Кirish i-bob


-rasm. Mehnat bozorining ish bilan bandlik sohasida hududiy jihatdan turlari



Yüklə 136,02 Kb.
səhifə3/14
tarix07.01.2024
ölçüsü136,02 Kb.
#205346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Хужамкулов Илхом111

1.1.1-rasm. Mehnat bozorining ish bilan bandlik sohasida hududiy jihatdan turlari.


Ish kuchining egasi uni tovar sifatida sota olishi uchun u bu ish kuchini erkin tasarruf qilish imkoniyatiga ega bo`lishi, ya`ni o`z mehnat layoqati, o`z shaxsining erkin egasi bo`lishi kerak. Faqat mana shundagina ishchi kuchi sotuvchisi va uni sotib oluvchi bozorda yuridik teng shaxs sifatida ishtirok etadi.
Munosabatni saqlash uchun ishchi kuchining egasi uni doimo ma`lum muddatga sotishi kerak bo`ladi, chunki u ishchi kuchini umuman abadiyga sotadigan bo`lsa, uning erkin inson tarzidagi maqomi ham xavf ostida qoladi.
Yevropada XVIII asr mobaynida yuzaga kelgan yirik mashinali ishlab shiqarish o`z qo`llari bilan yaratilgan ish joyiga ega bo`lmagan hamda o`z ishchi kuchini sotishga majbur bo`lgan bunday odamlarni ko`plab talab qiladi. Texnikaning rivojlanishi, yangi texnologiyalarning joriy qilinishi bilan ishlab chiqarish jarayonlarining borgan sari ko`proq qismi individual mehnat faoliyati doirasidan chiqa boshladi.
Bu yollanma mehnatdan, ya`ni ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishdan begonalashtirilgan, faqat o`z ishchi kuchining egasi hisoblanadigan kishilar mehnatidan foydalanish ko`lamining kengayishiga yordam beradi.
Mehnat bozorining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, mazkur bozorda tovar buyumli shaklda bo`lmaydi. Mehnatning tovarlar va ishlab shiqarish resurslarining yalpisidan prinstipial farqi shundaki, u inson xayotiy faoliyatining eng muhim sohasi, inson shaxsining o`zini namoyon etishi shaklidir.
Shu munosabat bilan iqtisodchilar mehnat bozorida nima sotiladi - ishchi kuchimi yoki mehnatmi va qanday atama qo`llanilishi lozim “mehnat bozori”mi yoki “ishchi kuchi bozori”mi, degan mavzuda bahslashib kelmokdalar. Amerika Qo`shma Shtatlarida sobiq mehnat vaziri xatto vazirlikning e`lon qilinadigan materiallaridan “mehnat bozori” tushunchasini chiqarib tashlashga uringan edi.
Uning ta`kidlashicha, mehnat xuddi paxta, don, neft yoki po`lat kabi sotiladi va sotib olinadi, deb hisoblansa, “mehnat bozori” xodimlarining obro`sini tushirar ekan.
Ana shu ikki tushunchaning ma`nosini olib qaraylik. Ayrim iqtisodchilar bozorda mehnatning o`zi emas, balki insonning mehnat qobiliyati ya`ni ishchi kuchi sotiladi, xali yo`q narsani sotib ham bo`lmaydi, binobarin, «ishchi kuchi bozori» atamasini ishlatish lozim deb qaraydilar.
Fikrimizcha bu borada A. Abdug`aniyev va M. Mirzakarimovalar ta`rifi va atamasi muammoning yechimini kengroq ochib beradi. Ularning fikricha “mehnat bozori” tushunchasi “ishchi kuchi bozori” tushunchasiga qaraganda kengroq mazmunga ega bo`lib, butun mehnat jarayoni bilan bog`liq ekanligini ifodalaydi. Bu jarayonda ishchi kuchi sotib olinibgina qolmay, balki uning iste`moli xam amalga oshadi.
Mehnat bozori tarkibiy qismlari o`rtasida tarkib topgan nisbatga tadbiqan “mehnat bozori kon`yunkturasi” tushunchasi qo`llaniladi. Mehnat bozori kon`yunkturasining quyidagi uch turi bo`lishi mumkin (qarang:1.1.2-rasm):


Yüklə 136,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin