2.2. JAHON XALQLARI KLASSIFIKATSIYASI Odatda xalqlar muayyan hududda joylashadilar.Ammo tilL maishiy-madaniy jihatdan yaqinligi bilan ajralib turgan ayrim elatlarning o'zaro milliy aralashish jarayoni doimo sodir bo'lib turgan, etnik jihatdan chegaradosh xalqlar orasida esa bu jarayon ayniqsa, kuchli bo'lgan. Hozir jahon aholisi yoz sotsial-iqtisodiy va siyosiy tuzumiga qarab, turli tipdagi etnoslardan - millat, xalq, qabilaviy birikma yoki ayrim qabilalardan iboratdir. Tarixiy jihatdan eng ilk etnos tipi ibtidoiy jamoa qabilasi bo'lib, u dastlab bir necha qarindosh-urug'lardan tashkil topgan edi. Hozirgi davrdagi qabilalar o'z sotsial-iqtisodiy va madaniy darajasi bilan ulardan tubdan ajralib tuiadilar. Bu qabilalar bir necha yuz kishidan milliongacha yetadigan aholidan iborat bo'lib, ularda ibtidoiy tuzum elementlari sarqit sifatida saqlangan feodal yoki kapitalistik munosabatlar amal qiladi, ijtimoiy tabaqalanish belgilari sezilib turadi (masalan, Erondagi belujiylar va qashqaylar)9. Qabilaviy munosabatlar asosan, ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi xalqlarda ko 'proq saqlanib qolgan. Ibtidoiy jamoat tuzumi yemirilib, dastlabki tabaqalanish paydo bo'lishi bilan ayrim qabilalarning umumiy manfaat asosidagi ittifoqi yoki birikmalari tashkil topadi. Maxsus birikmalar qabilalararo xo'jalik va madaniy aloqalarni kuchaytirib, ularning aralashib ketishiga olib keladi va ilgarigi qavm-qarindoshlik munosabatlari o'rniga hududiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Shimoliy Amerikadagi irokezlar ligasi, Meksikadagi atsteklar yoki lanubiy Afrikadagi zulularning qabilaviy ittifoqlari bunga misol bo'la oladi. Keyingi, sinfiy jamiyat paydo bo'lishi bilan quldorlik tuzumi davri bosqichida (qadimgi Misr, Gretsiya, Rim va hokazo) xalqlar shakllana boshlaydi. Yevropada bu jarayon feodalizm davrigacha (ruslar, polyaklar, fransuzlar va hokazo) cho'ziladi. Hududiy, madaniy va xo'jalik birligi, kelib chiqishi va til yaqinligi asosida turli qabilalardan tashkil topgan xalqlar dastlabki davrlarda uncha mustahkam bo'lmagan elatlardan iborat edi. Tovar, pul munosabatlarning rivojlanishi natijasida xo'jalik tarqoqligiga barham berilib, iqtisodiy va madaniy aloqalar kuchaydi, millatlar paydo bo'la boshladi. Millatlar odatda o'z iqtisodiy hirligining barqarorligi, umumiy hududiy va tilining birligi, milliy xarakter va psixologiyasining umumiy belgilari bilan farq qiladilar. lahondagi etnikjarayon nihoyatda murakkab bo'lib, fanda qabul qilingan an'anaviy qabila, elat, xalq millat kabi tarixiy birliklar doirasida cheklanib qolmaydi. Hozirgi davrda bir necha elat yoki xalqning yaqinlashishi va uyushishi natijasida paydo bo'lgan yirik etnik birliklar (sovet xalqi, Amerika xalqi kabi), makroetnoslar bilan bir qatorda mahalliy xalq yoki millat ichida ba'zi xususiyatlari (shevasi, moddiy va ma'naviy madaniyati, diniy tasavvurlari) bilan ajralib turgan mayda etnografik guruhlar - mikroetnoslar ham mavjuddir. Ba'zi xalqlar diniy e'tiqod asosida o'ziga xos mikroetnoslar va makroetnoslar birligi bilan ham farqlanadilar. Masalan, butun lanubiy Osiyo xalqlari feodalizm davrida paydo bo'lgan induizm tevaragida turli tildagi xalqlarni biriktirgan makroetnoslar bo'lsa, Filippin xalqining bir qismi islom dini e'tiqodi asosidagi maro nomli elatlardir. Erondagi gebrlar (zoastrizm tarafdorlari) yoki Xitoydagi musulmon (dungan)lar mikroetnos sifatida maxsus etnografik guruhlarni tashkil qilganlar. Makroetnoslarga sotsialiqtisodiy formatsiyalar yoki siyosiy birlik asosida paydo bo'lgan yirik guruhlar ham kiradi. Masalan, mustamlakachilikda ozod bo'lgan, o'tmishda an'anaviy-maishiy jihatdan mustaqillikka intilib, ijtimoiy taraqqiyot yo'lida umumiy maqsadlarga erishgan Osiyo va Afrika mamlakatlarining ko'pchiligi mazkur makroetnoslardan iboratdir. Agar elat va xalqlarning tashkil topishi ijtimoiy xarakterga ega bo'lsa, irqlarning paydo bo'lishi biologik asosga egadir. Shuning uchun ham etnoslar bilan irqlarningjoylanishi bir-biriga kamdankam muvofiq keladi, aslida esa irqlar qit'alarning katta hududlarida joylashib, turli va har xiI tildagi etnoslarni o'z ichiga olishi mumkin. Masalan, Afrikada yashab bir necha tilda so'zlashadigan xalq va elatlar negroid irqiga oid bo'lsa, Shimoliy Amerikada turli irqlardagi kishilar bir tilda sO'zlashadigan Amerika millatini tashkil qiladi. Xullas, ko'p sonlijahon xalqlarini tartibga solib, klassifikatsiyalash ancha murakkab masaladir. Ba'zi olimlar xalqlarni bir vaqtda ham irqiy, ham til yaqinligi asosida sistemalashtirishga intiladilar.Ular insonlarini uch-besh irqqa bo'lib, irqlarni esa, til guruhlariga bo'ladilar.Bunday klassifikatsiya metodologik jihatdan xatodir, chunki irqiy belgilar bilan lingvistik xususiyatlarni aralashtirish mutlaqo mum kin emas. Bunga zid holda sovet fanida xalqlarni etnosga xos ikki belgi - madaniyat va til bilan klassifikatsiya qilish .qabul qilingan. Undan tashqari tarixiylik prinsipiga asoslangan marksisitik etnografiya xalqlarni madaniy yaqinligiga qarab «xo'jalik-madaniy tiplar» yoki «tarixiy-madaniy viloyatlar»ga bo'lib o'rganadi. Ba'zan etnoslarni geografik prinsiga, dinga, tarixiy darajasiga qarab ham farqlaydilar10. Antropologikjihatdan hozirgi xalqlar so'nggi ilmiy klassifikatsiya asosida to'rt katta irqqa bo'linadi: negroid (afrikan), yevropoid (evroosiyo), mongoloid (osiyo-amerika) va avstraloid (okeaniya) katta irqlari. Negroidlarning soni o'tgan asr so'ngidagi ma'lumotlari bO'yicha butun dunyoda 250 milliondan ortiq (negrlar, negrilli, bushmen va gottenotlar); negroid va yevropoid aralashishidan paydo bo'lgan 352,6 millionli irqlar efiop tipi, sudanliklar, mulatlar) ham shularga kiradi; eng katta yevropoid (evroosiyo) irqi 1 milliard 793,3 million kishidan iborat bo'lib, unga aralash tiplar (metislar, mulatlar) ham kiradi; mongoloid (osiyo-amerika) katta irqiga oid aholi soni 704 milliondan ortiq; aralash tiplar 672,2 million, Tinch okean mongoloidlari 664 million kishi, Janubiy Osiyo guruhi 542,4 million va yaponlar tipi 11 million kishidan iborat; avstraloid (okeaniya) katta irqi (veddoidlar, avstraliyaliklar, aynlar, melaneziyaliklar va papuaslar) soni 9,4 million kishini tashkil qiladi. Irqiy tafovut faqat tashqi jismoniy belgilari bilan aniqlanadi. Har bir katta irq ichida mayda guruh va tiplar ham mavjud. Etnoslarning shakllanishida va ularni farqlashda til asosiy rol o'ynaydi. Til birligiga qarab ayrim xalq va elatlar aniqlanibgina qolmay, kO'pincha til asosida nom ham beriladi. Lingvistik xarakteristika tarixiy-qiyosiy o'rganish orqali aniqlanadi.Odatda kelib chiqishi bir bo'lgan xalqlardan til yaqinligi bo'ladi. Shu asosda eng katta til oilalari va guruhlari quyidagicha bo'linadi: hind-ye"(lropa oilasida 1 mlrd. 861 million kishi gapiradi, shulardan eng katta guruhlari - germanlar (403,9 million), romanlar (482 million), hindiylar (595,6 million), slavyanlar (271 million), eroniylar (65 million) semit-xamit (afroosiyo) oilasida 147,9 million kishi semit xalqlari; dravid oilasi 154,1 million kishidan biorat; U ral oilasiga 23,4 million, oltoy oilasiga 96,9 million, xitoy-tibet oilasiga 864,7 million, Nigero-kordofa oilasiga 212,6 million, avstroneziya oilasiga 191,3 million, avstroosiyo oilasiga 64,5 million kishi kiradi. Tillar morfologik (so'z tuzilishi) va geneologik (kelib chiqishi) yaqinligi asosida farqlanadilar. Geneologik klassifikatsiya etnologiya fani uchun muhim ahamiyatga ega, chunki xalqlarning kelib chiqishi (etnogenezi)ni o'rganishda katta yordam beradi. lahonda ikki tilli etnoslar ham kam emas, masalan, bir irqdagi Belgiya va Shveytsariya aholisi ikki yoki uch tilda sO'zlashadilar. Bizning mamlakatimizda millati rus bo'lmagan aholining yarmidan ko'pi o'z ona tilidan tashqari rus tilini ham biladi. Ilgari mustamlaka bo'lgan Osiyo va Afrika mamlakatlarining deyarli hammasida ikki til - mahalliy va rasmiy davlat tillari ma vjud. Hindistonda rasmiy hindi tili bilan birga yuzlab boshqa tillar ham bor. Pokistonda - urdu, Indoneziyada - baxsa - indonezia, Filippinda - tagalog, Afrika mamlakatlarining ayrimlarida rasmiy ingliz yoki fransuz tillari bilan bir qatorda mahalliy tillarda ham so'zlashiladi. Tillarning geografik chegaralari doimo o'zgarib turgan. Agar arab tili paydo bo'lgan vaqtda (VII asrdan oldin) undan faqat Arab yarim orolining janubidagina yashovchi qabilalar foydalangan bo'lsa, hozir bu tilda Shimoliy Afrika va lanubi-sharqiy Osiyoda joylashgan juda ko'p xalqlar so'zlashadi. Yoki ingliz tilini olsak, unda dastlab faqat Britaniya orolidagi aholi sO'zlashgan bo'lsa, hozir Yevropa va Shimoliy Amerika aholisining beshdan bir q ismi, Avstraliya va Yangi Zelandiya xalqlari asosan, shu tilda so'zlashadilar. Kichkina Pireney yarim orolida paydo bo'lgan ispan tili hozir butun Lotin Amerikasiga tarqalgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin etnos (qabila, elat)larningbirbirlari bilan yaqinlashib aralashib ketishi (konsolidatsiya), bir xalqning ichida yashab unga sin gib ketishi (assimilyatsiya) kuchaygan edi. Ayniqsa, milliy ozodlik kurashi natijasida mustaqillikka erishgan, xalqlar o'z davlati, hududiga ega bo'lib, sotsial-iqtisodiy reformalar orqali xo'jalik va maishiy turmushiga tub o'zgarishlar kiritib, etnik konsolidatsiya jarayoniga zo'r ta'sir boshlaganlar. Oqibatda qavrn-qarindosh, qabila va elatlardan yangi xalq va yangi millatlar shakllana boshlagan edi. Bunga ilgari qabilaviy tuzumga ega bo'lgan xausa, yoruba, akan, ibo kabi Afrikada yashovchi xalqlar misol bo'la oladi. Etnik konsolidatsiya Hindistonda, Filippinda va boshqa Osiyo mamlakatlarida ham tez sur'atlar bilan sodir bo'lmoqda. Assimilyatsiya, odatda, iqtisodiy jihatdan taraqqiy qilgan mamlakatlarda ro'y beradi va o'zining milliy mavqeini saqlab qolgan xalqlar orasida yashovchi mayda etnik guruhlar uzoq davr mobaynida yaqin munosabatda bo'lib yirik millatlarning tili va madaniyatini o'zlashtirib unga singib ketadi va o'zini shu milIat vakili hisoblaydi. Bunday jarayon turli xildagi etnoslarga tegishlidir. Unga mayda millatlar, immigrantlar va hatto o'zining etnik hududiga ega bo'lgan ba'zi xalqlar ham kiradi. Assimilyatsiya sur'ati asosan, yirik milIat, mayda etnoslarning til va madaniy yaqinligi, milliy va siyosiy birlik hissiyoti, o'z vataniga aloqadorligi, joylanish xarakteri (tarqoq yoki turg'un holda), irqiy va diniy xususiyatlari va hokazolarga bog'liq bo'ladi. Ammo assirnilyatsiya tabiiy yoki zo'rma-zo'rakilik oqibatida ro 'y berishi mumkin. Tabiiy assirnilyatsiya uzoq vaqt davornida sotsialiqtisodiy taraqqiyot va madaniy aloqaning yaqinligi oqibatida sodir bo'ladi. Bunda madaniy-xo'jalikning birligi negizida etniklar integratsiya, ya'ni turli etnoslarning yaqinlashish jarayoni ham ro'y beradi. Milliy nizolarga to'la kapitalistik mamlakatlarda, ayniqsa, mustamlakachi davlatlarda, o'z milliy huquqiga ega bo'lgan etnos vakilIarini zo'rlik bilan o'z ona tili va madaniyatidan mahrum etish siyosati orqali hukmron milIatning til va madaniyatiga 0 'tishga majbur etiladi. Qurama elat va xalqlardan tashkil topgan11.AQSHda zo'rlik assimilyatsiya ochiqdan-ochiq amalga oshirilmoqda. Hozirgi davrdagi urbanizatsiya va migratsiya jarayoni ham etnoslarning yaqinlashishi va aralashib ketishiga ta'sir qiluvchi omilIar hisoblanadi. Jahonda faqat bir milIatdan tashkil topgan davlatlar juda kam chunki siyosiy va etnik chegaralar ham doimo to'g'ri kelavermaydi. Faqat Yevropa va Lotin Amerikasida davlatlarning tashkil topgan davri milliy shakllanish davri bilan to'g'ri kelganligi tufayli muayyan, yagona millatlar siyosiy chegara doirasida yuzaga kelgan. Ammo bu kabi mamlakatlarda ham migratsiya va boshqa turli sabablarga ko'ra ozmi-ko'pmi boshqa millat vakillari ham yashaydi. Masalan, Yaponiyada mayda millatlardan aynlar, koreyslar, Markaziy va Janubiy Amerikada ispan va portugal tilida so'zlashuvchi asosiy millatlar (meksikalik, chililik, perulik, braziliyalik va hokazo)dan tashqari immigrantlar va hindilar ham mavjud. Ayrim davlatlarda esa o'nlab, yuzlab turli etnoslar yashaydi (Rossiya, Hindiston, Eron, Afg'oniston, Nigeriya va hokazo). Yevropaning etnik qiyofasi nihoyatda murakkab. Bu yerda asrlar davomida xilma-xil qabila, elat va xalqlar paydo bo'lib, mahalliy etnoslar bilan aralashib ketgan. Mazkur jarayon uzluksiz davom etib kelgan va natijada dastlabki tub aholi to'g'risida aniq ma 'lumotlar bizgacha yetib kelmagan. Ularning lingvistik tarixi ham chalkash. U yerdagi hozirgi millatlar o'z milliy davlatlari chegarasi doirasida asosan, o'tgan asr o'rtalarida shakllangan12. Yevropada yashovchi deyarli yarim milliard aholining ko'pchiligi (o'ndan to'qqiz qismi) hind-yevropa til oilasining uchta yirik til turkumi - roman, german va slavyanlardan iborat. Qolgan katta qismi grek, kelt va alban til turkumlariga oid va qisman ural til oilasiga kirgan finno-ugor til turkumining vakillaridir. Roman til turkumiga janub va g'arbda yashovchi italyanlar, fransuzlar, vallonlar, ispanlar, portugallar, ruminlar kiradi. Sharqiy vajanubisharqiy Yevropada slavyan tillarida so'zlashuvchi chexlar, slovaklar, polyaklar, I ujichanlar, bolgarlar, chernogorliklar, xorva tlar, «musulmonlar», makedoniyaliklar va bosniyaliklar yashaydi13. German tilida sO'zlashadigan avstriyaliklar, nemislar, gollandlar, flamandlar, shvedlar, norveglar, daniyaliklar, ispanlar, inglizlar, lyuksemburgliklar, elzasliklar va qisman Shveytsariyaliklar Markaziy G'arbiy va Shimoliy Yevropada yashovchilar. Hozir faqat Irlandiyada, qisman Shotlandiyada, Angliya va Fransiyaning Breton yarim orolida qadimgi davrdan keng tarqaIgan keIt tiIida so'zIashadigan elatlarning avlodi yashaydi14. Eng qadimgi vaqtlardan Pireney yarim oroIining shimolida va qisman Fransiyada yashayotgan baskIar hech bir tiI oilasiga kirmaydigan maxsus tiIda so'zIashadilar. Vengerlar yoki madyarlar, finIar, soamIar va loparlar finnougor tiI oiIasiga oid. BoIqon yarim oroIida va janubda yashovchi turkIar, tatarlar va gagauzlar esa turkiy tillarda sO'zlashuvchi etnik guruhlardir. Faqat Malta orolida arab tili saqlanib qolgan. Bir milliondan ortiq yevropalik yahudiylar asosan, nemis tili shevasida yoki o'zlari yashayotgan mamlakatda keng tarqalgan tillarda so'zlashadilar15.