Ishchi kuchiga talab. Talab iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va boshqa sohalarning mehnat bozoriga buyurtma etgan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo`jaliklardan va boshqa hayotiy vositalar bilan ta`minlanga ishchi kuchi ehtiyojning tarkibi va hajmini aks ettiradi.
Ishchi kuchining taklifi. Taklif yollanma ishga ega bo`lishidan manfaatdor ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma`lumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va booshqalar bo`yicha) tarkibini ifodalaydi.
Mehnat bozoridagi ishchi kuchining taklifi murakkab demografik tuzilishga ega. Avvalambor, aholining umumiy sonidan yollanib ishlashga qodir, ya`ni mehnat qobiliyatiga ega bo`lib, uning egasi- hodim mehnat bozoroda uni taklif qilishdan, tadbirkor esa uni o`z korxonasida belgilangan vaqt davomida foydalanish uchun yollanishidan manfaatdor qismini ajratish kerak.
Ishchi kuchining qiymati va ishchi kuchining bahosi. Aholining umumiy sonidan ikkita yirik ishchi kuchining qiymatini ajratish mumkin(qarang:1.1.5-rasm);
1.1.5-rasm. Ishchi kuchining ikki yirik qiymati.
Yollanib ishlashga qodir mehnatga layoqatli va undan yuqori yoshdagi aholi;
Yollanib ishlashga qodir bo`lmagan mehnatga layoqatli yoshdan kichik va kattaroq aholi.
Birinchi guruh quyidagi guruhlarga bo`linadi; Iqtisodiyot sektorida yollanish bo`yicha band bo`lganlar;
bo`lgan o`smirlar;
Mehnatga layoqatli yoshdan keksaroq aholi, aholi yoshi va nogironligi tufayli ishlamayotgan pensionerlar va nafaqaxo`rlarning asosiy qismi.
Mehnatga layoqatli aholi, ayniqsa uning iqtisodiy faol qismi mehnat bozorining shakllanishida asosiy demografik manbaa hisoblanadi.
Shunday qilib, shubhasizki, respublika mehnat bozorida ishchi kuchi taklifining o`sishi ko`p jihatdan aholining iqtisodiy faol qismi holati bilan belgilanadi. U esa mazkur bozordagi raqobatga ham ko`p jihatdan bo`g`liq.