Кirish i-bob


-rasm. 2017yil maydan 2018 yil aprelgacha ishsizlik darajasi foizda



Yüklə 136,02 Kb.
səhifə10/14
tarix07.01.2024
ölçüsü136,02 Kb.
#205346
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Хужамкулов Илхом111

1.3.1-rasm. 2017yil maydan 2018 yil aprelgacha ishsizlik darajasi foizda.


AQSh da ishsizlik darajasi 2017 yilda o`rtacha 4.1% ni tashkil etgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2018 yilning apreliga kelib 3.9% gacha tushgan. 1948 yildan buyon ishsizlikning eng yuqori darajasi 10.8% ni tashkil etgan bo`lsa, eng past darajasi 2.5% ni tashkil etgan.
Yaponiya modeli. Mehnat bozorining Yaponiya modeliga xos xususiyat “umrbod yollash” tamoyilidir. Bu tamoyilga asosan ishlovchilar ma`lum yoshga yetgunga qadar bandlik kafolatlanadi. “Umrbod yollash” tizimi ish haqi, mukofotlar, ijtimoiy to`lovlar ko`rinishidagi moddiy boyliklarning miqdori oshib borishini ko`zda tutadi. Umrbod yollash bilan kadrlarni korxonada ko`p yillar davomida qolishi ta`minlanadi, shu bilan birga malaka firma ichida oshiriladi, bu esa texnika va texnologiya rivojlanishiga mos ravishda qisqa davr ichida kadrlar malakasini oshirish imkonini beradi.
Ishsizlik Yaponiyada oxirgi paytlarda oshayotganiga qaramasdan, xalqaro standartlardan anchagina past hisoblanadi. Ishsizlik darajasi 2018 yilda 2.5% ni tashkil qilgan bo`lsa, 2002-yilda eng yuqori 5.50% darajasiga erishgan.
Ishsizlikning eng past ko`rsatkichi 1% ni tashkil etgan bo`lib, u 1968 yil noyabr holatiga to`g`ri kelgan. 2001-yilda mamlakatda barcha ishchi kuchi 67 mln kishini tashkiletdi. 2008-yilda boshlangan jaxon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi boshqa mamlakatlarga ta`siri kabi Yaponiyani ham chetlab o`tmadi. «Yaponiya modeli» deyarli 150 yil davomida o`z xususiyatiga ega bo`lib tashkil topgan. Yaponiya modelining Yevropa mamlakatlari va AQSH modellaridan farqi - jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida davlatning yuqori darajada qatnashuvidir. Yapon modeli - vatanparvarlik tuyg`usi asosida yaratilib, eng avvalo, sanoat mahsulotlarini eksport qilinishi evaziga xorijiy valyutasini tushirish va tushgan valyuta evaziga yetakchi xorijiy mamlakatlardan eng zamonaviy texnologiyalarni sotib olish, yuqori mehnat unumdorligiga erishish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash kabilarni o`z ichiga oladi.

Yüklə 136,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin