3.2. JAHONNING ETNIK QIYOFASI Beshinchi qit'a hisoblanadigan Avstraliya Tinch okeanining janubida joylashgan o'ziga xos o'lkadir. Uning iqlimi ham, etnik tuzilishi ham yer kurrasining boshqa qismidan ancha farq qiladi. To'rt tomoni bepoyon okean suvlari bilan yuvilib turgan Avstraliya qit 'asi 7,7 mIn. kvadrat kilometr hududga ega bo'lib, taxminan AQSH hududiga teng keladi. Qit'aning beshdan ikki qismi tropik iqlimli, qolgani subtropik va mo'tadil issiq iqlimlidir. Ichki Avstraliya nihoyatda qurg'oq, yog'ingarchilik kam, iqlimi o'zgaruvchan, dashtu biyobondan iborat. Uncha katta bo'lmagan daryolar uning sharqida mavjud, xolos. Pastqam tog' tizmalari, asosan, janubi-sharqiy qismida joylashgan. Bir necha yuz katta-kichik ko'lIar mavjud bo'lib, ular yozgi jaziramada qurib sho'rxokka aylanadi. Ammo o'lka yer osti suvlariga boy. Mahalliy aholi undan qadim zamonlardan beri foydalanib kelgan. Hozir ham bu qit'ada artezian quduqlaridan keng istifoda etiladi. Avstraliyaning o'simlik va hayvonot dunyosi ham iqlimi singari xilma-xil. U yerdagi o'simliklarning aksariyati (85 foizi) faqat o'ziga xos bo'lib, boshqa biron yerda uchramaydi. Ayniqsa,janubi-sharqida balandligi yuz metrgacha yetadigan evkalipt daraxtlari (150 turdan ortiq) qit'aga go'zal manzara kasb etib turadi. Abadiy yashil daraxtlar: palm a, fikus va chirmovuq kabi o'simliklarga boy tropik o'rmonlar qit'aning shimol va shimoli-sharqiy qismida joylashgan. O'lkaning g'arbiy va ichki qismiga kirib borgan sari barcha o'simlik dunyosi nihoyatda qashshoqlashgandek ko'rinadi. Avstraliyaning hayvonot dunyosi ham o'zining qadimiyligi va ekzotikasi bilan kishini hayratda qoldiradi. Bu yerda yuqori sutemizuvchilar mutlaqo bo'lmagan, ammo xaltali hayvonlarning yuzdan ortiq turi mavjud. Tuban sutemizuvchilarning mashhur vakili katta kenguru tug'ilgan bolasini qorin terisidagi maxsus xaltasida voyaga yetkazadi. Qit'ada kenguruning boshqa turlaridan daraxtga _ tirmashadigan koala (xaltali ayiq), vombata va hokazo turlari ham yashaydi. Sudraluvchilardan ilon, kaltakesak, shimoldagi daryoIarda timsoh va boshqa ko'pgina shu kabijonivorlar uchraydi. QushIardan: yirik avstraIiya strausi -emu, turli xiI to'tiqushlar, «ora oqqushIar, sayroqi qushIar va umuman mingga yaqin turdagi qushlar AvstraIiya tabiatining o'ziga xos fayzidir. Shunisi qiziqki, Avstraliya flora va faunasidagi turlarning ko'p qismini mahalliy tub ahoIi iste'moI qilib kelgan. UIar faqat yirik hayvonIarnigina emas, balki mayda jonivorlarni (ilon, kaltakesak, chuvalchang kabi hasharotlar va hk.) hamda turli ekin iIdizlarini yig'ib-terib iste'moI qiIganlar. Avstraliyada inson hayoti uchun xavfli yirtqich hayvonlar yo'q, zaharli iIon va timsohIar esa juda kam. Faqat yovvoyi it (dingo) uy hayvoni sifatida qo'lga o'rgatilgan. Qit'adajuda ko'p qaziIma boylikIar mavjud bo'Iib, undan tub aholi foydaIana oImagan. Hozirgi Avstraliya millati qurama, turIi eIatlardan tashkil topgan. Qit'ada 15,7 mIn.dan ortiq (1985-y.) aholi yashaydi, ammo unihoyat notekis joylashgan. Aholining asosiy qismi Avstraliyaning sharqiy vajanubi-sharqiy qismlarida, sug'oriladigan qulay iqlimli va o'simlik dunyosiga boy bo'lgan janubi-g'arbiy hududlarda yashaydi. Avstraliya aholisining ko'pchiligi yevropalik, ayniqsa, Angliya va IrIandiyadan (78 foizi) kelganIarning avlodlari ko'pchilikni tashkil qiladi. Tub aholisi (aborigenIar) suvsiz cho'I va sahrolarda kun kechirmoqda. Ularning soni 103 mingga yaqindir (metislar bilan qo'shib hisobIaganda 140 mingdan ortadi). Umuman olganda, Avstraliya va Okeaniyada keyingi ma'lumotlarga qaraganda 25 mln.dan ortiq aholi mavjud. Shu jumladan, Yangi Zelandiyada 3,2 mIn. aholi yashaydi. Okeaniyada joylashgan minglab orollar janubga yaqinlashgan sari yiriklashib va ancha quyuqlashib boradi. A vstraliyaning sharqida va shimoli-sharqida, aksincha, juda mayda orollar Tinch okeani bag'riga kirgan sayin kamayib boradi. Eng yirik orollar: Yangi Gvineya, Yangi Zellandiya, Yangi Kaledoniyadir. Mayda orollar esa asosan, vulqonlardan vamarjonlardanpaydo bo'lgan va ularning qit'aga hech aloqasi yo'q. Okeaniyaning barcha orollari deyarli tropik oralig'ida joylashgan bo'lib, iqlim ekvatorial, tabiati abadiy yashil tropik o'simliklar bilan qoplangan, hayvonot dunyosi g'arbga tomon boyroq, sharqda esa ancha kam. Okeaniya asosan, uch qismga bo'lingan: janubi-g'arbiy qismdagi «qora orollar» deb nom olgan Melaneziya; uning sharqiy va shimoli-g'arbidagi bepoyon Tinch okeanida tarqoqjoylashgan Polineziya (tarjimasi «ko'psonli orollam); Osiyo sohillariga yaqin mayda orollardan iborat Mikroneziyadir. Agar tub aholisining sharoiti va madaniy saviyasi sotsial-iqtisodiy jihatdan umumiy xarakterga ega bo'lsa, Okeaniya xalqlari nisbatan yuqori darajada va nihoyatda rang-barang shaklda rivojlangan. Tillarningjoylashuvi antropologik turlarga to'g'ri kelmaydi. Ularning xo'jalik tiplariga qarab madaniy yoki sotsial rivojlanish darajasini aniqlash qiyin. Chunki, Osiyo yoki Yevropadagi ishlab chiqarish qurollari, moddiy buyumlar bu yerga mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Masalan, tub melaneziyaliklar o'q-yoyni, temirchilikni yoki kulolchilikni bilmaganlar, ammo o'ziga xos yuksak madaniyat yaratganlar. Aytaylik, ijtimoiy munosabatlarda melaneziyaliklarda savdo-sotiq rivoj topgan bo'lsa ham, natural xo'jalikka ega bo'lgan polineziyaliklar ularga nisbatan ancha yuqori madaniyatga ega bo'lganlar. Umuman, beshinchi qit'ani o'rganish insoniyat tarixining ilk davrlari - ibtidoiy jamiyatdan sinfiy jamiyatning ilk shakllarigacha, dastlabki davlat va qabilaviy birliklargacha aniqlab olish imkonini yaratib bergan edi. Dunyodagi eng kichik qit'a yoki eng katta orol hisoblangan Avstraliya eng qadimiy geologik davrlarda qurg'oqlikdan ajralib qolib XIX asrgacha jonli qadimiy muzey shaklida saqlangan. Uning flora va ayniqsa, faunasining arxaikligi va o'ziga xosligi doimo tadqiqotchilarni hozirgacha hayajonga soladi. Avstraliyada yuksak sutemizuvchilarning yo'qligi, tub an sutemizuvchilar (xaltali hayvonlar)ning ko'pchiligi bu yerda ibtidoiy dunyo qayta jonlanganday taassurot tug'diradi. Mazkur tabiiy sharoit mahalliy tub aholining maishiy turmushi va madaniyatida ham o'z aksini topganligini alohida qayd qilish lozim. Bepoyon Tinch okeani orollarida yashovchi minglab katta-kichik turli etnoslar kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida kashf etilgan ajoyib ishlab chiqarish usullari, xo'jalik shakllari, murakkab geografik muhitga moslashgan har xiI kasblar, ovchilik mahorati, atrofdagi vahshiy tabiatda yashab va cheksiz dengizlarda yo'l topib uzoqlarga sayohat qilish, qurg'oq sahrodan suv topa bilish kabi juda ko'p yangiliklarni kashf etib, jahon madaniyatiga o'ziga yarasha hissa qo'shganlar. Endi mana shu insoniyat beshigida paydo bo'lgan va bizning davrimizgacha kishilik jamiyatining bolaligidagi turmush tarzi belgilarini saqlab kelgan etnoslar bilan tanishamiz. Yevropa mustamlakasi arafasida (XVIII-XIX asrlar) Avstraliya va Okeaniya xalqlari o'zlarining xo'jalik faoliyati va ijtimoiy tuzumida, tili va irqiy tuzilishida qadimiy ibtidoiy shakllarni shunchalik chuqur saqlab qolganlar, boshqa qit'alarda ularga o'xshash belgilar deyarli uchramaydi. Ayniqsa, bu xususiyat mahalliy tillarda yorqin namoyon bo'lgan. Albatta, boshqa yerlardagi kabi qit'ada ham uzoq tarixiy davr mobaynida taraqqiyot ro'y berib. eng ibtidoiy davrlardagi ijtimoiy va madaniy shakllarda muayyan o'zgarishlar bo'lib turgan. Istilolar natijasida bu yerda yashovchi tub joy aholining moddiy va ma'naviy hayotida, ijtimoiy-maishiy va madaniy turmushida jiddiy o'zgarishlar ro'y bera boshlagan, xususan, o'ziga xos ko'pgina etnik xususiyatlar yo'qolib borgan, ayrim elatlar (masalan, tasmaniyaliklar) esa butunlay qirilib ketishgacha yetib borgan. Shuning uchun ham ayrim etnoslarning kelib chiqishi va etnografik ta'rifini o'rganish imkoniyati ancha murakkablashgan. Mustamlakachilar kelgunga qadar avstraliyaliklar butun qit'a bo'ylab tarqoq holda ko'chib yurganlar. Ulaming soni taxminan 250-300 ming bo'lib, 500 ga yaqin urug'-qabilalarga birikkan. Uzoq vaqt davomida boshqa dunyo bilan aloqada bo'lmaganliklari tufayli avstraliyaliklarning tillari, yuqorida qayd qilinganidek, hech bir boshqa tillarga o'xshamaydi va yaqinligi ham yo'q. Har bir qabila o'z tili yoki shevasiga ega bo'lib, irqiy va madaniy jihatdan o'xshashlik mavjud bo'lsa-da, bir-birlarining tillarini tushunolmaganlar. Ba'zi tillar bir necha slb.evalardan iborat bo'lib, maxsus turkumni hosil qilgan. Tub anoli tillarini lingvist A. Kepella olti yirik turkumga bo'ladi. I) Janubi-sharqiy Avstraliya tillari; 2) Yangi janubiy Uels tili; 3) Shimoliy va Markaziy K vinsland tili; 4) Markaziy va Janubi-g'arbiy Avstraliya tili; 5) Arixemlend tili; 6) Shimoliy va shimoli-g'arbiy hududdagijuda ko'p boshqa tillar. Barcha tillar o'z tuzilishi, aniqligi va so'z boyligi bilan alohida xususiyatga ega. A. Kepellaning bu ktassifikatsiyasi hali takomillashmagan va ko'pchilik olimlar tomonidan qabul qilinmagan. Pater V. Shmidt Avstraliya tillarini o'zaro bir-biriga yaqin bo'lgan ikki - janubiy va shimoliy guruhlarga bo'ladi. Aytganimizdek, har bir qabila o'z tili va shevasiga ega bo'lgan. Avstraliya tillarining umumiy soni ham qabilalar singari 500 dan ortiq. Ular tillarning aniq tuzilishi va ravshanligi, grammatik turlarning boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, aranda tilida 10 mingdan ortiq so'z mavjud. Avstraliyaliklarda og'zaki so'zlardan tashqa.ri qo'lni har maqomda qimirlatish yo'li bilan ifodalovchi imo-ishora tili ham mavjud bo'lgan21. Shu bois ham ular uzoqdan, ovoz yetmaydigan masofada bir-birlari biJan qo'l harakati, imoishora orqali o'z fikrlarini bayon qila olganlar. Ayrim tadqiqotchilarning hisobiga qaraganda, aronda qabilasi 450 dan ortiq imo-belgilarini o'zlashtirib ular orqali ayrim buyumlardan tashqari, hatto kishi harakati, ijtimoiy atamalar, to'liq gaplarni ham ifodalay bilganlar. Ba'zi bir fikrlar esa juda uzoqdan qo'l bilangina emas, balki kaIla va bad an harakati bilan ham yetkazilgan. Avstraliyaliklarda yana «signallar tili» ham mavjud bo'lib, narsalarni aniq belgilar yordamida ifodalaganlar. Misol uchun, o'z joylarini tashlab ketayotganlarida oyoqlari bilan qumga chiziq chizganlar va chiziqning uchiga xivich tiqib qo'yganlar. Chiziqning Yo’nalishi va uning uzunligi shu guruhning qaysi tomonga va qancha masofaga ketganligini bildirgan. Bu beIgi o'z guruhlarining kechikib qolgan a'zolari va mehmonlar uchun ha m qilingan. Shuningdek. xavf yoki motam signallari keng tarqalgan. Yaqin davrlargacha avstraliyaliklar va qirilib ketgan tasmaniyaliklar daydi ovchilik va terib-ternnachilik bilan shug'ullanib kelganlar. Ularning xo'jaliklari asosan, «o'zlashtirish» xarakteriga ega bo'lib, tabiat mahsulotlarini ishlab chiqarmasdan tayyor holicha terib-termachlab, ovlab iste'mol qilganlar. Ular na dehqonchilik, na chorvachilikni bilganlar. Ovchilik asosiy tirikchilik manbai va sevimli mashg'ulot hisoblangan. Avstraliyaliklar bolalarini yoshlikdan ov qilish, qurol ishlatish, hayvon izlarini aniqlash va g'ov tiklash kabi sirlarni bilishga o'rgatganlar. Hayvonot dunyosi nisbatan karnbag'al bo'lgan Avstraliyada tub aholi nekijonzot bo'lsa, hammasini ov qilib, iste'mol qilgan. Ayniqsa, kenguru va tuyaqushlarni ov qilishda zo'r mahorat ko'rsatganlar. Ular hayvonlarning izlarini tez topa bilganlar, uzoq masofagacha sabr-toqat va matonat bilan ovning payiga tushganlar. Ba'zan kenguruni yarim yovvoyi it (dingo) yordamida quvib yoki ko'pchilik bo'lib o'rab olib nayza bilan ovlaganlar. Chunonchi, otdek tez yuguradigan emu tuyaqushini ovlash ham katta mahorat va san'at talab qilgan22.