Кirish i-bob


O`zbekistonda aholini ish bilan ta`minlash sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi



Yüklə 136,02 Kb.
səhifə8/14
tarix07.01.2024
ölçüsü136,02 Kb.
#205346
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Хужамкулов Илхом111

O`zbekistonda aholini ish bilan ta`minlash sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • mehnat qilish va ishni erkin tanlash huquqini amalga oshirishda barcha fuqarolarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, mansab mavqei, dinga munosabati, e`tiqodi va jamoat birlashmalariga mansubligidan, shuningdek xodimlarning ishchanlik jihatlari hamda ular mehnatining natijalariga bog`liq bo`lmagan boshqa holatlardan qat`iy nazar teng imkoniyatlarni ta`minlash;

  • kishilarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, ularda mehnat qilish va hayot kechirishda munosib sharoitlarni ta`minlaydigan unumli va ijodiy mehnat qobiliyatini rivojlantirishga ko`maklashish;

-mehnat qilishning ixtiyoriyligi;
-ish bilan ta`minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta`minlash;
-ijtimoiy himoyaga o`ta muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun mavjud ish joylarini saqlab qolayotgan va yangi ish joylarini yaratayotgan ish beruvchilarni rag`batlantirish;

  • ish bilan ta`minlash sohasidagi tadbirlarni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo`nalishlari bilan muvofiqlashtirish;

  • aholini ish bilan ta`minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishda davlat organlari, kasaba uyushmalari, xodimlarning vakillik organlari va ish beruvchilarning o`zaro hamkorligi;

  • aholini ish bilan ta`minlash muammolarini hal qilishda davlatlararo hamkorlik.

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibiy qismi hisoblangan ish bilan bandlik siyosati quyidagi asosiy maqsadlarga erishishni nazarda tutadi:

  • tarkibiy qayta qurishni rag`batlantirish asosida bo`shab qolgan xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish;

  • ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik bilan jalb qilish; - ish qidirayotganlardan har birini ish bilan ta`minlash.

Davlat mehnat bozorida raqobatbardosh bo`lmagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni ko`zda tutadi. Ya`ni, aholini ish bilan ta`minlashga ko`maklashish maqsadida tashkilotlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilanadi.
Respublikamizda aholi bandligini ta`minlash bo`yicha davlat tomonidan olib borilayotgan chora tadbirlar mehnat bozorini tartibga solishdagi asosiy vositalardan sanaladi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas`uliyatini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori respublikamizda mehnat bozorini tartibga solishda olib borilayotgan sa`y-harakatlarning yorqin namunasi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas`uliyatini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori yangi ish o`rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishda ularga amaliy yordam ko`rsatish bo`yicha aniq yo`naltirilgan va tizimli ishlar olib borishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas`uliyatini kuchaytirish, shu asosda band bo`lmagan aholini, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalarini hal qilishga qaratilgan.
Qarorga muvofiq 2017-yilning 1-iyulidan boshlab joylardagi rahbarlarni moddiy rag`batlantirish va ularning shaxsiy mas`uliyatini kuchaytirishning prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilmoqda. Unga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlariga aholi bandligi o`sishining tasdiqlangan har chorak prognoz ko`rsatkichlarini bajarganligi yoki bajarmaganligi uchun lavozim maoshining 15 foizi miqdorida mos ravishda mukofot beriladi yoki jarima solinadi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlarining birinchi o`rinbosarlariga hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga esa ular lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida huddi shunday mukofotlash yoki jarima solish choralari qo`llaniladi.
Aholi bandligi o`sishining mamlakatimiz hududlari, tuman va shaharlari kesimida prognoz ko`rsatkichlari 2018-yildan boshlab har yili O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Aholi bandligi dasturi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan aholi bandligining manzilli hududiy dasturlari bilan belgilanadi. 2017-yilning uchinchi va to`rtinchi choraklarida aholi bandligi o`sishining O`zbekiston Respublikasi hududlari kesimida prognoz ko`rsatkichlari qabul qilingan mazkur qaror hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, nizomda band bo`lgan aholi soni va uning o`sishi to`g`risidagi ma`lumotlar soliq xizmati organlari va byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining ma`lumotlar bazasidagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga sug`urta badallarini to`lovchi jismoniy shaxslarning identifikatsiya raqami (STIR) asosida shakllantiriladi.
Nizomga muvofiq mehnat hududiy boshqarmasi, davlat soliq boshqarmasi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi boshqarmasi aholi bandligi o`sishi prognoz ko`rsatkichlarining bajarilishi to`g`risidagi ma`lumotlarni har chorakda shakllantirib, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hamda O`zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga taqdim etadilar.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari olingan ma`lumotlar asosida uch ish kuni davomida tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning birinchi o`rinbosarlarini mukofotlash yoki ularning lavozim maoshlaridan jarima undirish to`g`risida qaror qabul qilishlari lozim.
Shu bilan birga, qarorda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining aholini ish bilan ta`minlash bo`yicha shaxsiy mas`uliyatini kuchaytirish to`g`risida me`yor ko`zda tutilgan bo`lib, unga ko`ra tasdiqlangan prognoz ko`rsatkichlari uzluksiz ikki chorak davomida yoki yil davomida uch chorakda bajarilmagan taqdirda ularning egallab turgan lavozimlariga noloyiqligi masalasi ko`rib chiqiladi.
Mazkur qarorning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga:

Yüklə 136,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin