Xodimlar taqchilligi, bunda bozor mehnat taklifi kamligini boshdan kechiradi.
Ishsizlik, bunda mehnat bozorida mehnat taklifi ortig`i bilan bo`ladi.
Muvozanat, bunda mehnatga talab mehnat taklifiga mos keladi.
Mehnat bozorining ishlashi ishchi kuchini mehnatni tadbiq etish sohalari, xalq xo`jaligi tarmoqlari, korxonalar, tashkilotlar, firmalar o`rtasida qayta taqsimlash erkinligining yuqori darajada bo`lishini nazarda tutadi. Bu eski ish joylarining qisqartirilishi va tugatilishi hamda yangi ish joylarining tashkil etilishi bilan birga bog`lik bo`lgan sarmoyaning erkin kirib kelishi natijasida ishlab shiqarish kuchlarini joylashtirishda o`zgarishlar sodir bo`ladi degan ma`noni anglatadi.
Mehnat bozorining funksiyalari va tarkibiy elementlari
Mehnat bozori ijtimoiy-mehnat munosabatlarida muhim o`rin tutadi. Mehnat bozorining mohiyati va bozor iqtisodiyoti tizimidagi o`rni uning funksiyalarida aks etadi. Mehnat bozori quyidagi funksiyalarni bajaradi.
Mehnat bozori bozorning boshqa turlari (tovar, kapital, valyuta, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk va bozorlar)ga qaraganda qator o`ziga xos xususiyatlarga ega( qarang:1.1.3-rasm):
Ijtimoiy-psixologik, shuningdek, pulsiz omillarning muhim o`ringa ega ekanligi, ya`ni ish beruvchi va yollanma ishchi o`rtasidagi bitim (mehnat sharoitlari, jamoadagi ahloqiy-ruhiy muhit, kasbiy o`sish va hokazolar)ning mavjudligi;
Bitimlarni yuksak darajada individullashganligi, Ular turlicha, chunki har bir xodim o`zicha noyob, har bir ish o`rni boshqasidan farqlanadi, nomzoddan maxsus ko`nikmalar bo`lishini talab etadi.
Sotuvchi va haridor o`rtasidagi aloqalarning davomiyligini uzoqligi va hokazolar.