Kirish I bob. Etnografiya haqida umumiy tushuncha va yevropa miqyosida o`rganilish tarixi



Yüklə 259,92 Kb.
səhifə3/10
tarix05.07.2023
ölçüsü259,92 Kb.
#135705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yevropa xalqlari etnografiyasi

Kurs ishining maqsadi:Jahon xalqlari etnologiya jarayonlari klassifikatsiya bilan jarayonlarni etnografik tahlil qilish.
Kurs ishining obyekti va predmeti: Jahon xalqlari etnologiya kurs ishining obyektini tashkil qiladi
Kurs ishining vazifalari:

  • Jahonxalqlarietnologiyatahlil qilish va umumlashtirish.

  • Jahon xalqlari etnologiya tarixini o’rganish.

  • Jahon xalqlari etnologiyasini o’rnini o‘rganish .

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat .

I.bob
1.1. Etnografiya tushunchasi va uning fanga kiritilishi


Hozirgi murakkab ziddiyatlarga to'la bizning zamonamiz har xiI dramatik hodisalarga boy bo'lib barcha elat va xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va ma'naviyatiga ulkan ta'sir o'tkazmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda am alga oshirilayotgan islohotlar ayrim etnoslar hayotiga, ularning o'zaro munosabatlari va aloqalariga ham jiddiy o'zgarishlar kiritmoqda. • Jahon aholisi XXI asrga kelib olti milliardga ko'paydi. So'nggi bir asr davomida yer kurrasidagi xalqlar sonjihatdan ko'payibgina qolmay, ularning etnik tuzilishi, turmush tarzi va ma'naviy dunyosi ham tubdan o'zgarishga yuz tutdi. Ona tabiat naqadar rang-barang va xilma-xil bo'lsa, yer yuzida yashovchi aholining etnik qiyofasi ham shu qadar rang-barang, turli-tumandir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan asr oxirlarida jahonda ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashagan. Ba 'zi manbalarda esa yer yuzida yashovchi kattakichik etnoslarning soni uch-to'rt mingga yaqin, deb ko'rsatiladi. Shularning 260 tasi bir milliondan ortiq kishiga ega xalqlardan iborat bo'lib,jahon aholisining 96 foizini, dunyoda eng kam sonli aholiga ega bir yarim mingga yaqin elatlar esa bir foizini tashkil qiladi. Tili jihatidan bir-biridan ajralib turadigan etnik birliklarning soni uch mingdan ortiq. XX asr iqtisodiy-ijtimoiy buhronlar, ekologik, etnik muammolar asri bo'ldi. Bu muammolar o'z-o'zidan XXI asrga ham ko'chib o'tdi2. Shunday ekan bunday vaziyatda yoshlarning ongi va bilimini, jamiyatni boshqarishga aloqasi bor barcha shaxslarning tasavvurlarini etnologik ma'lumotlar bilan boyitish zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi. Alalxusus, ushbu darslikda etnologiya fani tushunchasi, uning mohiyati va qisqacha tarixi, asosiy maktablari va yo'nalishlari, etnogenez va antrogenez, o'ziga xos uslub va atamalar kabi nazariy masalalar ko'rib chiqilgan. Shu bilan birga mazkur fanning hozirgi kundagi eng muhim etnoslararo munosabatlar, umuminsoniy va umumetnik jarayonlar, etnik guruhlar va irqlaming 0 'zaro aloqalari, etnik ong stereotipi va etnik psixologiya kabi ustuvor masalalarga ham alohida e'tibor berilgan. Etnolog olimlarning juda ko'p ilmiy tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, insoniyat tarixining ibtidoiy davrlardan hozirgi kunlargacha bosib o'tilgan barcha pog'onalarida kishilar o'zligini anglashga, an'anaviy turmush tarzi, urf-odat va ma'naviyatini tushunib olishga, ayniqsa, qo'shni elatlaming etnik xususiyatlari va hayotini bilishga doimo ehtiyoj sezib kelganlar. Bunday ehtiyoj tufayli ming yillar davomida to'plangan turli elatlar to'g'risidagi boy ma'lumotlar davlatlararo munosabatlami to'g'ri yo'lga qo'yishga, tinchlik sari yo'nalishga yordam berib kelmoqda. Hatto qadim zamonlarda ay rim mualliflar juda ko'p empirik xarakterdagi ma'lumotlarni muayyan tizimga solishga, xalqlarni xo'jalik va madaniy jihatdan k"Iassifikatsiyalashga intilganlar. Ammo bunday o'y-fikrlar ilmiy asoslanmagan, mavhum xarakterda bo'lgan.lahondagi mamlakatlaming ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan notekis rivojlanishi natijasida ayrim xalq va elatlaming hanuzgacha qoloq ibtidoiy tuzumda, ba'zilari esa o'rta asrlar davri madaniyati darajasida qolganligi ma'lum. Bunday elat va etnik guruhlar A vstraliya, Afrika, Markaziy Amerika va Osiyoning ba 'zi yeilarida hozirgacha saqlanib qolgan. Ular juda kam bo'lsalar-da, ammo ibtidoiy urug'-qabilachilik tuzum qonun-qoidalari, urf-odat va marosimlari, patriarxal turmush tarzi an'analariga haligacha amal qilib kelmoqdalar. Asli ko'pchilik xalq va elatlar etnos sifatida quldorlik jamiyati davrlaridan tili yaqin bo'lgan bir necha urug'-qabilalaming birikishi, o'zaro urushlar va ko'chishlar (migratsiya) tufayli aralashib ketishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda etnoslar iqtisodiy, maishiy va madaniy jihatdan eng kuchli va rivojlangan ko'p sonli elatlar doirasida muayyan ma'muriy, hududiy va til umumiyligi zaminida paydo bo'lishgan. Ular kO'pincha tiliga qarab ayrim xalq nomi bilan tanilgan. Aytish joizki, hozirgi siyosiy va ilmiy atamalaming ko'pi ikkiikki yarim ming yillar muqaddam Yunonistonda paydo bo'lgan. lumladan, hozir ko'p ishlatiladigan «demokratiya» yoki «demografiya» so'zlari qadimgi grek (yunon) tilidan olingan bo'lib, uning negizini «demos», ya'ni tub ma'noda «xalq» degan so'z tashkil etadi. Shu ma'noda, ilk jamiyat asosini tashkil qiluvchi xalq tushunchasini ifodalovchi yana bir atama - «etnos» ham ishlatilgan. Masalan, «demografiya» fanijahon yoki ayrim mamlakat aholisining soni,joylashuvi, tug'ilishi va o'limi, ijtimoiy-jinsiy va yosh tuzilishini, tabiiy o'sish va ko'chish (migratsiya) jarayonini o'rganadi. Lekin, jahondagi xalq va elatlar o'z tili, kelib chiqishi vajoylashuvi, moddiy va ma'naviy madaniyati, an'anaviy xo'jaligi, maishiy turmushi va xarakteri, milliy psixologiyasi va urf-odatlari bilan ham bir-biridan ajralib turadilar. Xalqlarning o'zaro tafovuti, umumiyligi yoki o'xshashligini, ularning o'ziga xosligi va xususiyatlarini jiddiy o'rganuvchi maxsus fan sohasi «etnografiya» va «etnologiya» nomi bilan XIX asr o'rtalarida iste'molga kirdi. «Etnologiya» atamasi, yuqorida qayd qilinganidek, qadimgi yunoncha «etnos» (xalq, elat) va «logos» (so'z, ma'no) so'zlaridan tashkil topgan. Uning asl ma'nosi «xalqshunoslik» deb tarjima qilinadi.,Qadimgi davrlarda greklar «etnos» so'zini boshqa g'ayri xalq (elatlar)ga nisbatan ishlatganlar. Ayrim mamlakatlarda hozirgacha etnologiya atamasi bilan birga etnografiya, madaniy yoki sotsial antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi.Ba'zi yevropalik olimlar etnologiyani nazariy fan, etnografiyani esa ta'riflovchi fan sohasi deb aytadilar.Aslida ikkala atama ham mazmunan sinonim, ya'ni bir ma'noni anglatuvchi tarix fani sohasi des a bo'ladi.Hatto qadimgi yunon mualliflari dastlabki etnografik ma'lumotlarni xalqlarni ta'riflash bilan cheklab qo'ymasdan, balki ularni muayyan guruhlarga bo'lib, ya'ni ilk bora tasniflashga intilib nazariy fikrlarni bayon qilganlar.XIX asrlargacha «etnologiya» atamasi fanda ba 'zan ayrim etnografik jarayonlarni tasvirlashda ishlatilib kelingan. Mazkur atamani xalqlarni va madaniyatlarni o'rganishdagi yangi fan sohasi sifatida birinchi marta fransuz olimi Jan Jak Amper ishlatgan. U 1830-yilda «antropologik», ya'ni gumanitar fanlar umumiy klassifikatsiyasini ishlab chiqqan va shu tizimga «etnologiya» so'zini kiritgan. Bu atama qisqa muddatda keng tarqalib mustaqil fan sifatida tanilgan. Rasmiy ravishda etnologiya mustaqil fan sifatida 1839-yili Parij etnologiya jamiyatiga asos solingan davrdan boshlab tan olingan. Albatta, bunday holat yengil, murosasiz o'tmagan, yangi fanning predmetl, maqsad va fan olamida tutgan o'rni tevaragidajiddiy ilmiynazariy kurashlar bo'lib, ay rim YO'nalish va maktablarni yuzaga keltirgan, Bunday munozara va tortishuvlar hozirgacha davom etib kelmoqda, ayniqsa, mazkur fan atamasi, uning mohiyati va predmeti doirasida turli tushunchalar va mulohazalar mavjud bo'lib, etnologiya atamasini turlicha talqin qilish va izohlash keng ko'lamda shu kungacha saqlangan. So'nggi vaqtda taniqli tadqiqotchilar etnologiyani tarixiy fan ekanligini ta'kidlab, uni jahondagi barcha elat va xalqlarni, qoloq yoki rivojlangan bo'lishidan qat'i nazar, teng, baravar o'rganuvchi fan sohasi deb tan oldilar. XIX asr o'rtalarida G'arbiy Yevropa mamlakatlarida etnologiya fanining tez sur'atlar bilan o'sishi mustamlakachilik siyosatining keng miqyosda o'tkazilishi bilan bog'liq bo'lgan. Mustamlakachi davlatlar Afroosiyo o'lkalarida o'ziga qaram qilib olgan o'lkalarni boshqarish maqsadida har tomonlama xilma-xil etnografik ma'lumotlarga muhtoj edilar.Shuning uchun ham bunday ma'lumotlarni faqat etnologiya yetkazib berishi mumkin edi.Shuni ham alohida qayd etish lozimki, bu fan sohasi hozirgacha yagona ta'rifga ega emas.Yaqin davrlargacha adabiyotlarda ikki turdagi ta'rif mavjud edi. Barcha ensiklopedik lug'atlarda chop etilgan ta'rif asosan, mashhur rus olimi S.P. Tolstovning so'zlarini qaytalagan. Uning yozishicha, «Etnografiya turli jahon xalqlarining madaniy va maishiy hayoti xususiyatlarini asosan, bevosita kuzatish yo'li bilan o'rganadigan, mazkur xususiyatlarning tarixiy o'zgarishi va rivoji, xalqlarning kelib chiqishi (etnogenez), joylashuvi (etnik geografik) va madaniy-tarixiy o'zaro munosabatlari muammolarini tadqiq qiluvchi tarixiy fan»dir. M.G.Levin, S.A. Tokarev, Yu.V. Bromley va G.E. Markov kabi mashhur etnolog olimlarning ikkinchi turdagi etnografiya (etnologiya) ta'riflari bir oz qisqa va ixcham bo'lsa-da, ammo mazmunan S.P. Tolstov ta'rifini takrorlaydi. Har bir fanning o'ziga xosligi uning tadqiqiy predmeti va uslubi bilan belgilanadi3., Etnologiya fani shakllana boshlagan davrdan hozirgacha mufassal saqlanib kelayotgan mavzu etnik madaniyatlarning o'zaro munosabatlarining genezisi muammolari bilan bog'liq bo'lgan. Ammo etnologiya predmeti doimo kengayib, o'zgarib davr talabiga javob beradigan masalalarni o'rganishga qaratilgan., Oqibatda hozirgacha etnologiya fani tevaragida, har xiI mulohazalar saqlanib, umumiy, barchaga ma'qul ta'rif topilgani yo'q. Shunday bo'lsa-da ham mavjud yo'nalishlar va konsepsiyalar ko 'pligiga qaramay mazkur fan sohasi hozirgi kunda eng dolzarb va muhim muammolarni tadqiq qiluvchi fan hisoblanadi. Shuning uchun ham etnografiya va etnologiya atamalarini qarama-qarshi qo 'ymasdan, ularni umumiy «elshunoslik» yoki «xalqshunoslik» fani deb 0 'zbek tiliga tarjima qilish mumkin. Etnografiya instituti va Avstraliyaning Sidney Universiteti o'rtasida 1954 yilda o‘zaro shartnoma tuzildi. Unga binoan 1995 yildan «Qoraqalpogiston-Avstraliya» xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi u erda o‘z ish boshladi va ularning faoliyati bugungi kungacha davom etib kelmoqda4


Yüklə 259,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin