Kirish I bob. Etnografiya haqida umumiy tushuncha va yevropa miqyosida o`rganilish tarixi



Yüklə 259,92 Kb.
səhifə2/10
tarix05.07.2023
ölçüsü259,92 Kb.
#135705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yevropa xalqlari etnografiyasi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR................................................................
Ilovalar......................................................................................................................

KIRISH
Jahonda eng qadimgi yozuvlar sirasiga kiruvchi ierogliflar, shumer va eroniy mixxatlari hamda qoyatosh bitiklarining guvohlik berishicha, qadimgi Misr, Mesopotamiya va Eron aholisi qo‘shni va uzoq xalqlar hamda elatlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotga bo‘lgan. Ushbu ma'lumotlar faqat yozma manbalardagina emas, balki xalq og‘zaki ijodida ham turli rivoyat, hikoya va afsonalar ko‘rinishida aks etgan “Bugungi notinch zamonda yoshlarni ilm-ma’rifat asosida tarbiyalash, ularni begona va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishda islom sivilizatsiyasining noyob ma’naviy merosi va qadriyatlari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi”1. diiy adabiyot bilan hamkorlikda o‘rganiladi. Mazkur fanlaming o‘zaro bog6liqligi tufayli keyingi yillarda qo‘shaloq ilmiy sohalar ham vujudga keldi. Masalan, etnogenez va etnik tarix muammolarini o‘rganishda etnik antropologiya, paleoetnografiya va etnolingvistika kabi sohalar samarali ish olib bormoqda. Hozirgi davrdagi etnik jarayonlami teran va keng miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda o‘tkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar yaxshi samara bermoqda. Natijada, etnosotsiologiya va etnopsixologiya singari yangi ilmiy sohalaming vujudga kelganligi muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bundan tashqari, tabiiy-geografik sharoitga qarab madaniylashmagan o‘simliklami yetishtirish va yowoyi hayvonlami xonakilashtirish hamda urchitish kabi o‘ziga xos turmush xususiyatlariga ega bo‘lgan elatlaming xo‘jalik xususiyatlarini o‘rganishda etnografiya bilan hamkorlikda etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi fan sohalari vakil lari ham ish olib bormoqda. Xalqlami o‘rganishda etnografiya fani nihoyatda keng va xilmaxil manbalar hamda usullaridan foydalanadi. Etnoslarning ko‘p qirrali va rang-barang hayotini o‘rganishda ulaming kundalik turmush tarzini bevosita kuzatish asosida har hududning o‘zidan to‘plangan materiallar asosiy hamda eng manba hisoblanadi. Bir joyda uzoq vaqt mobaynida yashash va kuzatish yo‘li bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar - L. G. Morgan, N. N. Mikluxo-Maklay va V. G. Bogorazlar alohida qayd etgan. Bunday tadqiqotlar usuli statsionar tadqiqot deb ataladi. Lekin, afsuski, hozirgi sharoitda mazkur usuldan kam foydalanilmoqda. Qisqa muddat davomida va ayrim mavsumlarda o‘tkaziladigan tadqiqotlar ekspeditsiyaga xos usul bo‘lib, mavsumiy usul deb ataladi. Dala-etnografik tadqiqotlarda asosan, axborotchilardan suhbat yo‘li bilan yozma yoki diktafon orqali ma'lumotlar to‘plash, muayyan maishiy-madaniy turmush hodisalari, oila-nikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va o‘yinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok etish hamda ulami jiddiy o‘rganish (yozish, chizish va rasmga olish) kabi usullar qo‘llaniladi.

Yüklə 259,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin