Кirish i-bob



Yüklə 136,02 Kb.
səhifə9/14
tarix07.01.2024
ölçüsü136,02 Kb.
#205346
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Хужамкулов Илхом111

Birinchidan, aholining barqaror bandligini ta`minlashda tizimli va aniq yo`naltirilgan ishlarni amalga oshirish uchun mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlariga kerakli rag`batlantirish choralarini yaratish va ularning shaxsiy mas`uliyatini kuchaytirishga;
Ikkinchidan, davlat ijtimoiy sug`urtasi, mehnat va pensiya qonunchiligi tizimining barcha afzalliklari bilan to`liq qamrab olingan doimiy ish o`rinlari hisobiga aholi bandligi o`sishiga;
Uchinchidan, barqaror bandlikni rag`batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish orqali aholi daromadlari oshishiga va turmush darajasi sifati yaxshilanishiga, soliq tushumlari va pensiya ajratmalari bazasini kengaytirishga imkon yaratiladi.


1.3 Mehnat bozorini takomillashtirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi.


Respublikamiz mehnat bozorini takomillashtirish uchun xorijiy mamlakatlar tajribalarini o`rganish foydadan holi bo`lmaydi, shuning uchun biz rivojlangan mamlakatlar mehnat bozori modellarini o`rganishni maqsad qilib qo`ydik.
Rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorini o`rganish ularning o`ziga xos uchta guruh yoki modelga ajratish imkonini beradi. Bu AQSh modeli, Yaponiya va G`arbiy Yevropa modeli. Shu bilan birga Yevropa mamlakatlarining mehnat bozorlari ham bir-biridan tuzilishi va tartibga solish yo`nalishlari bo`yicha farqlanishini ta`kidlash zarur. Jumladan, Buyuk Britaniyada shakllangan mehnat bozori va uni tartibga solish mehanizmi ko`proq AQSh modeliga yaqin.
Skandinaviya mamlakatlari mehnat bozori esa davlatning aralashuvi ko`lami bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorlarini uchta yirik guruh yoki mehnat bozorlari modellariga ajratsak bo`ladi:
AQSh, Yaponiya va Shvetsiya modeli.
AQSh liberal modeli. Mehnat bozorining AQSh modeliga xos xususiyat – bozorda raqobat muhitini shakllantirish, tadbirkorlik erkinligi uchun sharoit yaratishdan iborat.
AQSHda qo`llaniladigan model iqtisodiyotni o`z-o`zini boshqarishning bozor mexanizmi asosida qurilgan, davlat mulkchiligining kichik ulushi va tovar (maxsulot va xizmat)lar ishlab chiqarish jarayonida davlatning sezilarli bo`lmagan to`g`ridan-to`g`ri aralashuvi bilan tavsiflanadi.
XXI asrning dastlabki 10 yilligida AQSH dunyoning eng yetakchi iqtisodiy mamlakati bo`lib kelmoqda. Shuningdek tez rivojlanayotgan Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarnnnng (Xitoy. Xindnston, Braziliya) yuqori sur`atlarda iqtisodiy rivojlanishiga qaramay AQSH dunyoda sifat, jahon xo`jalik aloqalaridagi o`rni va ta`sir darajasi kabi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha yetakchilikni saqlab kelmoqda.
AQSH, odatda, kapitalistik tizim deb ta`riflanuvchi tuzumga ega, biroq kapitalizm - Karl Marks tomonidan yaratilgan bo`lib iqtisodiyotning eng muhim sohalari ustidan nazorat kapitalistlarning kichik guruhi qo`lida markazlashuvini anglatgan. Bundan farqli o`laroq aksariyat amerikaliklar kapitalizmni bir to`da shaxslar emas, balki millionlab insonlarga foyda keltiruvchi “erkin ishbilarmonlik tashabbusi” tizimi ma`nosida tushunishadi. 80-yillargacha ishchi kuchi arzon bo`lganligi sababli barcha sanoat tarmoqlarida aholi yalpi ish bilan ta`minlandi. Kеyinchalik, yuqori malakali mеhnat rеsurslarining ko`pligi tufayli, ular asosan industrial tarmoqlarning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Mamlakatda 2018 aprel holatiga ko`ra jami 155 mln.dan ortiq ishchi kuchi mavjud (bundan taxminan 20 mln.dan ortiq ishchi kuchi norasmiy tarzda, fuqarolik olmaganlarni tashkil qilar ekan). Masalan, “qora ishchilar” dеb ataladigan norasmiy xorijiy fuqarolardan birgina Lotin Amеrika va Osiyo mamlakatlaridan 11 mln.dan ortiq ishchilar mavjud ekan. AQSHda ishchining ish vaqti haftasiga 34.50 soatni tashkil qiladi. AQShda iqtisodiy faol aholi asosan sanoat va xizmatlar sohasida band.
Aholining juda ozchiligi qishloq xo`jaligida faoliyat ko`rsatadi. Shularning ham 0.7% qismi fermerchilik, o`rmonchilik, va baliqchilik sohalarida faol ishchi kuchi bo`lib xizmat qiladi. Aholining sinfiy tarkibi taraqqiy etgan mamlakatlar uchun xos. Uncha katta bo`lmagan burjuaziya (taxminan 250 milliarderlar va millionerlar oilasi, bir qancha yirik va o`rta burjuaziya qatlamlari) millionlab ishchilar, xizmatchilar va mayda fermerlar mehnatidan foydalanadilar.
Amerikaliklarning o`ndan to`qqiz (9/10) qismi yollanib ishlaydi, ularning 1/3 qismi ishchilar. Qishloq xo`jaligida band kishilar soni sanoatdagilarga qaraganda 7 marta kam.


Yüklə 136,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin