So’zma-so’z tarjima: “Men bu chaqaloqni topib olganimda u hali gapira olmasdi. O’tmishi haqida ham hech narsani eslay olmasdi. Faqat uning hirgoyilarigina biz hech qachon bila olmaydigan o’tmishdan bizga xabar berardi”.
Endi kanizakning ovdan keyingi taqdiri bilan bog’liq o’rinlarni qiyoslasak. Nizomiyda ov paytida kanizakning “mashqning natijasi” degan gaplaridan Bahrom g’azablanib, o’z sarkardasiga Fitnani o’ldirishni buyuradi, lekin Fitna tadbir ishlatib omon qoladi. Dehlaviyda Bahrom Diloromni otdan tushirib yuborib, bir o’zini sahroda qoldirib ketadi. Navoiyda esa g’azablangan Bahromning farmoni bilan uning odamlari Diloromni uzun sochlariga bog’lab, sahroda qoldirib ketadilar:
Mahddin oyni chiqordilar, Bir biyobong’a elta bordilar.
Har giyohi aning nechukkim o’q, Davrida necha kunchilik suv yo’q. Jonivar umrini qilurg’a taboh, Butmay anda bag’ayri zahr giyoh. Ikki gisusidin kamand aylab,
Tashladilar g’ulula band aylab
“Sarandibning uch shahzodasi” asarida ham Bahrom Navoiy Bahromi singari yo’l tutadi, uni o’rmonga haydab yuborishlarini talab qiladi:
“Take her away; take her far away…Let her be driven into the darkest forest and there be devoured by beasts” (Three princes of Serendip).
Dostları ilə paylaş: |