. Shuning uchun guruhning qisqa va uzoq muddatli investitsion loyihalarida ishtirok etish xatari investitsiya kompaniyasi uchun ancha pasayadi.
HULOSA
Bitiruv malakaviy ishini bajarish mobaynida men diplom mavzusi asosida tayyorladim. Men diplom ishi rahbarim boshchiligida ko’pgina bilim va ko’nikmalarini egallashga muvaffaq bo’ldim. Men bitiruv ishini bajarish jarayonida diplom oldi amaliyoti davomida berilgan topshiriqqa binoan muayyan ishlarni amalga oshirdim. Men amaliyot o’tish jarayonida, diplom ishining mavzusiga asosan, berilgan xisob-kitob ishlarini, bo’limlar bo’yicha belgilangan asosiy ishlarning mazmuni bilan mukammal ravishda tanishib bordim. Amaliyot jarayonida men turli yo’nalishdagi loyihalarni bajarish jarayonida ham ishtirok etdim. Bo’limlar bo’yicha ma’lumotlarning to’liq va mukammal ravishda to’planishi diplom ishimni bajarishni osonlashtirdi. Diplom ishi mavzusi bo’yicha ma’lumotlar va materiallar yig’ish davomida, quyidagi ishlarni o’rganishga alohida ahamiyat berdim:
tashkilotning buxgalteriya xujjatlar tarkibi, smeta xujjatlari va shunga o’xshash bir qator xujjatlar mazmuni bilan tanishdim;

  • Xo‘jalik faoliyati.

  • Xo'jalik aktivlari.

  • Xo'jalik aktivlarining manbalari.

Xo'jalik faoliyatining natijalari kabi talablarini o’rgandim;
- Buxgalteriya balansi.
Buxgalteriya hisobi schotlari.
Buxgalteriya hisobi schotlariga ikki yoqlama yozuv.
Baholash.
Kalkulatsiya.
Hujjatlashtirish.
Inventarizatsiya;
Shuningdek, diplom oldi amaliyotini va loyiha ishini bajarish davomida quyidagi bosqichdagi ishlarni amalga oshirdim:
-Tushuntiruv yozuvi qismini BMIning tegishli bo’limlari asosida rasmiylashtirdim;
-amaliyot davrida kundaligimga amaliyot dasturida ko’zda tutilgan barcha mustaqil ishlarning bajarilishini qayd qilib bordim;
-diplom oldi amaliyoti davomida bajarilgan barcha ishlari va mustaqil ishlar bo’yicha xisobot tayyorladim va uni amaliyot rahbarimga topshirdim;
-ushbu diplom oldi amaliyot davomida men mamlakatimizning buxgalteriya xisobi soxasidagi mavjud adabiyotlar, kataloglar, samarali foydalanishga xarakat qildim;
Men kelgusida “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi bo’yicha tehnikumda olgan nazariy va amaliy bilimlarim asosida mamlakatimizda zamonaviy buxgalteriya xisobini rivojlantirishga o’zimning munosib hissamni qo’shaman degan umiddaman.
Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin