Кirish i-bob


Ishchi kuchini yollashdagi raqobat



Yüklə 136,02 Kb.
səhifə7/14
tarix07.01.2024
ölçüsü136,02 Kb.
#205346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Хужамкулов Илхом111

Ishchi kuchini yollashdagi raqobat. Ishchi kuchini yollashdagi raqobatni miqdor va sifat nuqtai nazaridan tadqiq qilish maqsadga muvofiq.
Ishchi kuchi taklifininng miqdori unga ehtiyojning talablariga to`liq mos kelmaydi. Shuning uchun mehnat bozori konyukturasini ifodalaydigan ikkita o`zro bog`langan guruhlardagi omillar va shart-sharoitlar holatini ta`riflovchi miqdor va sifat ko`rsatkichlarini ajratish zarur.
Birinchi guruhga quyudagilar kiradi; iqtisodiy infratuzilma, qurilish sanoati, shaxsiy yordamchi xo`jaliklar va uyda ishlovchilar mehnatining holati; ko`p ukladli iqtisodiyot rivojlanishi sharoitlarida jamoa- shirkat, ijara, hissadorlik, xususiy, qo`shma va boshqa xo`jalilaning islohot qilinishi darajasi; tovarlar va xizmatlar, sarmoyalar, qimmatli qog`ozlar va ilmiy ishlanmalar bozorining shakllanishi darajasi; tabiiy boyliklarning mavjudligi va b.q
Ikkinchi guruhga esa quyidagilar kiradi; ma`lumot, malaka va kasbni egallanganlik darajasi; yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bilan shug`ullanuvchi o`quv yurtlarining holati; ish haqi va boshqa manbaalardan, ayniqsa shaxsiy yordamchi xo`jaliklardan olinadigan mehnat daromadlarinig darajasi; Ishsizning ijtimoiy va ruhiy holati; yollash bo`yicha ish taklif qiluvchi mehnat jamoasidagi ijtimoiy va ruhiy muhit; millatlararo munosabatlar va siyosiy ahvolning holati; milliy etnik an`analar va aholining mobilligi (safarbarligi) va boshqalar.
Mehnat bozori segmentlari. Mehnat bozori sig`imi va uning kontingentini o`rganish uchun segmentlarga bo`lish qo`llaniladi. Mehnat bozorini segmentlarga bo`lish- uni o`z chegaralari bilan xodimlar harakatini cheklaydigan barqaror alohidalangan segmentlarga (guruhlarga) ajratishdir. Odatada, sotuvchilar va xaridorlarni segmentlarga bo`lish ularni birlashtiruvchi belgilar, masalan, jug`rofiya joylashuvi, ijtimoiy demografik xususiyatlari (jinsi, yoshi), ma`lumot darajasi, malakasi, ish staji va hokazolarga qarab ro`y beradi.

1.2 Mehnat bozorini tartibga solishning nazariy-huquqiy asoslari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat aholini ish bilan ta`minlash, ishsizlikni bartaraf etish va mehnat bozorini tartibga solish bo`yicha izchil ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib boradi. Chunki mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish va yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qo`shilishning muhim manbasi bo`lib hisoblanadi.
Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O`zbekiston Respublikasining “Mehnat Kodeksi”, Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konventsiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konventsiyasida (54-bandida) ta`kidlanganidek, “Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, tadbirlar, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha tashkiloti o`rtasida:
a) mehnat sharoiti va bandlikni belgilash;
b) tadbirkorlar va mehnatkashlar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;
c) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarni bildiradi”.
Bugungi kunda respublikamiz hududida aholining sezilarli qismi faqat mavsumiy yoki vaqtinchalik ish bilan ta`minlangan hisoblanadi. Bundan tashqari, respublikamiz aholisining ko`pligi tufayli mehnat resurslarining barchasini ish bilan ta`minlash anchayin mushkul masala hisoblanib, bunda davlatning chora tadbirlari va tadbirkorlikka yo`naltirilgan qo`llab-quvvatlovchi siyosati orqali yaratilgan ish o`rinlari ham barcha ishchi kuchi taklifini to`liq mehnat bilan qondirish uchun yetarli bo`lmayabdi.
Respublikaning mehnat resurslari ortiqcha hududlari, avvalo, Andijon, Farg`ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo`lgan talabning oshishi va uning taklifi kamayishini hisoblash zarur.
Mehnat bozori va aholi bandligi muammolarining tadqiq qilishning nazariy asoslaridan ma`lumki, A.Smit va D.Rikardolar fikrlaricha, mehnat bilan ta`minlash uning qiymati – ish haqi darajasi bilan belgilanadi. Stixiyali mazmunga ega bo`lgan mehnat bozorini tartibga solish jarayonlariga kelganda esa, ularning fikricha, talab va taklifning o`z-o`zidan tartiblashi yuz berib, mehnat bozori davlatning aralashuviga zaruriyat sezmaydi.
Butun dunyo iqtisodiyotida yuz bergan uzoq muddatli inqirozlar va ishsizlikning yuqori darajasi, aholi bandligining “keynscha nazariyasi”ni yaratishga olib keldi. J.Keyns ko`rsatib berdiki, yuz beradigan jarayonlar hamma vaqt ham o`z-o`zidan tartibga solinmaydi va hukumat uzoq muddatli inqirozlar ta`sirini yumshatishi, hamda valyuta va moliya siyosati orqali, ya`ni inqiroz paytida hukumat xarajatlarini oshirish va to`liq bandlik paytida xarajatlarni kamaytirish yo`llari bilan to`liq bandlikni kafolatlashi zarur bo`ladi.
Mehnat bozorini tartibga solish va aholining himoyaga muhtoj qismlarini, shu jumladan yoshlarning bandligi muammolari, XX-asr 70-yillarida ikki bo`limdan: birlamchi va ikkilamchi bo`limlardan iborat bo`lgan mehnat bozorining ikki xillik modelini o`rganish ancha dolzarb bo`lgan edi.
G`arb iqtisodiy nazariyalariga ko`ra (neoklassik yondashuv) mehnat bozori – bu resurslaridan biri foydalaniladigan bozordir. Bu yerda zamonaviy mehnat bozori amal qilishi tahliliga to`rtta asosiy kontseptual yondashuvni ajratib ko`rsatish mumkin. Birinchi kontseptsiya asosida klassik siyosiy iqtisod nazariyalari yotadi. Bu qarashlar asosan neoklassiklarniki bo`lib (P.Samuel`son, M.Fel`dstay R.Xoll), XX-asrning 80-yillarida uni taklif iqtisodi tarafdorlari ham yoqlab chiqdilar (D.Gilder, A.Laffer va b.). Bu kontseptsiya tarafdorlari fikricha, mehnat bozori, boshqa bozorlar kabi, narxlar muvozanati asosida faoliyat ko`rsatadi, ya`ni asosiy bozor regulyatori bo`lib narx – bu yerda ishchi kuchi narxi (ish haqi) xizmat qiladi.
Mehnat bozori faoliyat ko`rsatishini tushuntirishda keynschilar va monetaristlar boshqacha yondashuvga egalar. Ular neoklassiklardan farqli ravishda mehnat bozorini doimiy nomuvozanatli bozor deb hisoblaydilar. Keynscha model (J.M.Keyns, keyinchalik R.Gordon va b.) bo`yicha, xususan ishchi kuchi bahosi (ish haqi) qat`iy belgilangan va amalda o`zgarmaydi (ayniqsa, kamayish tomonga). Modelning bu tushunchasi hech qanday izohlanmaydi, chunki u isbotlangan fakt hisoblanadi. Chunki baho (ish haqi), ushbu kontseptsiya bo`yicha bozor regulyatori hisoblanmaydi, regulyator tashqaridan kiritilishi kerak. Buni davlat bajaradi va jami talabni kamaytirib yoki ko`paytirib, yuzaga kelgan nomuvozanatlikni barataraf qila oladi.
Monetaristlar maktabining vakillari (avvalambor, M.Fridmen) ish kuchi bahosining qat`iy tuzilishidan kelib chiqadilar va bir yo`nalishda oshib borishiga asoslanadilar. Monetaristlar tomonidan ishsizlikning tabiiy darajasi tushunchasi kiritiladi, u esa mehnat bahosining qat`iyligini belgilab, nomuvozanatlikni chuqurlashtiradi va ishsizlikni keltirib chiqaruvchi mehnat bozorini tarkibiy mohiyatini aks ettiradi.

Yüklə 136,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin