II bob bo`yicha xulosalar Etnologiya fani ilmning mustaqil sohasi sifatida XIX asming o‘rtalarida vujudga keladi. Bu davrda qator davlatlar (Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya, Ispaniya, Portugaliya, Rossiya) yirik mustamlakachi davlatlarga aylanadilar. Turli xarakterlami, tili, madaniyatini o‘rganish ko‘pincha mustamlakachilaming amaliy ehtiyojlari, boshqaruv va xo‘jalik faoliyati, shuningdek savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishilgan etnoslaming tili, urfodatlarini bilish zamriyatidan kelib chiqqan. Ilk etnologlar yuksaltirgan muhim g‘oyalardan biri madaniyat evolutsiyasi, oila, din va ijtimoiy hayotning boshqa jihatlarini tadqiq etish bo‘lgan. Etnolog-olimlar yer yuzidagi madaniyat va jamiyat taraqqiyoti, umumiy ichki qonunlarga bo‘ysunib soddalikdan murakkablikka tomon yuksala boradi. Evolutsionizm g‘oyasi jamiyat va uning tarixiga oid ilmiy tasavvurlaming tarqalishiga xizmat qiladi. Angliyalik E.Teylor, amerikalik L.T. Morgan, N.N. MikluxoMaklay va boshqalar evolutsiya nazariyasining yirik vakillari boTgan. E.Teyloming «Ibtidoiy madaniyat» nomli asosiy asari insoniyatning ma’naviy madaniyati, ayniqsa, diniy tasavvurlarining taraqqiyotiga bag‘ishlangan. Morganning butun ilmiy hayoti amerika hindu qabilalarini o‘rganish bilan o‘tgan. Uning asosiy asarlari «Qadimgi jam iyat» va «Irokezlar (xodenasauni) ligasi»da olim um g‘chilik jamoasi va davlat vujudga kelishi orasidagi bosqichni o‘rganib, fanning eng mashhur kishilaridan biriga aylandi. N.N. Mikluxo-Maklay o‘zining fidoyiligi bilan nom chiqarib, Yangi Gvineya papuaslari haqida ajoyib asarlar yozib qoldirgan.
III bob 1. Yevropa aholisining shakllanishi. Etnik tarixining asosiy bosqichlari. Yevropa antropogenezi inson paydo bo’lgan va shakllangan hududga kirmasa-da, unda ilk odamlar bundan 1 mln. yil oldin yashay boshlaganini taxmin qiladilar. Dastlab Yevropaning janubiy va markaziy qismlarida odamlar yashay boshlagan. Neandertallar, kromanyon kishisining topilishi qit’ada o‘rta va so‘nggi paleolitda odamlarning yashaganligini aniq tasdiqlaydi. So‘nggi paleolitda (40-12 mingyilliklarda) qit’aning deyarli barcha hududlarida aholi yashagan. Mezolitda Yevropaning shimolida ham odamlar yashay boshlagan. Aynan mezolitdan aholi xo‘jalik faoliyatida tafovutlar ham shakllanadi. 0 ‘rtayer va Boltiq dengizi bo‘ylarida baliqchilik bilan, Shimoliy dengiz sohilida - dengiz termachiligi, ichki rayonlarda esa ovchilik va termachilik bilan mashg'ul bo‘lganlar. Yevropaning ayrim viloyatlari aholisi nisbatan erta ishlab chiqarish xo'jaligiga o‘ta boshlaydilar. Aynan o'sha paytda ayrim baliqchilar guruhlari itni va cho‘chqani xonakilashtiradilar. Shimoliy Gretsiyada dehqonchilikchorvachilik manzilgohlari boshqa joylarga nisbatan erta - 9 ming yillar oldin vujudga keladi. Mil. avv. VI—V mingyilliklarda Yevropa aholisi ma’danlami eritishni biiganlar. Mil. avv. I mingyiiiikda esa temir asri boshlanadi. 16 Yevropaning qadimgi aholisi til tavsifi. Qadimgi yevropaliklar qanday tillarda so‘zlashganini aniqlash mushkul. Ilk qabilalar keyinchalik mil. aw. Ill—11 mingyilliklarda hududga keigan hind-vevropa tilli xalqlar bilan aralashib ketganlar. Eng qadimgi hind-yevropa tillariga mansub bo‘lmagan til faqat basklarda - Ispaniyaning Kataloniya viloyatida saqlanib qolgan. Hind-yevropa tilli aholidan esa Yevropaga dastlab kelganlar pelasglar, ellinlar, italiylar va keltlar boMgan. Mil. avv. Ill—II mingyilliklarda Yevropaning janubidagi qadimgi Sharq madaniy markazlari ta’sirida betakror Krit-Miken sivilizatsiyasi vujudga keigan. Bu sivilizatsiya yutuqlarini ellinlar o‘ziashtirib, yangi pog‘onaga ko‘taradi. Ellinlardan ushbu madaniy yutuqlami qabul qiigan rimliklar uni yuksaltiribgina qolmasdan, butun Yevropaga tarqatadi. Mil. avv. I - milodiy V asrlar davomida qit’aning g‘arbiy qismida ommaviy romanlashtirish (Rim - Roma nomidan) jarayoni boshlanadi. Rim istilo qilgan hududlarda lotin tili asosidagi roman tillarining shakllanishi va tarqalishi boshlanadi.
Xalqlarning buyuk ko‘chishlari. Milodiy III-IX asrlarda Yevropada german, slavyan, turk, eron va boshqa qabilalarning ommaviy ko‘chishlari keyinchalik xalqlarning buyuk ko‘chishlari nomini oladi. Ushbu ko‘chishlar oqimiga turkiy tilli xunnlar kuchli turtki beradi. Osiyodan keigan xunnlar german tilli ostgotlami (sharqiy gotlar) tor-mor etib, ularga qardosh Dunayning quyi oqimida yashayotgan vestgotlami (g‘arbiy gotlar) siquvga ola boshlaydilar. Vestgotlar Rim imperatori ruxsati bilan Bolqon yarimoroliga ко‘chib o‘tadilar.17 Lekin Rim vestgotlarning chegarani himoya qilganlari uchun va’da qilingan to‘lov va oziqlami bermaganligi sababli 378-yili vestgotlar qo‘zg‘olon boshlab xunnlar va sharqdan kelgan eron tilli alanlar bilan birga Rim qo‘shinlarini mag‘lub etadi. Vestgotlar 410-yili Rimni egallaydilar. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng G‘arbiy Rim imperatori (395-yil Rim G'arbiy va Sharqiy Rim imperiyalariga bo'lingan) vestgotlarga Akvitaniyani (hozirgi Fransiyaning janubi-g‘arbi) berib, bu joy da 419-yili ilk german davlati - Vestgot qirolligi tashkil topadi. Keyinchalik vestgotlar Pireney yarimorolining shimoliy-sharqiy hududlarini ham egallaydilar. Uning shimoliy-g‘arbiy qismida boshqa german qabilasi - svevlar joylashib oladilar. V asming ikkinchi yarmidan burgundlar va franklar ham Galliyada o‘z qirolliklarini (Burgund va Frank) tuzadilar. Taxminan shu paytlarda german qabilalari - angllar, sakslar va yutlar rimliklar tashlab chiqqan, keltlar yashagan Britaniyani egallaydilar.
Xunnlar V asming o‘rtalarida ostgotlar bilan ittifoqda Galliyaga bostirib kirganlar, lekin Rim va uning ittifoqchilaridan zarbaga uchrab, Dunay pasttekisligiga qaytadilar. Bu vohada VI-VIII asrlarda alanlar yetakchi mavqega ega bo‘lganlar. Yillar o‘tib xunnlar va avarlar mahalliy xalqlar bilan butunlay aralashib ketadilar. Germanlar zarbalari ostida 476-yili G‘arbiy Rim imperiyasi qulab, 493-yili uni qulatishda faol ishtirok etgan ostgotlar o‘z qirolliklarini tuzganlar. Ostgot qirolligi Markaziy Italiyadan Dunaygacha yerlarni egallagan. Italiyaning shimolida VI asrdan yana bir german qabilasi - langobardlar joylashganlar. Shu tariqa german qabilalari G‘arbiy Yevropaga keng joylashib, o‘z davlatlarini tuzganlar. Yevropaning kuchli romanlashgan qismlarida (Galliya, Iberiya, Italiya) lotin tilining turli shevalari saqlanib, ko‘p sonli bo‘lmagan germanlar davrlar o‘tib mahalliy aholi bilan assimilatsiyalashgan. Rimning madaniy ta’siri zaif bo‘lgan (masalan, Britaniyada) gennan tillari ustunlikka erishadi. Vizantiya hududida ommaviy ko‘chishlar V-VII asrlarda slavyan qabilalari tomonidan o‘tkazilib, ular Qora va Egey dengizlaridan Adriatikagacha hududlarda joylashadilar. Yevropaning janubi-sharqiga VIII asrdan arablar bostirib kiradi. Arablar Pireney yarimorolining katta qismini egallaydilar. Pireney yarimoroli aholisiga arab madaniyati, moddiy madaniyat - kiyimlar, maishiy turmushdan - arab she’riyati, ilm-fani, me’morchiligi kuchli ta’sir etadi. Markaziy Yevropaga - Dunay havzasiga IX asrdan madyarlar (vengrlar) kelib joylashadilar. Sobiq ko‘chmanchi chorvadorlar yangi hududda dehqonchilikka o‘tishadi. Vengrlar mahalliy madaniyatdan istifoda olish bilan birga o‘z tillarini saqlab, avlodlariga o‘tkazganlar. Fin-ugor tillariga mansub venger tili hozirda davlat tilidir. Skandinaviyalik normannlar IX-X asrlarda Fransiyaning shimoliy qismini, Normandiyani egallaydi. Ular asta-sekin romanlashib, fransuz tiliga o‘tadilar, mahalliy aholi madaniyati ham ularga katta ta’sir o‘tkazgan. XI asrda romanlashgan normanlar Angliyani egallaydilar. Normannlar tufayli Angliya t'ransuzlaming kuchli ta’siriga uchraydi. 18 Aynan normann istilosi tufayli ingliz tilida roman leksikasining katta qatlami shakllandi. Shimoliy Fransiya va Angliyadan tashqari, normannlar ma’lum muddat Apennin yarimorolining janubida va Sitsiliya orolida ham ma’lum muddat yashab hukm surganlar. Yevropaga XIV-XV asrlardan janubdan Usmoniy turklar kira boshlaydilar. Ular Vizantiyani tor-mor etib, Bolqonni bir necha asrga bo‘ysundiradilar. Feodal jamiyat paytida VIII-XVI asrlarda Yevropaning qator shaharlarida yahudiylar jamoalari shakllangan. XV-XVI asrlarda esa Yevropaga loiilar kela boshlagan. Ular unchalik katta bo’lmagan guruhlar shaklida ko‘plab mamlakatlarga joylashganlar.
15.2. Zamonaviy Yevropa aholisi
Etnik va til tasnifi. Zamonaviy Yevropada bir necha o‘nlab turli xil xalqlar yashaydi]ar. Lekin qit’aning etnik tarkibi dunyoning boshqa hududlarinikiga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Yevropaning aksari ko‘pchilik aholisi hind-yevropa tillarida so‘zlashadilar. Uning eng yirik guruhlari - roman, german va slavyan tillaridir. Roman til-lariga mansub etnoslar qit’aning janubiy-g‘arbida va Dunay daryosining quyi oqimida yashaydi.
Roman guruhiga ispanlar, portugallar, galisiyaliklar, katalonlar,
andorraliklar, fransiyaliklar, vallonlar (Belgiyaningjanubida joylashgan), franko-shveysariyaliklar, monegasklar (Monakoning tub aholisi) kirib, bu etnoslar gall-roman guruhchasini tashkil etadi. Italiyaliklar, sardiniyaliklar, italoshveysariyaliklar, korsikaliklar, sanmarinoliklar - ushbu xalqlar italo-roman guruhchasini tashkil qiladi.
Romanginlar (Shveysariyaning sharqida), ladinlar (Shveysariyaning sharqi, Italiyaning shimoli), friullar (Italiyaning shimoliy-sharqida) - bu uchta kam sonli xalqlarni reto-roman guruhchasiga kiradilar. Ruminlar va aromunlar (Gretsiyaning shimoli va Serbiyada) - bu ikki xalq bolqon-roman guruhchasiga mansubdir. 19 Ayrim roman tillari bir necha xalqlar uchun ona tili sanaladi. Xususan, fransuz tili fransuzlardan tashqari, vallonlarga va frankoshveysariyaliklarga; italyan tili - italiyaliklarda juda ko‘p shevalar mavjud. Italyan tilining shevalarini namoyish qilish uchun bir ma’lumotni keltirish kifoya. 1875-yili Jovanni Bokkachcho tavalludining 500 yilligini nishonlash davomida uning novellalaridan biri 623 italyan shevaIaridao‘qilgan. Zamonaviy italyan adabiy tili toskan shevasi asosida yaratilgan.
German til guruhiga oid xalqlar Yevropaning shimoli, shimoliyg‘arbi va markazida yashaydilar. Hozirgi kunda german tillari ikki guruhga - g‘arbiy va shimoliyga bo‘linadi. 0 ‘tmishda sharqiy guruhcha ham bo‘lgan. Lekin uning bironta tili bizgacha yetib kelmagan.
Jumladan sharqiy german tillarida ostgotlar so‘zlashgan. G‘arbiy german tillarida: nemislar, avstriyaliklar, lixtenshteynliklar, germanoshveysariyaliklar (Shveysariyaning shimoli va markazida), elzasliklar (Fransiyaning sharqida), lyuksemburgliklar, gollandlar, flamandlar (Belgiyaning shimoli, Niderlandiyaning janubi), frizlar (Niderlandiya va Germaniyaning shimolida), inglizlar, shotlandlar va angloirlandlar (Shimoliy Irlandiyada yashaydilar) so'zlashadi. Ushbu guruhga (nemis tiliga yaqin) yahudiylaming idish tilini ham kiritishadi. Endilikda yahudiylar qaysi mamlakatda yashasalar, o‘sha tilda so‘zlashadilar.
Shimoliy german shoxobchasiga: shvedlar, norvegiyaliklar, islandiyaliklar, farerliklar (Daniyaga qarashli Farer orollari aholisi) va daniyaliklar kiradi.
German guruhiga kiruvchi qator xalqlar nemis yoki ingliz tillarida so'zlashishadi. Xususan, nemis tilida nemislardan tashqari avstriyaliklar, germanoshveysariyaliklar, elzasliklar (ular fransuz tilida ham gaplashadilar), 1 ixtenshteynliklar, lyuksemburgliklar (uch tilli nemis, lyuksemburg va ingliz) so‘zlashishadi. Germaniyaning o‘zida ham til bo‘yicha vaziyat qiziqarli. Nemislarda adabiy til bitta boisa-da, gaplashadigan til ikkita. Ular qardosh, lekin o‘zaro tushunarli emas. Bu Germaniyaning shimolida tarqalgan quyi nemis tili golland tiliga yaqin. Yuqori nemis tili adabiy tilning o‘zidir. Ingliz tilida inglizlardan tashqari shotlandlar, irlandlarning katta qismi va yana ayrim xalqlar so‘zlashadi. Norvegiyada til bo‘yicha vaziyat Germaniyadagiga qarama-qarshi, unda so'zlashadigan til bitta, adabiy til ikkita. Ulami birlashtirishga harakat natija bermasdan, uchinchi adabiy tilni yaratdi, lekin u keng tarqalmadi.
Yevropaning qadimgi tub aholisi - keltlar asrlar davomida german tilli va roman tilli xalqlar bilan assimilatsiyalashgan. Oqibatda kelt tilli aholi soni tobora kamaygan. Shunga qaramasdan, kelt tili guruhi Yevropada haligacha mavjud. U ikki guruhchaga boiingan: goydel (yoki gell) va britt tillari. Goydel guruhchasiga irlandlar va gellar kiradi. Britt guruhiga bretonlar (Fransiyaning shimoliy-g'arbidagi Bretan yarimoroli) va uelsliklar kiradi. So‘nggi paytlarda bu guruhga komiylami ham qo‘shmoqdalar. Komiylar, Angliyaning janubiyg'arbida (Komuoll) yashaydilar. Komiy tili uzoq payt o iik til hisoblangan. Hozirda unda 150 kishi gaplashadi. Ammo uni bir necha ming kishi o‘rganmoqda.20 Yevropada hind-yevropa til oilasining ikki mustaqil tarmog‘i boiib, ular grek va alban tillaridir. Hindoriy guruhidan - loiilar mavjud. Yevropaning uch etnosi - vengrlar, finlar va kichik xalq - saamlar (laparlar) ural til oilasining fin-ugor tarmog‘iga kiradi.