Kirish I bob. Etnografiya haqida umumiy tushuncha va yevropa miqyosida o`rganilish tarixi



Yüklə 259,92 Kb.
səhifə9/10
tarix05.07.2023
ölçüsü259,92 Kb.
#135705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yevropa xalqlari etnografiyasi

III bob bo`yicha xulosa
Zamonaviy Yevropada bir necha o‘nlab turli xil xalqlar yashaydi]ar. Lekin qit’aning etnik tarkibi dunyoning boshqa hududlarinikiga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Yevropaning aksari ko‘pchilik aholisi hind-yevropa tillarida so‘zlashadilar. Uning eng yirik guruhlari - roman, german va slavyan tillaridir. Roman til oilalariga mansub etnoslar qit’aning janubiy-g‘arbida va Dunay daryosining quyi oqimida yashaydi. Roman guruhiga ispanlar, portugallar, galisiyaliklar, katalonlar, andorraliklar, fransiyaliklar, vallonlar (Belgiyaningjanubida joylashgan), franko-shveysariyaliklar, monegasklar (Monakoning tub aholisi) kirib, bu etnoslar gall-roman guruhchasini tashkil etadi. Italiyaliklar, sardiniyaliklar, italoshveysariyaliklar, korsikaliklar, sanmarinoliklar - ushbu xalqlar italo-roman guruhchasini tashkil qiladi. Romanginlar (Shveysariyaning sharqida), ladinlar (Shveysariyaning sharqi, Italiyaning shimoli), friullar (Italiyaning shimoliy-sharqida) - bu uchta kam sonli xalqlarni reto-roman guruhchasiga kiradilar. Ruminlar va aromunlar (Gretsiyaning shimoli va Serbiyada) - bu ikki xalq bolqon-roman guruhchasiga mansubdir. Ayrim roman tillari bir necha xalqlar uchun ona tili sanaladi. Xususan, fransuz tili fransuzlardan tashqari, vallonlarga va frankoshveysariyaliklarga; italyan tili - italiyaliklarda juda ko‘p shevalar mavjud. Italyan tilining shevalarini namoyish qilish uchun bir ma’lumotni keltirish kifoya. 1875-yili Jovanni Bokkachcho tavalludining 500 yilligini nishonlash davomida uning novellalaridan biri 623 italyan shevaIaridao‘qilgan. Zamonaviy italyan adabiy tili toskan shevasi asosida yaratilgan. German til guruhiga oid xalqlar Yevropaning shimoli, shimoliyg‘arbi va markazida yashaydilar. Hozirgi kunda german tillari ikki guruhga - g‘arbiy va shimoliyga bo‘linadi. 0 ‘tmishda sharqiy guruhcha ham bo‘lgan. Lekin uning bironta tili bizgacha yetib kelmagan. Jumladan sharqiy german tillarida ostgotlar so‘zlashgan. G‘arbiy german tillarida: nemislar, avstriyaliklar, lixtenshteynliklar, germanoshveysariyaliklar (Shveysariyaning shimoli va markazida), elzasliklar (Fransiyaning sharqida), lyuksemburgliklar, gollandlar, flamandlar (Belgiyaning shimoli, Niderlandiyaning janubi), frizlar (Niderlandiya va Germaniyaning shimolida), inglizlar, shotlandlar va angloirlandlar (Shimoliy Irlandiyada yashaydilar) so'zlashadi. Ushbu guruhga (nemis tiliga yaqin) yahudiylaming idish tilini ham kiritishadi.

XULOSA
Yevropa axolisining etnogenezi va etnik tarixi. Frantsuz, nemis, frantsuz va boshqa Evropa millatlarini shakllanish jarayoni. Eng qadimgi va antik davrda Yevropaning etnografik xaritasi. Xalqlarning buyuk kwchishi. German, kel`t va slavyanlarning qwshilib ketishi. Wrta asrlarda va yangi xamda eng yangi davrda etnik jarayonlar. Milliy konsolidatsiya. Axolining zamonaviy tarkibi. Maxalliy axolining milliy-etnik moddiy va ma`naviy madaniyati Evropa axolisining demografik axvoli. Antropologik va tiliga oid tasnifi.Evropa xalqlarining diniy mansubligi muammosi. Xojaligi va moddiy madaniyati. Xojaliklarning mintaqaviy taraqqiyoti. Chorvachilik va dehkonchilik. Baliqchilik va bogdorchilik. Eng taraqqiy qilgan yuksak madaniyatli Yevropa xalqlarida professional ijoddan xalq ijodini ajratish ancha qiyin. Chunki folklorda xam, muzika va tasviriy san'atda xam zo’r mahorat bilan yaratilgan xalq ijodi namunalari juda katta o’rinni egallaydi. Eng kadimgi ertaklar, qahramonlar haqida eposlar badiiy jihatdan professional yozuvchi va shoirlar tomonidan qaytadan ishlab chiqilgan. Aka-ukalar Grimm, Gofman, Andersen, Selpa Lagerlef, Oskar Uayld va boshkalarning ertaklari, xatto Gomerning “Iliada" ”va “Odessiya”si, o’rta asrlardagi “Nibeluneglar to’g’risida ashula”, “Gudring to’g’risida ashula”, skandinavlarning saglari, Karelofin eposi “Kalevala” kabi xalq dostonlari aslida badiiylashtirilgan asarlardir. Tarixiy voqealar bilan bog’lik lirik-epik ashulalar ancha keyin paydo bo’lgan,ammo juda keng tarqalgan. Xozirgacha yetib kelgan oilaviy marosimlarda aytiladigan ashulalar, sevgi kuylari xam eng qadimiy folklor namunalaridir. Qo‘rg‘onlar (qishloqlar). Slavyanlaming ilk qo‘rg‘onlari uyali yoki to‘p-to‘p shaklida joylashgan. Ko‘phovlili qishloqlar ko‘pchilik slavyan mamlakatlarida bir necha tiplarga boiingan. Polshada qishloqlarda uylar to‘p-to‘p qilib qurilgan, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Serbiya, Xorvatiyada to‘g‘ri burchakli emas, aylana yoki cho‘zilgan shaklda boigan. Ayrim qishloqlaming o‘rtasida maydon joylashgan. Bu xildagi aholi manzilgohlari aksari tog‘oldi hududlarida joylashgan. Tarqoq manzilgohlar: Bolgariya, Sloveniyaning Alp qismida, Makedoniya, Chemogoriyaning ayrim rayonlarida dehqonlar hovli- lari yoki uy-joylar guruhlari alohida tartibsiz holda qurilgan. Qator qilib qurilgan tipga tog‘oldi va tog‘lardagi zanjirsimon (Slovakiya) rejali qishloqlami ham kiritish mumkin. Bu xildagi qishloqlarda asosiy o‘zak yo‘l bo'lib, turar joylar yo‘l yoqasida shakllangan. Urchuqsimon rejadagi qishloqlar (G‘arbiy Polsha) uchburchak shaklida chekkadan markazga tomon kengaya boradigan ko‘cha atrofida qurilgan. Yirik qishloqlar (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya) uy-joylari odatda markaziy may don atrofida shakllangan. Aholining tabiiy o‘sishi tufayli slavyanlar manzilgohlari ham yiriklashib, undagi uy-joylar zichlashib borgan. Bozor munosabatlarining hayotga joriy etilishi davomida yirik oilalar bo‘linib, qishloqlarda yangi ko‘chalar, mavzelar shakllanib, eski qishloqlar tarhi tobora takomillashib boradi. Slavyanlar yerlarida ilk shaharlar vujudga kelishi VII asrdan boshlangan. Shaharlar markazida maydon joylashgan. Shahardagi aynan markaziy may donga nisbatan mavzelar to‘g‘ri burchakli yoki to‘rtburchakli bo‘lib, uning atrofida (Varshava, Krakov) qurilib borgan. 0 ‘rta asrlarda barcha yirik shaharlar tosh devorlar bilan o‘ralgan. Slavyanlarning qadimgi shaharlari (Sofiya) tarixi antik davrlardan boshlangan. 0 ‘rta asrlarning rivojlangan davrida ayrim yirik qishloqlar hunarmandchilik asosida kichik shaharlar (Gabrovo)ga aylanadi. Kapitalistik munosabatlar yuksalgan davrda bu shaharchalar sanoat markazlari ga aylanadi. Uy-joylar. An’anaviy qishloq uylari Markaziy Yevropa va Bolqondagi slavyan mamlakatlarida turli xilligi bilan xususiyatlangan. Bolqonda ко'plab xilma-xillikka ega janubiy slavyan tipi tarqalgan. 0 ‘tmishda bu xildagi uylarda kishti deb nomlangan ichida o‘choq o‘rnatilgan xonasi bo‘lgan. Bunday uyda bir yoki ikkita (soba, staya deb nomlangan) yashaydigan xonalar ham qurilgan. Uyning oldida ustunlarga tayangan terrasa - ayvon ham qoldirilgan. Ovqat past, aylana shaklidagi stolga qo‘yilgan. Xonadon egalari past uch oyoqli taburetkalarda o‘tirganlar. Devor bo ‘ у lab qo‘yilgan taxtadan yasalgan ensiz yotoqlarda yoki poida uxlashgan.


Yüklə 259,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin