Soliq solinadigan baza va unga tuzatish kiritish Aktsiz solig’ining stavkalari mutlaq summada (qat‘iy) belgilangan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aktsiz to’lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Aktsiz solig’ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, agar Soliq kodeksining 232-moddasiuchinchi va to’rtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, realizatsiya qilingan aktsiz to’lanadigan tovarlarning aktsiz solig’i hamda qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, shuningdek tovarlar tannarxidan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda soliq to’lovchi tovarlarni topshirish paytida uning haqiqiy tannarxidan kam bo’lmagan darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat soliq solinadigan bazadir.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aktsiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini o’z ichiga oladi.
Aktsiz solig’ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import qilinayotgan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi.
Soliq solinadigan bazaga quyidagi hollarda soliq to’lovchida tuzatish kiritiladi:
- tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda;
- bitim shartlari o’zgartirilganda;
- baholar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda.Soliq solinadigan bazaga Soliq Kodeksining 233-moddasibirinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishni kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar bo’yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish Soliq Kodeksining
233-moddasibirinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq yangi hisobvaraq-faktura yoki Soliq Kodeksining 233-moddasibirinchi qismida ko’rsatilgan hol yuz berganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Aktsiz solig’ini hisoblash tartibi.
Alkogolli mahsulotlar bo’yicha mahsulot birligiga (1 litr) aktsiz solig’i summasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
(M x A) / 100%,bunda:
M - tayyor alkogolli mahsulotning quvvati (%) (spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qat‘i nazar)A - aktsiz solig’i stavkasi, mahsulot birligiga so’mda.
Boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo’yicha aktsiz solig’i summasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
(O x A) / 100,
bunda:
O - o’z ichiga aktsiz solig’ini olgan shartnomaviy (erkin) narx, QQSsiz;.A - aktsiz solig’i stavkasi.
Aktsiz solig’idan chegirma.
Soliq Kodeksining 236-moddasigamuvofiq hisoblab chiqarilgan aktsiz solig’ining summasi Soliq Kodeksining 237-moddasidabelgilangan chegirma summasiga kamaytiriladi.Aktsiz to’lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aktsiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi hududida to’langan aktsiz solig’i summasi chegirib tashlanadi.
Aktsiz to’lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo) bo’yicha aktsiz solig’i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko’rsatishlari kerak. Olinayotgan aktsiz to’lanadigan tovar (xom ashyo) bo’yicha aktsiz solig’i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib ko’rsatilmagan bo’lsa, aktsiz solig’ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.
Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aktsiz to’lanadigan tovarlar hajmiga to’g’ri keladigan aktsiz to’lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aktsiz solig’ining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko’rsatilgan summasiga nisbatan amalga oshiriladi.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan aktsiz to’lanadigan tovarlar topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aktsiz to’lanadigan xom ashyo va materiallarning mulkdori aktsiz solig’i to’laganligini tasdiqlashi sharti bilan qo’llaniladi.
5. Hisob-kitobni taqdim etish va soliqni to’lash tartibi.
Aktsiz solig’ining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
- aktsiz solig’i to’lovchilar bo’lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
- mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan - har oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.