Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni


O’RTA ASRLAR G’ARB ADABIYOTI



Yüklə 301,15 Kb.
səhifə25/43
tarix02.01.2022
ölçüsü301,15 Kb.
#37316
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Jahon adabiyoti yakuniy

O’RTA ASRLAR G’ARB ADABIYOTI


Reja:

  1. Sharq va G’arb qahramonlik eposlarining mushtarak jihatlari.

  2. Fransuz, ispan, nemis qahramonlik eposlari.

  3. O’rta asrlarda shahar adabiyoti va uning janrlari.


Germaniyada gumanistik harakat XVI asrning o’rtalarida boshlanadi. Shaharlarning o’sishi savdo va sanoatning rivojlanishi insonparvarlik qarashlarining tug’ilishiga zamin tayyorlaydi. Nemis gumanistlari grek va rim klassiklarining asarlari orqali qadimgi kishilarning dunyoviy, xushchaqchaq hayoti bilan tanishdilar, shu tarzda antiklikning «porloq obrazlari oldida o’rta asrning sharpalari ko’rinmay ketdi». Ilg’or nemis gumanistlari o’zlarini antik adabiyot, san’atning merosxo’rlari deb sanaydi. Germaniyani esa o’rta asr jaholatidan holi, birlashgan mamlakat qiyofasida ko’rishni xohlaydilar. Ular o’z kurashlarida Italiya gumanistik madaniyati yaratgan ma’naviy boyliklardan foydalandilar. Savdo-sotiq keng rivojlangan Nyurenberg, Strasburg, Augsburg kabi nemis shaharlari Germaniyada gumanistik harakatning rivojlanishi va yoyilishida muhim rol o’ynaydi. Italiya bilan savdo va madaniy aloqalar olib borgan bu shaharlardan yetishib chiqqan mutafakkirlar o’zlarini italyan gumanistlarining shogirdlari deb hisoblaydilar. Ularning ko’pchiligi Uyg’onish harakatining beshigi hisoblangan Italiyada ta’lim oladilar. Dastlabki nemis gumanistlaridan biri va papaning ashaddiy dushmani bo’lgan yurist Gregor fon Geymburg 1410-1472 yillarda yashagan. Qadimgi Rim yozuvchilarining asarlarini keng yoyishga uringan va Germaniyaning turli universitetlarida ishlagan filolog–gumanist Peter Luder va Samuel Karoxlar shular jumlasiga kiradi. Germaniyaning janubiy shaharlarida me’morchilik, rassomlik san’ati rivojlangan edi. Nyurenbergda astronom Regmomontanus, geograf Bexeym shuningdek, buyuk nemis gumanisti rassom Albrext Dyurer yetishib chiqadi.

Nemis gumanistlarining ko’pgina asarlarini lotin tilida yaratadilar. Lotin tilida

asar yozgan gumanistlar orasida keng ma’lumotli, grekchadan lotinchaga tarjima qilgan gollandiyalik shoir va notiq Rudolf Anrikola (1444-1485y), uning shogirdi German Bush (1468-1534) va ayniqsa nemis Uyg’onish davrining talantli lirik shoiri Konrad seltis (1459-1508)larning ijodi shu davrga mansubdir. Ular o’z ijodlarida qadimgi Rim va XV asrdagi nemis gumanistlari, shuningdek o’sha zamonga xos satirik janrlarda ham ijod qiladilar.


    1. Ilk nemis gumanistik adabiyotidagi demokratik oqimning yirik vakillaridan biri satirik yozuvchi Sebastyan Brant 1457-1521 yillarda yashagan. Brant o’z asarlarini nemis tilida yozishi bilan nemis milliy madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. Brant to’la ma’nodagi erkin fikrli kishi bo’lmasa ham, lekin o’zining «Nodonlar kemasi» (1449) yozilgan she’riy satirasi bilan byurgerlar orasida katta shuhrat qozonadi. Brant o’zining bu satirik asarini yaratish uchun tentaklik haqidagi adabiy manbalar va ulardagi badiiy usullardan foydalanadi. E.Rotterdamskiy kabi Brant ham

«nodonlik niqobi» vositasi bilan o’z davridagi mulkdor tabaqalar vakillarining kirdikorlarini ochib beradi. Shoir Germaniyani halokat yoqasida ko’radi. YOmonlik hamma yerda hukmron, nodonlik yaxshi narsalarni oyoq osti qilmoqda. Bir to’da tentaklar Narragoniya (Nodonlar mamlakati)ga ketayotgan omonat kemaga tushish uchun to’s-to’polon ko’targanlar. Hamma yoqqa yoyilgan odamlar axmoqona harakat qiladilar. Bular: bachkana olimlar, qallob vrachlar, munajjimlar, g’iybatchilar, mechkaylar, araqxo’rlar, dangasalar, qimorbozlar, baxillar, poraxo’rlar, knyazlar va savdogarlar edi. Brant jamiyat manfaatini unutib shaxsiy manfaat, tamagirlikka berilib ketish kabi nodonlikni zamonaning dahshatli balosi deb ko’rsatadi. Nodon kishilar oltinga sig’inadilar.

Asarning kirish qismida Brant o’z kitobini «Axmoqlar oynasi» deb ataydi. SHoir o’z asarida zamonasining nuqsonlarini fosh etibgina qolmay, balki uni ezgu axloq asosida tuzatish masalasini qo’yadi. O’quvchi brantning «Nodonlar kemasi» asarini o’qir ekan turli xil tasvirga duch keladi. «Ilohiy qasr» dan joy olgan ruhoniylar ibodat boshlanganiga qaramay, italyan urushi haqida to’xtovsiz gap sotib, yolg’on-yashiqni o’rniga qo’yadilar. «Muqaddas» buyumlar bilan savdo qilayotgan monaxlar makkorlikda ruhoniylardan qolishmaydilar. Ular eski-tuski narsalarni «aziz» buyumlar deb oddiy kishilarga pullash uchun shoshiladilar. Brant bu kabi epizodlarni tasvirlashda real nemis voqeligiga suyanadi. Xalq maqollari va hikmatli so’zlarini ustalik bilan o’z o’rnida ishlatadi.



    1. XVI asr nemis gumanistik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan shoirlardan biri Iogann Reyxlin 1455-1522 yilda yashab ijod etgan. YUrist, filolog, tarixchi va teolog Reyxlin o’z zamonasi ijtimoiy harakatlariga faol qatnashadi. Qadimiy tillarni yaxshi bilgan bu olim o’z zamondoshlarini grek adabiyoti bilan tanishtiradi, ularning asarlarini lotin tiliga tarjima qiladi. Dramaturg sifatida «Genno», «Sergey» komediyalarini yozadi. Birinchi komediyasida sud tartiblari, sudyalarning ta’magirliklarini qoralasa, ikkinchisida ayyor monaxlar va ularga ishonuvchilarni tanqid qiladi.

Reyxlin tilshunoslik sohasida ham katta ishlar qilgan. U yahudiy tili

grammatikasi va lug’atini tuzadi. Vetxiy Zavet nomli qadimiy kitobdan parchalar tarjima qiladi va muqaddas kitob–Tavrot (Bibliya) ning mavjud lotincha tarjimasidagi kamchiliklarni ko’rsatib, uni tanqidiy o’rganish uchun keng yo’l ochib beradi. MARTIN LYUTER 1483-yili dehqon-konchi oilasida tug’iladi. U Erfurt universitetida ilohiyat ilmini o’rganadi, o’qishni bitirgach, Avgustin monastirida xizmat qiladi. So’ngra Vittenbergda ilohiyat fakultetining professori bo’ladi. 1517-yilda Lyuter Vittenberg cherkovi devorlariga katolik cherkovining kirdikorlarini fosh etgan o’zining 95 ta tezisini yopishtirib qo’yadi.

Xalq kitoblari–bu kitoblarning yaratilish manbalari turlichadir. Ulardan ba’zilari («Go’zal Meluzina», «Pont va Sedoniya», «Tristan va Izolda», «Gersog Ernest», «Shoxli Zigfrid» va boshqalar) fransuz va nemis epik dostonlari, ritsar romanlari, xristian afsonalari va shvanklarning prozaik bayonidan iborat edi. Lekin «Til Eylenshpigel»,

«Doktor Faust», «Shildbyurgerlar» nomli asarlar original xalq asarlaridir.

XV asrning oxiri XVI asrning boshlarida yuzaga kelib katta shuhrat qozongan hajviy xarakterdagi asar quvnoq sayyoh Til Eylenshpigel haqidagi xalq kitobidir. Rivoyatlarga qaraganda XVI asrda Til ismli shum bola yashagan. U dadilligi, qiziqchiligi bilan nom chiqargan. Vaqt o’tishi bilan uning obrazi afsonaviy tus olgan, yangi voqealar, latifalar, qiziq hangomalar uning nomi bilan yuritiladigan bo’ldi. U haqidagi xalq kitobi

«Til Eylenshpigel» ning nomi bilan birinchi kitob taxminan 1480-yillarda nashr qilingan. Dehqon bolasi sho’x Til juda yoshligidan tanilgan. Voyaga yetgach u katta- kichik kiborlarga tinchlik bermagan, poplar bilan munozara qilgan, maishatparast, ochko’z knyaz va dvoryanlarning sharmandasini chiqargan, o’tkir so’z, hazil-mazaxlari bilan laqma meshchanlarni ham ayamagan. Bir kuni Til kasallardan og’zini o’tda kuydirib, uning kulidan boshqalarni tuzatish uchun zo’r dori tayyorlamoqchi bo’lganini aytadi. Davolashning bu yangi usulini eshitgan bemorlar, vahimaga tushib o’zlarining shifo topganligini aytib undan qutilib ketganlar. Yana bir joyda xasis xo’jayin ovqatining hidiga ham undan pul talab qilgan, Til esa cho’ntagidagi tangalarini jaranglatib, u bilan hisobni baravarlashtirgan. «Mashhur jodugar va sehrgar doktor Iogann Faust haqidagi xalq kitobi» Germaniyada birinchi marta 1587-yil nashr etilgan XV asrning oxiri XVI asrning birinchi yarmida yashagan, sayyoh, afsungar, nayrangboz deb nom chiqargan va o’zini faylasuflarning faylasufi deb atagan Faust haqida har-xil fikrlar bor. Mo’’jizalar yaratishda go’yo u Xristos bilan ham bellashgan ekan. Obro’ va kuch-qudrat orttirish uchun shayton bilan ittifoq tuzgan dinsiz jodugar haqida o’rta asrlarda yuzaga kelgan bu afsona gumanistik qarashlar tug’ilib kelayotgan yangi sharoitda o’zgacha ma’no kasb etadi.

XIV asr o’rtalarida Italiyada paydo bo’lgan Uyg’onish harakati XV asrning

ikkinchi yarmida Yevropaning bir qancha mamlakatlarida boshlanadi. XVI asrning boshlarida esa Fransiyada vujudga keladi. Bu vaqtda fransuz qiroli Fratsisk I Italiyaga harbiy yurish boshlagan va katolik reaksiyasining boshlig’i–ispan qiroli Karl V bilan urush olib borayotgan edi. Italiyada bo’lgan fransuzlar Uyg’onish davri madaniyati bilan yaqindan tanishadilar. Arxitektorlar Fransisk I istagi bilan Renessans stilida qasr quradilar. Gumanist yozuvchilar Dante, Petrarka, Bokkachcho asarlari fransuz tiliga tarjima qilinadi. Ular qadimgi antik madaniyat yodgorliklarini katta qiziqish bilan o’rganadilar.

Fransuz protestantizm (boshqacha qilib aytganda kalvinizm) ikki davrni boshidan kechiradi. Dastlabki protestantlar gumanistik qarashlar, fikrlashga moyil inteligent guruhlari bo’lib, ular mavjud tartib va din asarlariga ham tanqidiy qarar edilar. Mashhur matematik Lefevr d Etapl (1455 1537) Italiyadan qaytib kelgach, Aristotel va boshqa grek olimlarining fikrlarini yangicha talqin qilishga kirishadi. Endi u tarjimalarga suyanib emas, balki asosiy manbalarga murojaat etib, o’sha fikrlarning asosiy ma’nosini ochishga intiladi va bu sohadagi sxolastik qarashlarni rad etadi. So’ngra lefevr «Muqaddas kitoblar» ni ham shu jihatdan tekshirishga kirishadi. Injilda u ro’za haqida ham, poplar uylanmasliklari va boshqa sirli voqealar haqida ham gap yo’qligini aniqlaydi.

O’tmishning buyuk yozuvchilari xalq ijodiga murojaat qilib, uning syujet va badiiy ifoda vositalaridan ijodiy foydalanganlar. Qadimgi Shotlandiyada qo’shiq to’qish va aytish an’analari kuchli edi. Hayotdagi barcha voqealar, ya’ni tug’ilishdan to o’limgacha, mehnat jarayoni, dam olish, to’y va ommaviy sayillar ham qo’shiqsiz, kuysiz o’tmagan. O’rta asrlarga oid shotland va ingliz xalq qo’shiqlari XVIII asrdan boshlab yozib olina boshlandi. Bizgacha 300 ga yaqin syujet va ballada saqlangan bo’lib, ularning variantlari esa mingdan ortiqdir. Balladaning dastlabki ma’nosi raqs va muzika bilan aytiladigan qo’shiqdir.

Robin Gud va uning otryadining jangovar harakatlariga bag’ishlangan balladalar 40 tadan ortiqdir. Ularning ko’pi XIV asrning ikkinchi yarmida yaratilgan. Balladaning bosh qahramoni hukmronlar sinfiga qarshi kurashgan va o’z erkini yo’qotmagan dehqon (yomen) lardan kelib chiqqan Robindir. Robin Gud qahramonliklari yozma adabiyot namunalarida ham o’z ifodasini topgan. Shekspirning «Bu sizga yoqadimi» komediyasida Gud tilga olinadi. Robert Grinning «Vekfild dala qorovuli» dramasida xalq qasoskori Robin Gud haqida ajoyib epizod bor.

Ingliz gumanistik adabiyotining tarixiy rivojlanish bosqichlari bor. Uning dastlabki bosqichi XV asrning oxiri XVI asrning 60-70 yillarini o’z ichiga oladi. Bu bosqichning muhim xususiyati shundaki, bu vaqtda yashagan gumanistlar antik dunyo madaniyatini qiziqib o’rganadilar. Tragediya va komediya janrini yaratishga kirishadilar.

Uyg’onish adabiyotining ikkinchi gullagan bosqichi XVI asrning oxirlaridan XVII asrning boshlarigacha Shekspir vafotigacha bo’lgan davrlarga to’g’ri keladi. Bu davrda yirik dramaturglar yetishib chiqdilar.

Gumanistik adabiyotning uchinchi bosqichi XVII asrning boshlaridan, ya’ni 1616-yildan to shu asrning 40 yillarigacha bo’lgan davr teatrlarning yopilishi, Uyg’onish g’oyalarining tushkunligi bilan ifodalanadi.

Tomas Mor (1478-1535) Londonda sudyalar oilasida tug’iladi. Oksford universitetini tugallaydi, lotin va grek tillarini o’rganadi. Morning gumanistik qarashlari uning “Utopiya” 1516-y romanida o’zining yorqin ifodasini topgan. Roman asar muallifi bilan dengizchi Rafael Gitlodey o’rtasidagi suhbat shaklida yozilgan. Kitobning birinchi qismida Angliyadagi mavjud ijtimoiy tartiblar, ikkinchi qismida esa “Utopiya” orolidagi ideal ijtimoiy tuzum ko’rsatiladi. Voqea ko’p joylarni ko’rgan dengizchi-sayyoh–Rafae Gitlodiy tilidan bayon qilinadi. U Angliyada qattiq qonunlar natijasida azob chekayotgan xalq, yeridan ajralib, gadoylar sonini ko’paytirayotgan dehqonlar haqida so’ylaydi. Qishloqqa kirib borayotgan kapital va dahshatli eksppluatatsiyani, tekinxo’rlik bilan hayot kechirayotgan hukmron tabaqalarning kirdikorlarini ochib tashlaydi. “Qo’ylaringiz... shunday xo’ra va asov bo’lib qoldilarki, hatto odamlarni ham yamlab qo’ymoqdalar, dala uy va shaharlarni ham vayron, ham yakson etmoqdalar” degan muallifning obrazli so’zlari haqiqat ekanligini hayot isbotlagan edi.

XVI asrning 60-70 yillariga qadar teatr truppalarining doimiy binosi yo’q edi. Ular o’z o’yinlarini mehmonxonalar hovlisiga, ko’chma sahna o’rnatib ko’rsatar edi. Graf Lester nomidagi truppaga iste’dodli aktyorlar to’plangan bo’lib, ularning boshida qobiliyatli duradgor Jeyms Berbedj turardi. 1576-yilda Berbedj Londonning shimoliy qismida, Temza daryosi sohilida birinchi doimiy teatr binosini quradi. 1577-yilda Kurtina teatri qad ko’taradi, shundan so’ng shaharning janubiy qismida yana 3 ta teatr qad ko’taradi. Teatrlarning dekoratsiya va jihozlari ham juda oddiy edi. Idishga o’rnatilgan daraxt - o’rmonzorni, stakan turgan stol–mayxonani, qora gilam–kechani, oq gilam–kunduzni bildirgan.

XVI asrning ikkinchi yarmida «universitet bilimdonlari» deb atalmish qator dramaturglar yetishib chiqib, ular uyg’onish davri teatrini yangi bosqichga ko’tarishga ulkan hissa qo’shdilar. Bular Shekspirning zamondoshlari: Jon Lili, Kristofer Marlo, Robert Grin, Tomas Kid va boshqalardir.

Jon Lili (1553-1606) dramaturgiyada «tuban va yuqori» komediya janriga asos solgan yozuvchi bo’lib, uning dastlabki asari «Evfues yoki donolik anatomiyasi» (1579) romanidir. Asar qahramoni afinalik yengiltak yigit Evfues do’sti Filavit bilan aristokratiya muhitida juda ko’p sevgi sarguzashtlarini boshlaridan kechiradilar. Dramaturg sifatida Jon Lili ko’proq mifologik mavzuda va nafis ishlangan pastorallar tipidagi «Oydagi ayol» (1584), «Endimion» (1588) komediyalarida allegorik obrazlarda saroy hayoti va sevgi intrigalarini aks ettiradi. Lili ijodining o’ziga xos tomoni shundaki, ingliz dramaturgiyasi uchun yangilik u tomoshabinda qattiq kulgu emas, balki yengil tabassum qo’zg’ashni ko’zlaydi.

Kristofer Marlo–o’z asarlarida romantik va realistik xususiyatlarni mujassamlashtirgan yangi tipdagi teatrning yaratilishiga salmoqli ulush qo’shgan ingliz dramaturglaridan biridir. 1564-1593 yillarda yashab ijod etgan, oddiy tabaqaga mansub bo’lgan bu yozuvchi qudratli va kuchli ehtirosli shaxslar obrazini yaratib gumanistik tragediyaning rivojlanishiga zamin yaratadi. Uning qahramonlari maqsadga erishish uchun intiluvchi va jamiyat axloq normalarini tan olmaydigan qattiqqo’l kishilardir. «Ulug’ Temur» (1587-88), «Doktor Faustning fojiali taqdiri» (1588-89),

«Malta yahudiysi» (1592) tragediyalarining qahramonlari shu tipdagi shaxslardir. XIV asr sharq jahongiri Temur o’z hukmini o’tkazish niyatida ko’p yerlarni bosib oladi, shaharlarni vayron qiladi. Marlo Temurni faqat o’z kuchiga ishongan, har qanday to’siqlarni yengib o’tadigan, zabardast qudratli, shuhratparast shaxs va individualizmning in’ikosi sifatida tasvirlaydi. Tragediya qahramoni tarixiy Temurdan farq qiladi. Marloning ikkinchi asari «Doktor Faustning fojiali tarixi» tragediyasida nemis xalq kitobida mujassamlashgan jasur olim Faust haqida dramaturg «bilimning oltin tuhfalarini egallash uchun» jonini shayton Mefistofelga sotgan kuchli, shijoatli olimni tasvirlaydi. Faust hech kimning qurbi yetmagan ishni bajarishga intiluvchi yangi tipdagi olim, titan shaxs, Uyg’onish davrining haqiqiy kishisidir. Faustga–bilim, dunyoga hukmron bo’lishga intilgan Temurga - qurol, savdogar Varvaraga esa–oltin kerak. (Malta yahudiysi). Marlo 1593 yilda 30 yoshida qora guruh a’zolari tomonidan vahshiylarcha o’ldiriladi.



Robert Grin–yozuvchi va dramaturg 1558-1592 yillarda yashab ijod etgan. Bilim doirasi keng kishi bo’lib, turli janrlarda: poema, roman, drama asarlari yaratdi, xalq dramasi janriga asos soldi. Hikoyalari esa pastarol (cho’ponlik) adabiyotiga xos sevgi intrigalarini aks ettiradi. Uning bizgacha yetib kelgan 6 ta pesasida romantik motiv, qahramonlik, jasorat va do’stlik olqishlanib, saroy urf-odatlari masxara qilinadi. Muallifning uslubiy sifatlari uning «Alfons», «Darg’azab Roland», «London uchun ko’zgu», «Monax Bekon va monax Bengey tarixi», «Yakob IV» va nihoyat afsonaviy qahramon «Robin Gud» haqida xalq balladalari asosida yaratilgan «Jorj Grin–Vekfild dala qorovuli» (1592) tragediyalarida yorqin ifodalangan.


Yüklə 301,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin