Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni


Ispaniyada uyg’onish davri adabiyoti



Yüklə 301,15 Kb.
səhifə30/43
tarix02.01.2022
ölçüsü301,15 Kb.
#37316
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Jahon adabiyoti yakuniy

Ispaniyada uyg’onish davri adabiyoti


XV asrning ikkinchi yarmidan Ispaniyaning ijtimoiy hayotida absolyut hokimiyat tashkil topa boshlaydi va bu o’z navbatida adabiyot taraqqiyotiga ta’sir etmay qolmadi.

Bu davrga kelib mamlakat yerlarini qayta qo’lga kiritish harakati boshlanib ketdi, rekonkista harakati asosan tugallandi. G’arbiy yevropaning boshqa mamlakatlarida bo’lgani kabi, Ispaniyada ham, o’sha vaqtda unga qaram Portugaliyada ham savdo- sanoat rivojlanib, kapitalistik munosabatlar tug’iladi. Gumanistik dunyoqarashning shakllana borishi bilan feodal jamiyati va uning urf-odatlariga qarshi kurash kuchayadi. Lekin Ispaniya viloyatlarida burjua munosabatlarining sekinlik bilan o’sishi, har bir o’lkaning o’z qonun-qoidalari bo’lishi va, shuningdek, rekonkistaning uzoqqa cho’zilganligi sababli absolyutizm butun mamlakatni bir milliy davlat tevaragiga birlashtira olmaydi. Qirollik hukumati shaharlar bilan ittifoq tuzib, feodal tarqoqligiga chek qo’ya olmaydi.

XV asrda yevropaning boshqa mamlakatlarida yirik monarxiyadan iborat davlatlar paydo bo’lib, ular «madaniylashtiruvchi markaz» sifatida xizmat qilgan bir vaqtda Ispaniyada bunday markazlashgan hokimiyat hali yo’q edi. Feodal aristokratiya

o’zining yaramas odatlarini saqlagani holda inqirozga uchraydi. Shaharlar esa yangi zamonga xos ma’no kasb etmasdan, o’zlarining o’rta asr kuch-qudratlarini yo’qotadilar.

Savdo-sanoat ishlarida ham tushkunlik ro’y beradi. Amerikadan keltirilgan oltin mamlakatning xo’jaligini izdan chiqaradi. Chetdan mol sotib olish foydaliroq bo’lib chiqadi. Oqibatda, dehqonlar xonavayron bo’ladi. Mustamlaka xalqlarini talash va ezish kuchayadi, moddiy boylik ishlab chiqarish haddan tashqari qisqarib ketadi. Oltin zapasi tugagach, xo’jalik hayotida yana og’ir vaziyat yuzaga keladi. Absolyutizm mamlakatda iqtisodiy kuchning o’sishi va burjua munosabatlarining rivojlanishiga to’siq bo’lib qoladi, natijada yagona milliy davlat o’rnatilmaydi. Zulmga qarshi bosh ko’tarib chiqqan xalq harakatini bostirish uchun absolyutizm harbiy-politsiya tartiblarini o’rnatadi. Ispan monarxiyasi yevropa feodal reaksiyasining tayanchi edi. Katolik cherkovi esa xalqni qullikda saqlash uchun qirol hukumatiga yordam beradi. Ozodlikka bo’lgan har qanday intilish taqiqlanib, juda ko’p gunohsiz kishilar inkvizitsiya jazosiga duchor bo’ladi.

XVIasrning ikkinchi yarmilarida, Filipp II (1556-1598) hukmronlik qilgan davrda, mustabid hokimiyat siyosiy va iqtisodiy tushkunlikka uchraydi. Niderlandiya qo’ldan ketadi. Angliyani bosib olish uchun yuborilgan Ispaniyaning «Engilmas Armada» floti tor-mor etiladi (1588), mamlakatda feodal-katolik zulmi kuchayadi. Ilgari Ispaniyadan yahudiylar quvilgan bo’lsa (1492), endi o’troqlashib qolgan mavrlar haydaladi (1609). Bu voqealar mamlakat xo’jaligiga, so’zsiz, salbiy ta’sir ko’rsatadi.

XVII asr o’rtalariga kelib Ispaniya o’zining ilgarigi qudratidan mahrum bo’ladi, keyinchalik u mustamlakalaridan ajralib, kuchsiz davlatga aylanib qoladi. XVI– XVII asrlar mobaynida davom etgan dehqon qo’zg’olonlari esa absolyutizm krizisini yana ham chuqurlashtirib yuboradi.

Ispan Uyg’onish davri adabiyoti XV– XVI asrlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, mamlakat tarixiy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq ravishda shakllanib, unda ilg’or gumanistik g’oyalar targ’ib qilinadi.

Bu adabiyotning dastlabki bosqichi (XV asr oxiri, XVI asrning birinchi yarmi)dagi yirik shoirlardan biri Fernando de Erreradir (1534– 1597).

Bu davrda lirika janriga nisbatan epik poeziya keng ko’lamda rivojlanadi. Tarixiy, ta’limiy-didaktik, afsonaviy, diniy va boshqa turdagi poemalar yuzaga keladi. Chunonchi, Ersilya(1533– 1594)ning katta epopeyasi «Araukana»da hind-araukan qabilasidan bo’lgan chiliylarning ispan hukmronligiga qarshi ko’targan qo’zg’olonlari tasvirlanadi. Asarda qabila qahramoni Kaupalikanning mardona kurashi, ayollarning sevgi sarguzashtlari tasvirlanadi. Poema o’sha davr Ispaniya uchun xarakterli kayfiyat – yangi mustamlakalarni bosib olish, mahalliy xalqqa «ma’rifat» tarqatish kabi intilishlarni aks ettiradi.

XVI asrda yashagan yirik portugal yozuvchisi Luis de Kamoens (1524/25-1580) ijodida davr ruhi muvaffaqiyatli gavdalanadi. Kamoens bir necha komediya, bir qator she’r, shu jumladan baxtsiz sevgini ifodalagan 350 dan ortiq sonet yozadi. Lekin u, asosan «Luziada» poemasi bilan mashhur. Asar Vasko de Gamaning Afrika orqali Hindistonga yo’l topishi va portugallarning bu mamlakatga kirib borishini tasvirlaydi. Shoir jamiyatdagi nuqsonlarni, saroy ahlining munofiqligini va hukmronlarning og’ir

soliqlar solib xalqni ezayotganligini ayamay fosh etadi. Poemada sinfiy qarama- qarshiliklar, ritsar sarguzashtlari, koloniyalarni bosib olishga intilish kabi davrning xarakterli xususiyatlari aks ettiriladi. Asarning ahamiyati shundaki, u insonning tabiatni o’rganishga qaratilgan faoliyati va urinishlarini qiziqarli qilib tasvirlash bilan birga, poeziyada realistik uslubning rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi. Ersilya va Kamoens ijodlariga Gomer, Vergiliy kabi shoirlarning ta’siri bor edi. Bu ta’sir ularning poemalarida realistik epizodlar bilan birlikda fantastikaga berilishda ko’zga tashlanadi.

XVI asr ispan adabiyotida lirik va epik Ritsarlik romani poeziyaga qaraganda romanchilik keng rivojlanadi. Inson istak-orzulari, irodasi va kurashining yana ham to’laroq aks ettirilishi bilan bu janr alohida o’rin tutadi. Bu davrda romanning xillari ko’p bo’lib, ulardan biri ritsarlik romani edi. Bu turdagi romanlarda ritsar sarguzashtlari ifodalangan poema syujetlari qayta ishlandi, davr ruhiga moslandi, shuningdek, ularda harbiy qahramonliklar tasvirlandi.

Feodal-aristokratik dunyoqarashni ifodalagan va o’rta asrlarda keng tarqalgan ritsar romanlaridan eng mashhuri «Amadis Galskiy»dir. Bu romanda Amadisning sirli tug’ilishi, uni onasi qutiga o’tqazib, suvga tashlab yuborishi, bir ritsarning qutini ushlab olib, bolani tarbiya qilishi, voyaga yetgan Amadisning Britaniya qirolining qizi Orianaga sevgisi, sevgilisiga erishish yo’lida ko’rsatgan qahramonliklari tasvirlanadi. Amadis juda ko’p mashaqqatlarni boshidan kechirib, dunyoni kezib chiqadi, Rim imperatorini yengadi, Konstantinopolga bostirib kiradi. Pirovardida, qahramonlik bilan o’z muhabbatini isbotlab Orianaga uylanadi.

Amadis haqidagi bu asar bema’ni ritsar sarguzashtlarini ko’rsatsa ham, lekin unda yuksak badiiy qimmatli epizodlar ham yo’q emas. Servantes «Don Kixot» romanida ritsar romanlarini qattiq qoralaydi. Lekin «Amadis»ni ritsar romanlaridan eng yaxshisi, deb baholaydi.

XVI asr oxirlarida rivojlangan va demokratik xarakter kasb etgan «Aiyerlik» romanida oddiy turmush manzaralari tasvirlanadi va shuning uchun ham, u aristokratik tabaqalarning didini aks ettirgan ritsarlik va pastoral (cho’ponlik) romanlaridan tubdan farq qiladi. Fernando de Roxasning dialog shaklida yozilgan

«Selestina» (XV asr oxiri) asari shu tipdagi romanning dastlabki namunasi hisoblanadi. Bunda ikki sevishgan yosh Kalisto bilan Melibeyaning fojiali sevgisi hikoya qilinadi. Yozuvchi ispan adabiyotida birinchi bo’lib ideallashtirilmagan sevgini, yoshlar muhitini realistik bo’yoqlarda tasvirlaydi. Sevishganlar o’rtasida turgan vositachi Selestina va u bilan o’lja talashgan yordamchilari qilmishlarining tasviri xarakterli. XVI asr o’rtalarida mamlakatda qashshoqlikning avj olishi, yengil hayot kechirishga intilish har xil avantyuraga berilishlarni kuchaytirib yuboradi. Katta-kichik tovlamachilar, yulg’ichlar, o’g’rilar pikaro (ayyor, firibgar) deb atalar edi. Bu haqdagi asarlarning «ayyorlik» romani deb atalishi ham shu bilan izohlanadi. Odatda, bu tipdagi asarlarda bolalik vaqtida uydan qochib ketgan yoki ota-onasining qashshoqligi natijasida ko’chaga haydalgan «ayyor»ning tarjimai holidan bayon etiladi. Tirikchilik o’tkazish maqsadida ayyorning qilmagan ishi qolmaydi. U bir xo’jayin qo’lidan ikkinchisiga o’tib turadi. Turmushning achchiq-chuchugini totib, katta tajriba orttirgan «ayyor» o’zining hayot yo’li haqida «Xotiralar» yozishga kirishadi. Qahramon sarguzashti orqali ijtimoiy

muhitni aks ettirish o’sha davr ispan hayotining satira ostiga olinishiga yo’l ochadi. Adolatsizlikka asoslangan ijtimoiy tuzum kambag’allarni qashshoqlik girdobiga tortadi, munofiqlik va ayyorlikka zamin hozirlaydi. Roman qahramonlari insoniy qiyofasini yo’qotish evaziga «muvaffaqiyat»ga erishadilar. Ayyorlik romanlari feodal absolyutizmiga qarshi demokratik ruhni ifodalashi, realistik tasvirning chuqurligi bilan shu davr ispan adabiyotining yuqori cho’qqilaridan birini egallaydi. XVI asr o’rtalarida yaratilgan bu janrning dastlabki namunasi «Tormeslik Lasorilo» hajm jihatidan kichik bo’lsa ham, lekin satirik jihatdan kuchliligi bilan Erazm Rotterdamskiyning

«Nodonlikning maqtoviga tenglashib boradi.

«Tormeslik Lasorilo» romanida kambag’al beva onasidan ajralib, mustaqil hayot kechirishga kirishgan sakkiz yashar bolaning sarguzashtlari beriladi. Bola ko’r gadoyga yetakchilik qiladi, biroq unga tushgan sadaqaga sherik bo’lgisi kelmaydi. Tirikchilik o’tkazish uchun u turli hiyla-nayranglar ishlatadi. Xasis ruhoniy qo’lida xizmat etgan va och qolib, uning nonini o’g’irlagan Lasorilo qattiq kaltaklanib haydab yuboriladi. So’ngra u bir ritsarnikida yuradi, bipoq bu xo’jayin o’z xizmatkoridan ham nochor yashaydi. Yana ko’p kishilar eshigida dastyorlik qilsa ham, Lasoriloning ahvoli yaxshilanmaydi. U politsiya pristaviga yordamchi bo’lib xizmatga kirgandan keyingina, xo’jayinning qonunsiz daromadlaridan bir qismini egallab, uy-joy va boylik orttiradi.

Fransisko Gomes de Kevedo (1580– 1645) ijodida «Ayyorlik» romani yuqori bosqichga ko’tariladi. Aristokrat muhitidan chiqqan Kevedo bir qancha yuqori mansablarda ishlaganligiga qaramay, hukmron doiralarning adolatsizligini, xalqqa qilayotgan zulmini tanqid qiladi. Shuning uchun ham Kevedo ta’qib ostiga olinadi va qamaladi. Bu narsa uning sog’lig’iga yomon ta’sir etadi. Kevedo «Segoviyalik don Pablos deb ataluvchi qallobning hayot tarixi» (1626) satirik kitobida dvoryanlar axloqining buzilganligi, ruhoniylarning munofiqligi, qirollik hukumatining yaramasliklarini hajviy yo’sinda aks ettiradi. U faqat roman emas, pamflet, poema, sonet va romanslar ham yozadi.

Kevedo satirik-pamfletchi sifatida xalq qonini so’rib yurgan iyezuitlar, ochko’z chinovniklar, tekinxo’r savdogarlar, olg’ir burjua guruhlarini qattiq qoralaydi. «Sinor Dinero» («Janob Aqcha») she’rida shoir oltinning dahshatli qudratini, u orqali odamlarning qul qilinishini ochib tashlaydi. «Hamma narsa va yana boshqa ko’p narsalar haqida kitob»ida eski urf-odatlar, munajjimlar, pedantizm, ikkiyuzlamachilik va tovlamachiliklarni ayamay fosh etadi. «Videniye»lar sikli («Ostin-ustin dunyo»,

«Dahshatli sud videniyesi», «Do’zax videniyesi»)da Kevedo har qanday mansabdor va ruhoniy ham hayoti dor ostida tugaydigan o’g’ri va bosqinchining xuddi o’zi, bu dunyo azoblari do’zax dahshatlaridan yengil emas, deydi.


Yüklə 301,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin