Kirish I. Bob. Rivojlangan urugʻ jamoasining moddiy madaniyatidagi oʻzgarishlar


Rivojlangan urugʻ jamoalarining madaniy xususiyatlari



Yüklə 75,2 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü75,2 Kb.
#207127
1   2   3   4   5   6
kurs ishi

2.1. Rivojlangan urugʻ jamoalarining madaniy xususiyatlari.
Urug‘ jamoasi bosqichi oykumenalarning ma’lum bir qismida ilk dehqonchilik yoki dehqonchilik - chorvachilik hamda yuqori darajada ixtisoslashgan o‘zlashtirish xo‘jaligining malakali ovchi, baliqchi va termachi va boshqa ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklarning taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. Ushbu bosqichning ahamiyatli tomoni shundaki, qaysiki qayerda qulay tabiiy sharoit mavjud bo‘lsa, o‘sha joylarda xujalikning birinchi shakli ikkinchisini yuzaga keltirganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning paydo bo‘lishi ibtidoiy iqtisodiyotning ulkan yutug‘i, kelgusidagi insoniyatning ijtimoyi-iqtisodiy tarixida asos, muntazam ortiqcha, keyinchalik qo‘shimcha maxsulot olish uchun muhim sharoit yaratildi. Taraqqiyot davomida aynan ortiqcha va qo‘shimcha mahlumotning olinishi, ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning rivoji ibtidoiyning buzilishiga va sinfiy jamiyatning shakllanishiga olib keldi. Mazkur burilish vaqtining aynan neolit davrida sodir bo‘lishi hamda ingliz arxeologi Gordon Chayldning iqtisodchi F.Engelsning “sanoat inqilobi” atamasiga o‘xshash taklifi, ya’ni “neolit (yoki agrar) inqilobi” nomi bilan atalgani bejiz emas.
Yuqori darajada ixtisoslashgan malakali ovchilik, baliqchilik va termachilik xo‘jaligi kelgusidagi taraqqiyot uchun ham ahamiyatli imkoniyatlar ochib berdi. Ammo ular (xo‘jalik) anchagina cheklangan bo‘lib: ularning vorislar qulay tabiiy sharoitga ega ayrim rayonlardagina ilk sinfiy darajagacha bo‘lgan bosqichga ko‘tarila olishgan.
urug‘ jamoasi ishlab chiqaruvchi xo‘jaligining shakllanishi xaqida gapirar ekanmiz, u xolda dehqonchilik va chorvachilik qachon, qayerda va qanday paydo bo‘ldi? Degan savolga atroflicha javob berish lozim bo‘ladi. Ushbu savollarga rasmiy javob deyarli bir xil ya’ni: chorvachilik taxminan paleolit davrida paydo bo‘lgan bo‘lib, o‘tgan davr maboynida arxeologik adabiyotlarda o‘nlab yillar davomida ko‘pchilik paleontolog mutaxasislarning yuqori paleolit odami itni qo‘lga o‘rgatgani va undan ovda foydalanganligi to‘g‘risida fikrlari ustunlik qilib kelardi. Mazkur tasdiqlar albatta manzilgoxlardan topib o‘rganilgan xonaki itlarning suyak qoldiqlarini o‘rganish natijasida yuzaga kelgan. Biroq yaqinda Reyi daryosining chap qirg‘og‘idagi Oberkassel manzilgohining madlen qatlamiga mansub xonakilashtirilgan itning o‘rganilishi bu boradagi tortushuvlarga chek qo‘ydi. Umuman, hozirda yuqori paleolitda itni qo‘lga o‘rgatish va undan foydalanish boshlanganligi hech kimda shubha o‘yg‘otmaydi. Bu borada aytib o‘tish lozimki mutaxassislar orasida faqatgina otni qo‘lga o‘rgatish borasida muammo yoki bir to‘xtam yo‘q. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning qayd etishicha, otning yuqori paleolit So‘nggida qo‘lga o‘rgatilgan. Shuningdek yuqori paleolit davridan boshlab it odamga ovda yordam bergan. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning (ko‘pchilik mutaxasislar uni ma’lum texnologik usullar asosida ijtimoyi maxsulotlarni muntazam ishlab chiqarilgandagina yuzaga keladi deb hisoblashadi) shakllanish aynan yuqori paleolitga xos.

Barchada qaysi madaniy o‘simlik va uy hayvoni qoldiq topilmasi eng qadimiy va u yoki bu darajada munozaradan xoli degan savolga javob qiziqish o‘yg‘otmoqda. Mazkur jarayon m.avv IX – XIII ming yillikda Old Osiyoda Falastin, suriya, Janubiy Sharqiy Turkiyada bo‘lib o‘tgan dastlabki madaniylashtirilgan o‘simliklardan bu polba – emmer (bug‘doyning bir navi),2 bug‘doy, arpa, chechevisa (yasmiq) dir. Dastlabki maxsuldor uy hayvonlar qo‘y va echikbo‘lib, keyinchalik yirik shoxli qora mol qo‘lga o‘rgatilgan va foydalanila boshlangan. Undan keyin eshak, ot, tuya, shimol bug‘usi, lama qo‘lga o‘rgatilgan.


Hozirgi vaqtda ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish va yangi tabiiy resurslarni o‘zlashtirishga olib keluvchi yagona omilni ko‘rsatib o‘tish mushkul. Mezolit davrida mavjud bo‘lgan texnik qurollanish va ov usullari dehqonchilik jamoalarini hayot kechirishi uchun yetarli darajada mahsuldor bo‘lganligidan darak beradi. Bu biz manzilgohlardagi qabristonlardagi topib o‘rganilgan kollektiv dafn shaklidan bilib olishimiz mumkin. Mantiqan o‘ylab qaraganda jamoadagi a’zolarining sonining oshishi albatta hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan oziq – ovqat miqdoriga bog‘liq bo‘lgan.
Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi ishlab chiquvchi kuchlar tarqqiyotidagi boshqa o‘zgarishlar bilan bir qatorda kechdi. Avvalo toshdan mehnat qurollari yasash texnikasi axamiyatli darajada o‘sdi. Siqib retushlash texnikasi yanada takomillashdi. Ayrim joylarda mezolit davridayoq toshlarni silliqlash yoki sayqallash shuningdek neolitda tomorqa uchun o‘rmonlarni tozalash va daraxtlarni kesish uchun nisbatan samarali bolta va teshalarga bo‘lgan zaruriyat toshlari arralash va parmolash kabi usullar keng tarqala boshladi. Mehnat ov qurollarini yasashda yangi nisbatan kattik menirallar turi: nefrit, jedent, obsidianlardan foydalanila boshlandi. Yer osti toshlarga ishlov berish (ya’ni kovlab olish) boshlandi. Dehqonchilik ehtiyoji nafaqat bolti va yana boshqa mehnat qurollarini ham takominlashtirishni talab etgan. Termachilar foydalangan kavlovchi – tayoq va sodda kesuvchi tosh pichoqlar taraqqiy etib haqiqiy motiga va o‘roqlarga aylandi g‘alla yanchgich hovonchalar xo‘jalik hayotiga keng kirib keldi. Joylarda yerni oddiy memorsiya usullaridan foydalanila boshlangan, masalan Old Osiiyodagi irrigasiya yoki Yangi Gvinsyadagi drenajlar misol bo‘la oladi.
Yuqori ixtisoslashgan ovchi, baliqchi, termachi xo‘jaliklardagi mehnat qurollarning takomillashib borishi natijasida ularning kurinishi ham o‘zgarib borgan. Quriqlikdagi ovda tuzoq, qopqonlardan, dengiz ovchiligi va baliqchilikda nisbatan taraqqiy qilgan garpun, to‘r, qarmoqlardan foydalanilgan. Mazkur davrdan o‘yma – qayiq, sudratma turlardan foydalanish keng ko‘lamda iste’molga kira boshlagan. Ishlab chiqaruvchi yoki yuqori darajada ixtisoslashgan o‘zlashtirma xo‘jalikka o‘tish jarayoni qayerdaki o‘troq turmush tarziga o‘tgan jamoalarda o‘z nihoyasiga yetdi. Shuning uchun endi ibtidoiy kulbalar o‘z o‘rnini nisbatan uzoq muddatli yerto‘la yoki yarim yerto‘la, keyinroq yer ustidagi mustahkam uylarga bo‘shatib berdi. Neolit davrida kashf etilgan to‘quvchilik va oddiy to‘qimachilik o‘simlik tolasidan tayyorlangan kiyimlardan aks eta boshladi keyinchalik teridan ham kiyimlar tayyorlana boshladi. Uy ro‘zg‘or buyumlari muhim bir kashfiyot ya’ni sopolda yasala boshlandi. Sopol buyumlar asosan ikki usulda spiralsimon tasma va aylana shaklda loyni bir – biriga yopishtirish orqali yasalgan.
urug‘ jamoasining asosiy ishlab chiqarish yutug‘i sifatida – dehqonchilik va chorvalikning shakllanishi, toshga ishlov berish texnikasining takomillashuvi, sopolning kashf etilishi, to‘qimachilik va boshqalar aynan mazkur davrda insoniyatning tajriba va bilimining ahamiyatli darajada o‘sganligidan guvohlik beradi. Shu bilan birgalikda mazkur davrda ijtimoiy mehnat taqsimoti ham yuzaga keladi. (I va II)
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ibtidoiy jamoa bosqichida ham ilk ibtidoiy jamoa bosqichida bo‘lgani kabi jamoaviy mehnatni roli katta bo‘lgan. O‘rmonlarni tozalash, chorvani boqish samarali ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish albatta bir oilaning qo‘lidan kelmagan, shu sababli jamoaviy mehnat va yerga jamoaviy egalik o‘z ta’sirini saqlab turgan. Keyinchalik so‘nggi urug‘ jamoasi bosqichi oxirlariga kelib ortiqcha mahsulotning paydo bo‘lishi mazkur prinsiplarning buzilishiga olib keldi. Yer uzoq vaqt jamoa mulki sifatida saqlanib kelinganligi Yangi Gvineya papuaslari misolida ham o‘z aksini topgan. Ularda yer avloddan avlodga o‘tish shart hisoblangan.

Jamoadagi to‘plangan oziq – ovqatlar taqsimotida har doim ham tenglikka e’tibor berilmagan bir – biriga yaqin qondosh yaqin qarindoshlik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.


Ammo ayrim holatlarda buning aksi ham bo‘lgan. Masalan yaxshi hosil olgan yoki chorvadan yaxshi nasl olgan yoki ovda omadi yurishgan ovchi maskur maxsulotlarni o‘zida qoldirgan yoki kim bilan xoxlasa o‘sha bilan bo‘lishgan hollari ham uchragan. Etnologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, papuaslarda ochqolgan papuas qarzini qaytarishni aytgan holda o‘ziga qo‘shni bo‘lgan yaqin qarindoshining tomorqasidan yamsni erkin olishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, Janubiy Amerika kubeo qabilasida bu o‘g‘rilik hisoblangan.
Oila va nikoh So‘nggi urug‘ jamoasida juft nikoh ustivorlik qilishda davom etgan. Avval bo‘lganidek guruhiy munosabatlar davrasida bu ihtiyoriy tarzda amalga oshirilgan.
Ilk ishlab chiqaruvchi ho‘jalik bilan shug‘ullanuvchilar orasida poliginya xususan sororat tartibidagi ko‘p xotinlilik, ovchilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalarda esa liverat tartibidagi poliyendriya – ko‘p erlilik keng tarqalgan edi.
Ishlab chiqarish kuchlarining tobora rivojlanishi, o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish ijtimoiy urug‘chilik tuzumining yanada rivojlanishiga olib keldi. Ilk urug‘-jamoasi – ovchi va baliqchilar jamoasi o‘rniga so‘nggi urug‘ jamoasi – dehqonchilik va chorvachilik jamoalar vujudga keldi. Jamoaning iqtisodiy asosini avvalgidek urug‘ mulkchiligi tashkil qilardi. Masalan, ur, ogorod, ovchilik, baliqchilik terim-termachilik maydonlari urug‘ga tegishli edi. Shu bilan bir vaqtda ular qabilaga ham taalluqli edi. Qabila boshliqlari qaysi urug‘-jamoasiga qaysi yerlar tegishli ekanligini bilar va nazorat qilib borardi. Boshqa ishlab chiqarish vositalari ham kollektivga, ham xususiy odamlarga tegishli edi. Oxirgisi keyinchalik rivoj topib boradi. Binobarin, ziyod mulk regulyasiya qilinib, uning bir qismi endilikda nafaqat teng ta’minlanardi, balki mehnatga qarab taqsimlanardi. Jamoatchi agar yaxshi hosil olsa yoki jonivorlardan ko‘proq qo‘y-qo‘zi olsa, baliq tutishga kirishib ko‘proq baliqqa ega bo‘lsa, bu holatda u ushbu hosildan bir qismini o‘ziga qoldirishi mumkin edi. Yoki bo‘lmasa bu mahsulotlarni kimni xohlasa o‘sha kishi bilan bo‘lishtirib olardi.
Individual mulkning rivojlanishi o‘z navbatida yangi iqtisodiy munosabatlarni keltirib chiqardi va bu holatni amerikalik K.Do Bua «foydali iqtisod» deb atadi. Foydali iqtisod faqat mahsulot mo‘l ishlab chiqarilib, uning bir qismi savdoga chiqarilganda, sovg‘a-salom qilinganda bo‘lardi. Bu urf-odat aslida ilk urug‘ jamoalari davrida paydo bo‘lib, bu hodisa keyinchalik ziyod mahsulotning paydo bo‘lishi va mehnat taqsimoti bilan bog‘liq edi. Sovg‘a-salom ishlari nafaqat urug‘-jamoa orasida bo‘lgan, qaysiki, hali bu vaqtda babbaravar taqsimlanish va ta’minlash mavjud bo‘lgan bo‘lib, bu harakat qo‘ni-qo‘shni jamoalar o‘rtasidagi aloqalarni keltirib chiqarishga olib kelardi. Sovg‘achi ijtimoiy foydali odam bo‘lib, sovg‘asining ekvivalent bahosini bilardi. Bu holat foydali iqtisodning manfaatini oshira boradi. Masalan, Trobrian orollarida yashovchi meloneziyaliklarda «kula», ya’ni uzluksiz tamom bo‘lmaydigan sovg‘a urf-odati bor bo‘lib, chig‘anoq sovg‘asi bir kishi yoki jamoalar orasida bir-biridan ikkinchisiga o‘tib yurardi va hech qanday iqtisodiy shaklga ega emas edi. Lekin bu tashvish qabila jamoalari hamda hokimiyat dohiylari orasidagi aloqalarni mustahkamlardi. Biroq foydali iqtisod urug‘-jamoalar orasida hali kollektiv mulkchilikning teng bo‘lishiga olib kelmadi. Masalan, agar odam o‘lsa, uning mulki urug‘ jamoasiniki bo‘lib qolardi. Shu bilan birga, kollektiv mulki ham bo‘lib qolardi. Asta-sekinlik bilan yashash sharoitlarining yaxshilanib borishi, aholining ko‘payishi bilan so‘nggi urug‘-jamoalari ona tomonidan yirik kollektivga birlashib, onalar uy jamoasi yoki onalar oilasi vujudga keladi. Irokezlarda bunday uy jamoalari «ovagiri» deb atalib, bir necha, hatto yuzlab qavmu qarindoshlarni birlashtirardi va ular bitta umumiy katta uyda yashardilar. «Ovagiri» a’zolari urug‘ jamoasi tomondan ajratilgan yerga egalik qilib, bu yer umumiy xo‘jalikdan iborat edi. L.Morganning yozishicha, «ovagir» jamoalar birgalikda, jamoa bo‘lib mehnat qilardilar va qo‘lga kiritilgan mahsulot jamoaning umumiy zahirasi hisoblanardi.


Yüklə 75,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin