1.3.2-rasm. 2017-yil Apreldan 2018-yil martgacha ishsizlik darajasi foizda. Yaponiyada 2018-yil Mart oyida ishsizlar soni 1730 mingni tashkil etdi. Bu ko`rsatkich fevral oyida 1690 mintani tashkil qilgan. Ishsizlar soni o`rtacha 1663,28 ming kishini tashkil qiladi. Yaponiyada boshqa ruvojlangan mamlakatlarga nisbatan ishsizlik darajasi pastroq hisoblanib, 1970-1990-yillarda 2,1% ni tashkil etgan bo`lib, o`sha paytda Amerikada ishsizlik darajasi 6,7% ni tashkil qilgan.
Shvetsiya modeli. Mehnat bozorining Shvetsiya modeli faol bandlik siyosatini amalga oshirish bilan bog`liq. Shvetsiyada yaqin vaqtchgacha mehnatga layoqatli aholi bandlik darajasi yuqori bo`lib ishsizlik darajasi juda past ko`rsatkichda edi (1,4%). Shvetsiyada davlatning mehnat bozoridagi siyosatida ishsizlarni ijtimoiy ҳimoya qilish alohida o`rin tutadi. Bunda davlat tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
ishsizlarga nafaqa berish;
ularga to`g`ri keladigan ish joylarini topishda ko`mak berish;
ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash;
yangi ish joyi, yashash joyini o`zgartirishni talab etsa, ko`chishda moddiy yordam berish;
Shvetsiyada ishsizlik darajasi 2018-yil aprelda 2017- yil maydagiga nisbatan 0.4% ga tushgan. Ishsizlar soni o`tgan yildagiga nisbatan 20 mingga kamaygan va 346 mingtani tashkil etgan. Band aholi soni esa 77 mingga ko`payib, 5.043 milliontani tashkil etgan.
Shvetsiyada ishsizlik darajasi mehnat resurslari orasidagi faol tarzda ish qidirayotgan aholi soni bilan hisoblanadi. Shvetsiyada 1980-yildan buyon ishsizlikning eng yuqori darajasi 10.5% ni tashkil etgan bo`lsa, eng past darajasi esa, 1.3% ni tashkil etgan.
XULOSA
Mehnat bozori tuzilishi, uning asosiy sub`ektlari va ularning funksiyalarini chuqur tahlil qilgan holda va mehnat bozorini tartibga solishning yo`nalishlarini tahlil qilib chiqqanimizdan keyin quyidagi xulosalarni chiqarish imkoniyati yuzaga keldi:
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda mehnat bozorining ahamiyatini yoritib berishda yaqin istiqbolda mamlakatimiz mehnat salohiyati oshib borar ekan, ushbu tendensiya mazkur salohiyatdan samarali foydalanish va ularni iqtisodiyotning turli jabhalariga safarbar etish choralarini ko`rishni talab etadi.
Bunda davlat o`rta va uzoq muddatga mo`ljallangan maqsadli dasturlar ishlab chiqishi lozim bo`ladi. Chunki maqsadli kompleks dastur mehnat bozorining kelajakdagi faoliyatida asosiy tadbirlarni ishlab chiqishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun mehnat bozori faoliyatining maqsadli kompleks dasturini amalga oshirishga alohida ahamiyat berish kerak.
Mehnat bozorini tartibga solishda xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish yo`nalishlari ochib berilar ekan, rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorini o`rganish ularning o`ziga xos uchta guruh yoki modelga ajratish imkonini beradi. Bu AQSh modeli, Yaponiya va G`arbiy Yevropa modeli. Shu bilan birga Yevropa mamlakatlarining mehnat bozorlari ham bir-biridan tuzilishi va tartibga solish yo`nalishlari bo`yicha farqlanishini ta`kidlash zarur. Jumladan, Buyuk Britaniyada shakllangan mehnat bozori va uni tartibga solish mehanizmi ko`proq AQSh modeliga yaqin. Skandinaviya mamlakatlari mehnat bozori esa davlatning aralashuvi ko`lami bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorlarini uchta yirik guruh yoki mehnat bozorlari modellariga ajratsak bo`ladi: AQSh, Yaponiya va Shvetsiya modeli.
Mehnat bozorining shakllanishi xususiyatlari yoritishda mehnat resurslari balansiga ko`ra, ish bilan band aholi tarkibi iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar, iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslardan iborat ekanligi aniqlandi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, yuqoridagi uch toifadagi bandlar soni ortib bormoqda.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, iqtisodiyotning rasmiy sektorida band aholi tarkibida yuridik shaxs bo`lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro`yxatga olingan fuqarolar, dehqon xo`jaliklarida ish bilan bandlar soni ortgan, aksincha yirik biznesda, kichik korxonalar va fermer xo`jaliklarida ish bilan bandlar bandlar soni kamaygan. Fermer xo`jaliklarida ularning yer maydonlarini optimallashtirish bo`yicha olib borilgan tadbirlar tufayli ushbu xo`jaliklar soni kamaydi.
Mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga bo`lgan talabning muvozanatiga erishish yo`llarini aniqlashda bozor munosabatlari sharoitida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish – to`la va samarali ishbilan ta`minlashga ko`maklashuvchi eng muhim omillardan biri bo`lib, unga aholini ijtimoiy himoya qilish choralarining bir turi sifatida qaralishiga e`tibor qaratildi. Yangi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitda kadrlardan yuksak saviya, ijodiy tashabbus, zamonaviy iqtisodiy fikrlash, ishning yangi uslub va ko`nikmalarini egallash talab qilinadi.
Ish o`rinlari tashkil qilishning asosiy moliyaviy manbalari – iqtisodiyotning ayrim korxonalarini va iqtisodiyot tarmoqlarini qo`llab-quvvatlashga yo`naltiriladigan O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg`armalar mablag`lari, muhim investitsiya loyihalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`lari, chet el investitsiyalari, tijorat banklari kreditlari, korxonalar mablag`lari, aholining yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va yuritishga mo`ljallangan mablag`laridan iborat.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, mehnat resurslarining soni yuqori sur`atlarda oshib borishi bilan birgalikda, ularning ish bilan bandligi ham oshib bormoqda. Butun mamlakatda kuzatilayotgan iqtisodiy nofaol aholi hissasining oshib borishi sharoitida viloyatda mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholining hissasi oshib, iqtisodiy nofaol aholining hissasi esa kamayib borishi yuz bermoqda. Bunga mehnat bozorini davlat tomonidan oqilona tartibga solish borasida olib borilgan faoliyat tufayli erishilmoqda.