Kirish i-bob. Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda mashg’ulotlar jarayoninig tasnifi



Yüklə 53,43 Kb.
səhifə3/10
tarix24.09.2023
ölçüsü53,43 Kb.
#147762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Jismoniy tarbiya vositalari texnikasiga tavsif

Amaliy ahamiyati. Jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish
jarayonida o'quvchilarni sport mashg’ulotlariga o’rgatish yo'llarining o'rni aniqlandi. Tadqiqot natijasida umumta'lim maktablari jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilarni sport mashg’ulotlariga o’rgatish yo'llariga oid ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan samarali foydalanish mumkin.
Tadqiqotning metodologik asosi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Buyuk mutafakkirlarimiz, Sharq va G`arb
mutaffakkirlarining ta'lim-tarbiya haqidagi fikrlari, mavzuga doir ilmiy- pedagogik, psixologik, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi sohasidagi ilg`or tajribalar, “Ta'lim to'g`risida”gi qonun,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning asosiy yo'nalishlari tashkil etildi.
Tadqiqot metodlari.
Kuzatish, taqqoslash, o'lchash, testlash, pedagogik eksperiment,
pedagogik tashxis, matematik statistika.
I-BOB. JISMONIY TARBIYA DARSLARINI TASHKIL
ETISHDA MASHG’ULOTLAR JARAYONINIG TASNIFI.

1.1.Mashg’ulot jarayonining tuzilishi

Sportning har bir turida o'ziga xos maxsus yuqori darajada rivojlangan sifat va mahoratni kamolotga etkazmoq aniq yo'naltirilgan pedagogik va biologik tarbiya vositasida bosqichmabosqich amalga oshadi. Bosqichlarni mensimaslik, yetarli malakalar yig`indisi hosil bo'lmay turib, yuqori bosqichga ko'tarilishga zo'r berish maqsadga erishish muddatini uzoqlashtiradi, tanani jarohatlantirishga olib keladi.


Dasturni qayta ishlab chiqishda ko'pchilik xatolarga yo'l qo'yilishi mumkin. Bu xatolar maktab jismoniy tarbiya mazmunini chuqur bilmaslikdan yuzaga keladi. Masalan, aksariyat o'qituvchilar kichik maktab yoshidagi o'quvchilar salomatligining zaiflashib borishidan xavotirlanib, jismoniy tarbiya maqsadi shu yoshdagi bolalar salomatligini saqlashdangina iborat deb hisoblaydilar.
Yana bir toifadagi o'qituvchilarimiz jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasi o'quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishdan iborat deb nazariy mashg`ulotni jismoniy mashqlarga aylantirib yuboradilar. Hatto shunday muallimlar borki, butun o'quv yili davomidagi darslarni alohida sport turiga bag`ishlashadi. O'z mutaxassisligi bo'yicha bokschi bo'lsa, maktabdagi bolalarning hammasi bokschi bo'lishini istab, darslarni shu tomonga yo'naltiradi.
Uchinchi yo'nalish tarafdorlari esa jismoniy tarbiya darslarini o'quvchilar uchun zarur bilim beradigan harakat ko'nikmalar va malakalarni shakllantiradigan qilib tashkil etishni kifoya deb tushunadilar.
Ilmiy tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, agar jismoniy mashqlar sportning alohida turiga taalluqli bo'lsa va bu mashqlar ketma-ket takrorlanib turilsa, bu holat bolalarning bir tomonlama o'sishi, rivojlanishiga olib keladi. Masalan, muntazam tosh ko'tarish yoki shtanga bilan shug`ullanish bola gavdasi va bo'yini o'stirmay qo'yishi mumkin. Sport turlarining murakkab texnik bazasi mavjud bo'lganda ham, xususan, sport o'yinlari, gamnastika, yakka kurashlar- bular bola organizmiga, ularning garmonik o'sib ulg`ayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi. Bola organizmi jismoniy mashqlarning bir necha turlar yoki majmua (turkum) mashqlar yordamidagina har tomonlama rivojlanishi mumkin.
Ayrim o'qituvchilar, uslubchilar chet davlatlarda jismoniy tarbiyaning umumiy dasturi barcha uchun majburiyat degan bahonani ro'kach qilib, sportning ayrim turlari bo'yicha mashg`ulot olib borishni afzal ko'rishadi. Aslida xorijiy davlatlarning jismoniy tarbiya bo'yicha har birining dasturida sportning barcha turlari bo'yicha mashg`ulotlarning o'tkazilishi majburiyligi aniq ko'rsatilgan.
-Sport tayyorgarligi tomonlarining nisbati (umumiy va mahsus
jismoniy, tehnik va psihologik h.k) bir biriga bog’liqligi bilan ;
-Mashg’ulot va musobaqa yuklamalarining parametrlarining nisbati
(yuklamaning hajmi va shiddati h.k.) ;
-Mashg’ulot jarayonining har hil zvenolari o’rtasidagi ketma-ketlik va bog’liqlik (trenirovka mashg’uloti, mikro va mezotsikllar, davrlar, bosqichlar va h.k.);
-Mashq bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar jarayonida uch bosqichdagi tuzilish farqlanadi;
-Mikro tuzilish – ayrim mashg’ulotlarini tuzilishi va mikrotsikllar ;
-Mikro tuzilish o’rta sikllarni tuzilishi va mashg’ulotlarning bosqichlari;
-Mikro tuzilish – katta sikllarning tuzilishi.
Sport mashg’ulotlari hamma bo’laklarining mazmuni, vositalari, metodlari va boshqa tarkibiy qismi bir butun bo’lib bog’langandir.
Mashg’ulot mikrotsiklini tuzilishi. Shu bosqichdagi tayyorgarlik vazifalarini kompleks ravishda yechishni ta’minlaydigan, bir necha kunlar ichida o’tkaziladigan mashg’ulotlar seriyasidir, mikrotsikllarni davom etishi 3-4 kundan 10-14 kungacha.
Ko’pincha hayotda bir haftalik (7 kunlik) mikrotsikl haftalik kalendari bilan mos kelib shug’ullanuvchilarining umumiy rejimiga qo’shilib ketadi.
7 kun davom etadigan mikrotsikllarni ko’pincha haftalik sikl deyiladi.
Boshqacha ko’p yoki kam kun davom etadigan mikrotsikllarni har hil variantlarda, shu jumladan shahsiy musobaqa davrining alohida kerakli joylarida, o’tkaziladigan musobaqani davom etishiga qarab tuzilishi modellashtiriladi. Masalan: agar qilichbozlik va sport gimnastikasidan quyidagi shema bo’yicha musobaqa o’tkazilganda qilichbozlik 1- kun, shahsiy musobaqa 2-kun komandalar musobaqasi, 3- kun final.
Sport gimnastikasi 1 kun majburiy dastur.
  1. kun erkin dastur.


  2. kun ko’p kurash finali.


  3. kun ko’p kurashning ayrim turlari finali.


Bu ko’rinishda esa mikrotsikl shu sxemani o’zgartirmasdan takrorlashi shart. Mikrotsikllar kamida ikki: kumilatsion (yig’uvchi), (u yoki bu darajadagi charchash bilan bog’liq) hamda qayta tiklovchi, mashg’ulotlar harakterida tuzilgan fazodan iborat bo’ladi. Mikrotsikllarning minimal davom etish vaqti 2 kun. Yuklama olish kuni va qayta tiklash kuni bo’ladi. Ko’pincha bu fazalar mikrotsikl ichida takrorlanib, har bir mikrotsikl qayta tiklash fazasi bilan tugallanadi. Қayta tiklash fazasi hamma vaqt ham mikrotsiklni tugallamasligi uning ichida qaytarilishi ham mumkin.


Mashg’ulotlar mazmuning ketma – ketligi esa tayyorgarlik davriga, vazifasiga va qanday mikrotsikl bo’lishiga bog’liq. Katta bo’lmagan shiddatda bajariladigan, katta hajmdagi ish tez-tez qayta tiklashni talab qilmaydi, balki yuqori shiddatda katta hajmli ish bajarish mashg’ulotga qayta tiklashni tez – tez kiritishni talab qiladi.
Mikrotsiklni tuzishda oldingi va keyingi mashg’ulotlarni qaysi
tomonga yo’naltirilganligi hisobga olinishi kerak
  1. Mikrotsikl, tezkorlik va tezkorlik - kuchlilik sifatlarini optimal ish qobilyati oshgan kunlardagina qo’yib tuzishni prinsipial ravishda talab qiladi. Shuning uchun chidamlilikka quyidagidan katta talab, tezkorlikdan keyin qo’yiladi. Katta yuklamadan keyin, ko’pincha organizmni qayta tiklash uchun 24 soat vaqt talab qiladi. Aniqroq qilib aytganda, organizmda tezkorlik va chaqqonlik va tezkor kuchlilik sifatlarini tarbiyalash, hamda mashqlar tehnikasini takomillashtirgandan keyin o’rtacha 2-3 kundan keyin:


Aerob imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotdan keyin o’rtacha 5-7 kundan keyin tiklanadi. Masalan: tezkor kuchlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg’ulotni katta yuklamali mashg’ulotlar oldida o’tkazish shart.


  1. Sport formasiga kirgan yuqori malakali sportchilarda 1-2 razryadli sportchilarga qaraganda 1,5 -2 marta tez tiklanishi mumkin. Individual qobilyatiga qarab tezkor-kuchlilik mashqlaridan keyin 24-72 soatda, chidamlilikdan keyin 48-120 soatda tiklanadi. Shuning uchun shahsiy musobaqa davridagi mikrotsikldagi yuklama shunday taqsimlanishi kerakki musobaqa ish faoliyatini yuqori fazasiga to’g’ri kelsin. Bu esa optimal yuklama orqali 2-3 kun oldin hosil qilinadi. Mikrotsikllar tuzilishini aniqlovchi shart va sharoitlarga quyidagilar kiradi.


  1. Sportchilar hayotidagi umumiy rejim (o’qish va mehnat qilish faoliyati) va unga bog’liq bo’lgan ishchanlik dinamikasi.


  2. Mikrotsikldagi yuklamani umumiy kattaligi mashg’ulotlar soni va mazmuni. Bu omillarni ta’sir ko’rsatishi sport mutahassisligi hamda tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Masalan : mashg’ulotlarning mazmuni, ularning mikrotsikldagi soni, yuklamaning hajmi, har bir sport turidan yengil atletikachilarda, gimnastlarda, suzuvchilarda, kurashchilarda, bokschilar va h.kada har hil bo’ladi. Bundan tashqari boshlovchi sportchilar va yuqori razryadli sportchilar mashg’uloti jarayonida ham shunday farqni ko’rish mumkin.


  3. Mashg’ulot yuklamasi va bioritmik faktorlarga nisbatan javob berish reaksiyasining individual hususiyatlari. Shug’ullanuvchilar organizmi bir hil hajm va shiddatdagi yuklamaga bir hil javob beradi. Bu esa ularning organizmini bir hil hususiyatlariga bog’liq.


Shunga nisbatan, mashg’ulot yuklamasiga ham har hil sportchini organizmi individual moslashish (adaptatsiya) beradi. N.S.Kucherev va boshqalarni ko’rsatishiga qaraganda mikrotsikl fazalarini haftalik bioritmik fazalari bilan kelishtirish maqsadga muvofiqdir.


  1. Mikrotsikllar yuklamasining tuzilishi, siklning ichida o’zgarishi mumkin, % yuklama hajmi siklning yuqori ahamiyatiga qarab chang’ida balandlikdan sarovchilarning musobaqa davridagi mikrotsikldagi yuklamaning dinamikasi.


  2. Mikrotsikllarning tuzilishi, mashg’ulot davrlari va bosqichlarini tuzilishiga qarab, uni qaysi (joyiga qo’yish rejalashtiriladi) jarayoniga bog’liq. O’zini shakli va mazmuniga qarab tayyorgarlik davrining umumtayyorgarlik bosqichidagi mikrotsikl hech qachon shahsiy musobaqa davridagi mikrotsiklga o’hshamaydi. Hamma davrlar uchun ishlatiladigan universal mikrotsikl ham bo’lishi mumkin emas. Mashqlar kompleksining asosiy va qo’shimcha mashg’ulotlarining tartibini almashtirish, yuklama va dam oligni o’zgartirish bilan murabbiy mashg’ulot jarayonining o’sib borishini va sportchi organizmining yuqori natija ko’rsatishi uchun tayyorlab boradi. Mikrotsikllarning turlari va ularning alohida hususiyatlari. Sport mashg’ulot jarayonida quyidagi mikrotsikl turi aniqlanadi;


    • tortuvchi


    • zarbdor

    • yaqinlashtiruvchi

    • musobaqa


    • qayta tiklovchi


a) tortuvchi mikrotsikllar: katta bo’lmagan hajmdagi yuklamalardan tuzilib, sportchi organizmini shiddatli mashg’ulotlarga kiritilishiga qaratiladi. Bular fundamental davrni 1- (umumtayyorgarlik) bosqichida ishlatiladi.


b)zarbali mikrotsikllar : katta hajmdagi yuklamani shiddatli bajarishga qaratiladi. Bularning asosiy vazifasi sportchilarning organizmi moslashish jarayonini asosiy tehnik va taktik, jismoniy ahloqiy irodaviy mahsus psihologik va integral vazifalarni yechishda yordamlashishdan iboratdir. Bularni asosiy o’rni fundamental davrni 2- mahsus tayyorgarlik bosqichi va shahsiy musobaqa davrlarida ishlatiladi.
v)yaqinlashtiruvchi (modelli) mikrotsikllar – asosiy vazifasi musobaqaga yaqinlashtirishdan iboratdir. Bularni ichki qismida kelguvchi musobaqalarni rejimi takrorlanadi. Murabbiy asosan sportchini mehnat rejimiga, uning organizmini tiklanishiga, dam olishiga asosiy diqqatini jalb qilib charchatmasdan musobaqaga olib chiqishi zarur.
g) qayta tiklovchi mikrotsikllar – bular bilan ko’pincha zarbali mikrotsikllar seriyasi tugallanadi. Shuningdek shiddatli musobaqa faoliyatidan keyin ham (rejalashtiriladi) rivojlantiriladi.
d) musobaqa mikrotsikllari- musobaqada qatnashish. Bu yoki u sport turining dasturiga binoan tuziladi. Mashg’ulot mikrotsikllarini tuzish uchun quyidagilarni bilish shart.
  • sportchini rhorganizmiga, har hil hajmdagiva yo’nilishdagi yuklama qanday ta’sir ko’rsatishini;


  • yuklamalardan keyin organizmni qayta tiklanish dinamikasi va davom etish vaqtini.


  • katta jismoniy yuklamadan keyin qayta tiklanish jarayonni tezlashtirish maqsadida va o’rta darajadagi yuklamalarni ishlatish imkoniyati.


Mikrotsikllarni yuklama va dam olishni almashtirish organizmni quyidagi 3 hil tipdagi reaksiyaga olib kelishi mumkin.


  1. mashq bilan chiniqqanlikni maksimal rivojlanishiga,


  2. mashg’ulotnini ham samaradorligiga yoki uni butunligcha yo’qligiga.


v) sportchini holdan toyishi yoki madori qurishiga.


Birinchi tipidagi reaksiya – mikrotsiklda katta va anchagina yuklamali, optimal mashg’ulot soni kiritib ular o’zaro ratsional holda hamda kichik yuklamali mashg’ulotlar bilan almashtirilgan taqdirda organizmni reaksiya orqali javob berishga olib keladi.
Ikkinchi tipdagi reaksiya – mikrotsiklga kiritilgan mashg’ulotlar soni va ularning yuklamasi mashq bilan chiniqqanlik darajasiga kam ta’sir ko’rsatsa, uchinchi tipdagi reaksiya – mikrotsiklga kiritilgan mashg’ulotlar ratsional almashtirilmagan taqdirda organizmni tez reaksiya berishiga olib keladi.

Yüklə 53,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin